Bo’zarish
vaqtinchalik (kuchli emotsiya, qo‘rqish, hayajonlanish, kuchli og‘riq) va doimiy
(kamqonlikda, buyrak kasalliklarida, aorta qopqog‘ining nuqsonida) bo‘lishi mumkin.
Qizarish
ham vaqtinchalik yoki doimiy, tarqalgan yoki chegaralangan bo‘ladi. Vaqtinchalik qizarish
fiziologik hodisa bo‘lib, asabning qo‘zg‘alishi, g‘azablanish, uyalish, issiqlab ketish natijasida ro‘y
beradi. Harorat ko‘tarilganda ro‘y beradigan qizarish patologik hodisa hisoblanadi. Ba‘zan harorat
171
ko‘tarilganda rang o‘chishi ham mumkin (bod, sepsis, yiringli jarayonlar vaqtida). Gipertoniya
kasalligida qizarish yuzda bo‘lmay ko‘proq bo‘yinda bo‘ladi.
Ko’karish
doimo patologik holat bo‘lib, u quyidagi hollarda paydo bo‘ladi: 1) gaz almashinuvi
buzilishi bilan kechadigan nafas a‘zolari kasalliklarida; 2) qonning tomirlarda oqishi buzilishi bilan
kechadigan yurak-tomir sistemasi kasalliklarida; 3) qon zaharlanganda.
Ko‘karish odatda ko‘pincha do‘ng joylarda, labda, burun ichida, quloq suprasida, tizzada kuzatiladi,
ba‘zan yurakdan ancha uzoqda – barmoqlarda, tirnoqlarda (akrosianoz) uchraydi.
Sarg’ayish
(ikterus) turlicha bo‘lishi mumkin: bilinear – bilinmas kechadigan ba‘zan sarg‘ayish
tabiatini va uning qachon paydo bo‘lganligani aniqlash mumkin. Sariqlik uzoq vaqt kechkanda yashil
tus oladi, mexanik sariqlik qichishish bilan davom etadi va terida tirnoq izlari qoladi. Sariqlik yumshoq
tanglayda va oqida yaqqol ko‘rinadi. Qonda karotin pigmenti ko‘payib ketganda qo‘l kafti va oyoq
panjalarida ro‘y beradigan sarg‘ayishni va dori ichgandagi sarg‘ayishni haqiqiy sariqlikdan farq qilish
kerak. Bu vaqtda ko‘z oqi sarg‘aymaydi.
Bug’doy rang
tus faqat bronza yoki Addison kasalligida kuzatiladi (buyrak usti bezining funksiyasi
pasayganda yuz qora dog‘aga o‘xshash tusga kiradi yoki lunj shiliq pardasida, milkda siyohrang
dog‘lar paydo bo‘ladi). Terida yana sepkil va xollarni ko‘rish mumkin, ular tashxisni ahamiyatga ega
emas. Yuz, peshona va lunjdagi qoramtir va jigarrang dog‘lar (xloazma) ko‘proq homilador ayollarda
uchraydi, ular jigar va ichakning surunkali kasalliklarida ham kuzatiladi. Qorinning o‘rta chizig‘I,
emchak so‘rchig‘i atrofining qorayishi ko‘pincha xomiladorlikda kuzatiladi.
Pigment yo‘qolishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham uchraydi. Bu vaqtda terida pigmentsiz sohalar
paydo bo‘lib, ular kattaligi va shakli jihatidan har xil bo‘ladi. Atrofi pigmentli soha bilan
chegaralanadi. Ular ko‘pincha simmetrik joylashadi. Bu dog‘lar barqaror, hech qanday
subyektivta‘sirlanish va funksionalbuzilishga olib kelmaydi.
O‘rta Osiyoda ishlovchi vrachlar bunday kasallar va uning atrofidagi kishilar bilan uchrashganda pes
kasalligining yuqmasligi, zararsizligi haqida tushuntirish ishlari olib borishlari kerak, chunki ba‘zi bir
odamlar bu kasallikni og‘ir, davolab bo‘lmaydigan moxov kasalligi bilan almashtiradilar va ularbunday
bemorlar bilan muloqot qilmaslikka harakat qiladilar. Terining butunlay pigmentsizlanishi (albinizm)
juda kam uchraydi. Teridagi toshmalar, ularning joylashish tabiati, paydo bo‘lish vaqti va hokazolar
katta tashxisiy ahamiyatga ega. Toshmaning asosiy elementlari sariq dog‘ (masula), tuguncha (papula),
pufakcha (vesicula), qavariq (urtica), eritema (erythem), qon quyilishi (petechia) va hokazo bo‘lib
hisoblanadi. Qator yuqumli kasalliklar toshma toshishi bilan kechadi: qizamiq, qizilcha, skarlatina,
suvchechak, chinchechak, ich terlama, toshmali terlama, paratiflar. Ba‘zan toshmalar ichki a‘zo
kasalliklarida ham kuzatiladi.
Ko‘rish va paypaslash orqali terining egiluvchanligi aniqlanadi. Patologik holatlarda terining
tarangligi birmuncha o‘zgaradi. Limfoleykozda, limfogranulematozda, limfosarkomada va ikkilamchi
zahmda limfa tugunlarini kattalashishi kuzatiladi. Darajasiga, og‘riq borligiga, kichrayishiga,
tirishishiga diqqatni jalb qilamiz.
Suyak skeletlari: umurqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, bosh suyagi, qo‘l-oyoqlardagi nuqsonlar ko‘rish
orqali aniqlanadi. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha endokrin kasalliklarda, akromegaliya,
xondrodistrofiya,infaltilizm, axta, raxit, sil kasalligi bor bemorlarda kuzatiladi.
Yuz – dil oynasi deydi xalqimiz. Yuzning ko‘rinishi benorning ichki kechinmalarini aks ettirib turadi.
Masalan, ichki kasalliklarda quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: isitmalash, lab qurishi, terining
qizarishi va hokazo. Ular rang – barang ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘pkaning krupoz
yallig‘lanishida ko‘pincha yuzning bir tomoni qizaradi, burun va lab atroflariga uchuq toshadi, burun
qanotlari nafas olishda qatnashadi va bemor g‘amgin ko‘rinadi.
Buyrak kasalliklarda benorning yuzi tushunib bo‘lmaydigan darajada o‘zgaradi, u xunuklashib,
yuqori va pastki qovoqlari salqib ketadi.
172
Aorta qopqoqlarida nuqson bo‘lganda yuz oqaradi.
Tiklanish qobiliyati yo‘qolgan yurakning ikki tavaqali qopqog‘i yetishmovchiligida "mitral" yuz
kuzatiladi, bunda quloq va burun uchlari, lab ko‘kimtir – binafsha rangida bo‘lib, lunjlarda ko‘kimtir
– dog‘ paydo bo‘ladi.
Qorvizor yuzi – surunkali yurak yetishmovchiligiga xos bo‘lib, bemor og‘zini yarim ochib xuddi
havoni tutayotgandek harakat qiladi. Yuzlari sarg‘ish, bo‘zraygan, ko‘kimtir tusda bo‘liadi, yoshli
ko‘zlari nursiz ko‘rinadi.
Nevrasteniklarda "horg‘in" yuz kuzatiladi.
Bazedov kasalligida yuz harakatlarga boy bo‘ladi, bemorning ko‘zlari yaltirab, chaqchayib turadi,
unda g‘azablanish yoki qo‘rqish ifodasini kuzatish mumkin.
Miksedema kasalligida yuz esi pastlarniki kabi so‘lg‘in, ko‘zlar qisilgan, ko‘pincha ma‘nosiz nigohli
bo‘ladi. Yuz oqarib lunjlar bo‘yalgan kabi qizil bo‘ladi.
Akromegaliya kasalligida yuz, burun, lablar, qosh usti ravoqlari haddan tashqari kattalashadi va tish
oralig‘I kengayib, pastki jag‘ oldinga bo‘rtib chiqadi. Issenko – Qushing sindromiga yuz oysimon
bo‘lib, ayollarda ko‘pincha soqol – mo‘ylov o‘sib chiqadi.
Axta odamning yuzi soqol – mo‘ylov bo‘lmasdan mayday sepkillar bo‘ladi (burushgan olmani
eslatadi).
Gippograt yuzida ko‘zlar ichiga botgan, burun o‘tkirlashgan,teri ko‘kimtir,peshonani sovuq ter bosib
turadi. Bu holat ko‘pincha qorin pardasining o‘tkir tarqalgan yallig‘lanishida, o‘lim talvasasidagi
bemorda kuzatiladi.
Parkinsonizmdan azob chekkan bemorda yuz harakatsiz (mimikasiz) bo‘ladi.
Shersimon yuz moxov kasalligida uchraydi. Bunda burun kataklari kengayib, qosh ustidagi va ko‘z
ostidagi terilar tugunsimon qalinlashadi, qoshning chekka qismlari to‘kilib ketadi.
Insult kasalligida va pereferik nervlar shikastlanganda nosimmetrik yuz kuzatiladi.
Bemorni yuzini ko‘rgan vaqtimizda bir qancha ko‘z sinamalarini aniqlashimiz mumkin. Masalan,
ko‘zlarning chaqchayib turishi (exophtalmus) – tireotoksik buqoqda ko‘zning ichga botishi
(enophtalmus) – gipotireozda hamda ushbu kasallikda Grefe, Shtelvag, Mebius, Gorner sinamalarini
ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |