170
Orqa bilan deyarli qimirlamay yotish vaziyati bodning bo‘g‘inli faol turida kuzatiladi. ―So‘roq
belgisi‖, ―miltiq tepkisi‖, ―akillayotgan it‖, vaziyatlari – boshni orqaga tashlab, oyoqlarini tizza
bo‘g‘inidan bukib qoringa keltirib va yonboshlab yotish serebrospinal meningitga xos.
Opistotonus vaziyatiga orqadagi uzun muskullarning uzoq vaqt tetanik qisqarishi sabab bo‘ladi,
buning oqibatida bemorning tanasi yoyga o‘xshab egiladi, natijada bemor karavotga ikki yoki uch
nuqtasi bilan tegib yotadi – ensasi va tovoni yoki ensasi, chanog‘i va tovoni bilan. Qorin bilan yotish
vaziyati me‘da osti bezining o‘smasi oqibatida kelib chiqqan kuchli og‘riq vaqtida, me‘da va 12
barmoq ichakning orqa devorida yara bo‘lganda va ba‘zi boshqa holatlarda (quymichdagi yotoq
yaralarda) kuzatiladi. Tizza – tirsak vaziyati ekssudativ perikarditda, ba‘zan qorinda og‘riq bo‘lganda –
―Muhammad Qavmining nomoz o‘qiyotgandagi holati‖ kuzatiladi. Noilojlik vaziyatining turlari
kinofilmlar, slaydalar va jadvallar orqalinamoyish qilinadi. Bemorning bo‘y-basti to‘g‘ri va noto‘g‘ri
(qiyshiq) bo‘lishi mumkin (umurtqa pog‘onasining, to‘sh suyagining, qovurg‘alarning qiyshiqlari, qo‘l-
oyoqlarning qiyshiqligi, kaltaligi va hokazolar).
Gavda tuzilishi (konstitutsiyasi) – funksional va morfologik belgilar yig‘indisi bo‘lib, tug‘ma va
ortirilgan tabiatga ega. Odam konstitutsiyasini ta‘riflash uchun juda ko‘p tasniflar taklif qilingan.
Ulardan eng ko‘p tarqalgani va manzur bo‘lgani taniqli olim, ko‘zga ko‘ringan terapevt M.V.
Chernorutskiy tomonidan taklif qilingan tasnif bo‘lib hisoblanadi. Bu tasnifga ko‘ra normostenik,
astenik,giperstenik konstitutsiyalar farq qilinadi.
Tana tuzilishi har tomonlama yetuk bo‘lgan odam normostenik konstitutsiyasiga kiradi. Bo‘y
uzunligining ustunligi, xushbichimligi, ixchamligi, yengilligi, lekin umumiy rivojlanishning nimjonligi
astenik konstitutsiyasiga xosdir. Astenik konstitutsiyasigagi kishilarning bo‘yi ko‘pincha o‘rtachadan
baland, qo‘l-oyoqlari gavdaga nisbatan uzun, ko‘krak qafasi qorindan ustun bo‘ladi.
Giperstenik konstitutsiyaning morfologik belgilari: eniga rivojlangan, ulkan, og‘ir, to‘la va tuzilishi
pishiq bo‘ladi.odatda giperstenik konstitutsiyadagi odamlarning bo‘yi o‘rtacha yoki undan pastroq,
gavdasi nisbatan ustun, oyoq-qo‘llari kalta, qorin ko‘krak qafasidan,eni bo‘yidan ustun bo‘ladi.
Tananing tashqi tuzilishi uning ichki tuzilishiga ma‘lum ma‘noda, ya‘ni a‘zolarning kattaligi,
joylashishi va hokzolarga mos keladi. Demak, tananing tashqi tuzilishiga qarab ichki tuzilishi o‘ziga
xosligini oldindan ko‘rish mumkin. Ichki a‘zolar ichida o‘pka asteniklarda nisbatan katta bo‘ladi,
qolgan hamma a‘zolar – yurak, jigar, ichak, me‘da osti bezi, buyrak, qorataloq gipersteniklarda katta
bo‘ladi. Ichki kasalliklar klinikasi konstitutsional tuzilishni bilish kasalliklarni to‘g‘ri aniqlashga
birmuncha yordam beradi.
Bir xil sharoitda har xil tuzilishdagi odamlar, agar ular kasal bo‘lsalarko‘pincha har xil kasallik bilan
kasallanadilar. Masalan, gipersteniklarda ko‘pincha asteniklarga nisbatan almashinish jarayoni
pasaygan bo‘lib, ularda modda almashinish kasalliklari rivojlanadi. Jumladan, semirish, o‘t-tosh
kasalligi, buyrak-tosh kasalligi ateroskleroz, gipertoniya kasalligi.
Asteniklarda almashinish jarayoni tezlashgan bo‘lib, ularda ko‘pincha o‘pka kasalligi, boylam va
qorin pardasining kuchsizligi natijasidaichki organlarning osilib pastga siljishi (splanxnoptoz)
kuzatiladi. Ammo shuni ta‘kidlashkerakki, kasallik ma‘lum noqulay tashqi sharoitda rivojlanadi.
Shunday ekan, reja asosida sog‘lomlashtirish – profilaktika chora – tadbirlarini ko‘rish katta
ahamiyatga ega.
Bu yerda teri osti yog‘ qavati odatda taxminan 2 sm gat eng. Teri osti yog‘ qavatining qalinligiga
qarab semizlikni, ozib ketishni, haddan tashqari ozib ketishlik (kaxeksiya) ni aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: