Tayanch soʻz vaasosiy tushunchalar:
Shoir va tarixchi Bayoniy,
shoh va shoir Feruz, Tarjimonlar – Ogahiy, Komil, Bayoniy, Tabibiy
kabi ma’lum va mashhur nomlar bilan bir qatorda Muhammadrasul
Mirzo, B.Sanoiy, Rojiy, Tolibxoʻja, M.Rafe, Habibiy, Magʻfurxoʻja,
Mavlono
Darvesh
Ahmad,
tipo-litografiya,
Turkiston
gubernatorligining rasmiy xatlari, buyruqlari, telegramma va
boshqa hujjatlar.
Bugungi kunda matnshunoslik, ayniqsa, Oʻzbekiston uchun
dolzarb ahamiyatga ega. Chunki oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid
yuzlab bebaho asarlar hali nashr etilmasdan qoʻlyozma xolida
saqlanmoqda. Shularni hisobga olib, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik
institutida
matnshunoslik
yetakchi
ilmiy
yoʻnalishlardan
biriga
aylandi.
Qoʻlyozmalar
xazinasida
saqlanayotgan qimmatli asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini
nashrga tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratildi. Sir emas, bir necha
17
nusxada yetib kelgan asar qoʻlyozmalari orasida ancha-muncha
tafovutlar boʻlishi tabiiydir. Asarning turli nusxalari muqoyasa
qilinib yaratilgan ilmiy matnigina tarjima va tadqiqotlar uchun ancha
ishonchli boʻladi. Qolaversa, turli mavzuda izlanishlar olib
borayotgan mutaxassislar tarjima emas, balki asl matnga tayanishsa,
ularning tadqiqotlari koʻproq tosh bosadigan boʻladi. Asl matnda
muhim atama va unvonlar asar yozilgan davrda qanday ishlatilgan
boʻlsa, shunday yoziladi. Tarjimada ular oʻzgarishga uchrashi va
boshqa ba’zi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Milliy fanimizning xalqaro obroʻsi bilan bogʻliq yana bir jihat
borki, bizning tariximiz va madaniyatimizga oid asarlarning ilmiy-
tanqidiy matnlari Arab mamlakatlari (movarounnahrlik ulamolar
kitoblari), Eron (fors tilidagi bir qancha tarixiy va adabiy manbalar),
Amerika (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul iqbol” asarining Yuriy
Bregel tarafidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni), Yaponiya
(Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-tavorix” asarining Yayoi
Kavaxara, “Boburnoma”ning Eyji Mano tarafidan nashr etilgan
ilmiy-tanqidiy matnlari) va boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan
nashr etilayotganida oʻzbek manbashunos-matnshunoslari bu ishda
nainki ishtirok etish, balki faol kirishib, bu sohada yetakchilikni oʻz
qoʻllariga olishga burchlidirlar.
Turkiy tildagi asarlarni kirill yoki lotin alifbosiga tabdil qilishdan
oldin ham ularning muallif tomonidan ilk bor yaratilgan yozuvdagi
ilmiy-tanqidiy matnlarini hozirlash katta ahamiyatga ega.
Adabiy harakat koʻproq ma’rifatparvar podshoh, “Feruz”
taxallusi bilan she’rlar yozgan Muhammad Rahimxon II atrofida
rivoj topdi. Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz (1844–1910)
saroyda adabiy muhit maydonga keltirdi. 1864-yili 20-yoshida taxtga
chiqib, salkam 47 yil hukmronlik qilgan bu xon, uni yaqindan bilgan
koʻpchilik tadqiqotchilar fikricha, Oʻrta Osiyo xonlari orasida eng
aqllisi, eng ziyolisi edi. U “usuli jaded”ga yoʻl berdi, ruslar
kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma olib keldi. Uning
topshirigʻi bilan Ahmad Tabibiy (1869–1911) “Majmuatush-
shuaroyi Feruzshohiy” (“Feruzshoh shoirlari antologiyasi”) ni tuzadi.
30 shoirning she’ridan namuna beradi. Ular orasida Komil Xorazmiy
(1825–1899), Muhammadrasul Mirzo (1840–1922), Avaz Oʻtar
(1884–1919) kabi xilma-xil koʻlam va qudratdagi shoirlar bor edi.
18
Shoir va tarixchi Bayoniy shoh va shoir Feruz zamonida koʻplab
madrasalar qurilganini, matbaachilik yoʻlga qoʻyilganini, kitobxonlik
avj olganini, xonning oʻzi bularning barchasiga bosh-qosh boʻlganini
yozadi.
Xivada Komil Xorazmiy (1825–1899), Muhammadrasul Mirzo
(1840–1922), Muhammad Rahimxon Feruz (1844–1910), Ahmad
Tabibiy (1869–1911), Muhammad Yusuf Bayoniy (1840–1923),
Ilyos Mulla Muhammad oʻgʻli Soʻfi (1860–1916), Mutrib
Xonaxarobiy (1870–1925), Muhammad Yusuf Chokar (1872–1951),
Avaz Oʻtar oʻgʻli (1884–1919), Abdurazzoq Faqiriy (1884–1925),
Safo Mugʻanniy (1882–1938), Komiljon Devoniy (1887–1938),
Muhammad Rahim Rogʻib (1918-y.vafot etgan) kabi koʻplab shoirlar
yashab ijod etdilar.
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” sidan: “Xon hazratlari
haftada ikki kun: juma va dushanba oqshomlarida ulamo bilan suhbat
tuzub, kitobxonliq etdurur erdilar. Andogʻkim, Yusufhoji oxund va
Ismoilxoʻja oxund va Xudoybergan oxund va olimu ulum ma’qul va
manqulda Mullo Muhammadrasul va faqiri haqir majlisi
humoyunlarigʻa haftada ikki martaba hozir boʻlub, kitobxonliq etar
erduk. Goho domla Muhammadrasul bila ikkovimiz kirib, suhbati
humoyunlarida kitobxonliq boʻlur erdi va sipohiylar va toʻralarni
ham kitobxonliq etarga targʻib etar erdilar. Bas, hamma kitobxon
boʻldilar”.Shoirlikning havosi ham, maqomi ham baland edi.
Xonning atrofidagi amaldorlaridan, aka-uka qarindoshlarigacha she’r
yozar edilar. Bayoniy ularni nomma-nom keltirgan. Masalan, Otajon
toʻraning “Komron”, tugʻishgan ukasi Toʻramurod toʻra (1855–
1908)ning “Murodiy” taxallusi bilan she’rlar yozganini ma’lum
qiladi.
Feruz tashabbusi bilan Xorazm tarjima maktabi maydonga keldi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, XIX asrning oʻrtalarida Xivada
saksondan koʻproq kishi tarjimonlik bilan muntazam shugʻullangan.
120 asar tarjima qilingan. Ayrimlari 2-5 marta oʻzbekchaga
agʻdarilgan. Aksariyati fors-tojik tilidan oʻgirilgan. Bu asarlar
janrlariga koʻra ham xilma-xil edi. Ular orasida badiiy-didaktik
asarlar, ishqiy-sarguzasht qissalar katta oʻrin egallagan edi.
Tarjimonlar orasida esa Ogahiy, Komil, Bayoniy, Tabibiy kabi
ma’lum va mashhur nomlar bilan bir qatorda Muhammadrasul
Mirzo, B.Sanoiy, Rojiy, Tolibxoʻja, M.Rafe’, Habibiy, Magʻfurxoʻja
19
kabi koʻpchilikka uncha tanish boʻlmaganlari ham bor edi. Tabiiyki,
ularning mehnat va san’at darajalari ham turlicha edi.
Ogahiy yigirmadan ortiq asarni fors tilidan oʻzbekchaga oʻgirdi.
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlarida esa bu an’anani Tabibiy va
Bayoniy davom ettirdilar. Bayoniy “Tarixi Tabariy” kabi nasriy
asarlar qatorida Kamolildin Binoiyning “Shayboniynoma” singari
masnaviyda yozilgan tarixiy-badiiy asarlariga ham qoʻl urdi.
Mavlono Darvesh Ahmadning arab tilidagi “Sahoyiful-axbor”
(“Xabarlardan sahifalar”, 1-2-jildlari) nomli tarix kitobini mahorat
bilan tarjima qildi. Atoulloh ibn Fazlulloh Husayniyning “Ravzatul-
ahbob”i (“Doʻstlar bogʻi”) oʻzbekcha tarjimasini tahrir etdi. Komil
Xorazmiy
XVIII
asrda
yashagan
Barxurdor
Mumtozning
“Mahbubulqulub” (“Koʻngullarning sevgani”), Faxriddin Ali
Safiyning “Latoyifut tavoyif” (“Turli toifalarning latifalari”) singari
ixcham nasriy hikoya va latifalar toʻplamlarini oʻzbekchalashtirdi.
Boy an’anaga ega musiqa rivoj topdi. Tanbur notasi kashf qilindi
(Komil). She’r va musiqa hamkorligi kuchaydi. Feruz Xorazm
shashmaqomini taraqqiy toptirishda katta xizmat qildi.
Xonning amri bilan shoir Ahmad Tabibiy tomonidan 1908-yili
yaratilgan “Majmuatush shuaro” (“Shoirlar toʻplami”) she’riy
(masnaviy yoʻlida) boʻlib, 1638 sahifadan iborat edi. Qoʻqon xoni
Amir Umarxonning 1821-yilda tuzdirgan “Majmuai shoiron”ini esga
tushiruvchi bu kitob “Majmuatushshuaroyi Feruzshohiy” nomi bilan
tanildi. Undagi matnlarning aksariyati oʻzbek tilida edi.
Xivadagi ikkinchi tazkira XX asrning 20-yillarida tuzildi. Uning
muallifi Hojimurod Laffasiy (1880-1945) boʻlib, “Xiva shoir va
adabiyotchilarining tarjimayi hollari” asarida xorazmlik 51 shoir
haqida ma’lumot beradi.
Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-1923) Xorazm adabiy
muhitining koʻzga koʻringan vakillaridan, Xivaning 1804–1806-
yillardagi xoni Eltuzarxonning chevarasi. Otasi Bobojonbek
zamonasining taniqli ziyolilaridan boʻlgan.Muhammad Yusuf
yoshligidan yuksak tarbiya topdi, she’rga, ilmga, musiqaga koʻngil
qoʻydi. Iste’dodli shoir, muarrix, mutarjim, mugʻanniy va musiqa
bilimdoni boʻlib yetishdi. Zamondoshlari Ahmad Tabibiy, Laffasiy
oʻz tazkiralarida uning hayoti va faoliyati haqida atroflicha ma’lumot
beradilar.
Uning
shaxsini
ham,
iste’dodini
ham
yuksak
baholaydilar.Bayoniydan
bir
she’riy
devon,
“Shajarayi
20
Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi” kitoblari hamda yuqorida
nomlari zikr etilgan 4 tarjima asari qolgan. Devoni XIX asrning 60-
yillaridan 1905-yilgacha boʻlgan she’rlarini qamrab oladi. Tarix
asarlarining katta qismini Bayoniyning oʻzi guvoh boʻlgan voqealar
tashkil qiladi. Xususan, “Shajarayi Xorazmshohiy”dagi rus bosqini
voqealari tasviri yuksak vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan.
Shoirning 1905–1923-yillarda yozgan she’riy asarlari namunalari
oʻsha davr vaqtli matbuotida uchraydi.Bayoniy haqida XX asrning
60-yillaridan tadqiqotlar paydo boʻla boshladi. 1962-yili S.Gʻaniyeva
va H.Muxtorova “Gʻazallar” nomi bilan bir dasta she’rlarini e’lon
qildilar. I.Adizova 1990-yili uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida
nomzodlik dissertatsiyasi yoqladi va u 1995-yili risola holida bosilib
chiqdi. Bir yil oldin esa ushbu mualliflarning tashabbusi bilan
“Shajarayi Xorazmshohiy”ning qisqartirilgan ixcham nashri amalga
oshirilgan edi.
Tarixchi E.Oxunjonovning qayd etishicha, XIX asr ikkinchi
yarmi
– XX asrning dastlabki yigirma yilida shaxsiy
kutubxonalarning katta qismini osori atiqaga aylanib borayotgan
oʻrta asrlar qoʻlyozma kitoblari tashkil etardi
8
. Shaxsiy kutubxonalar
nodir asarlarning bizgacha yetib kelishida katta xizmat koʻrsatdi.
Jumladan, Turkiston jadidchilik harakati yetakchilaridan biri
Mahmudxoʻja Behbudiy fan, san’at, madaniyat bilan birga,
kutubxonachilik, noshirlik rivojiga hamda oddiy xalq oʻrtasida ilmiy
bilimlarni tarqatish ishiga ulkan hissa qoʻshdi. U 1913-yili oʻz
xususiy nashriyoti – “Nashriyoti Behbudiya”ni tashkil etadi. Ayni
vaqtda Behbudiy kitob doʻkonlari tarmogʻini tashkil etish boʻyicha
katta ish olib bordi. U Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijon,
Qoʻqon va Namanganda kitob doʻkonlari ochadi
9
. Ma’rifatparvar
Behbudiy nashrga tayyorlanayotgan asar matniga nisbatan juda
mas’uliyatli boʻlgan. Hatto u “Nashriyoti Behbudiya” uchun ba’zi
asarlarning matnini tekshirgan, kerakli joylarini tahrir etgan.
Adabiyotshunos olim A.Hayitmetov oʻzbek matnshunosligi
rivojlanishi xususida soʻz yuritarkan, shularni yozadi: “Bizda
matnshunoslikning taraqqiyoti matnshunos olimlar nomi bilangina
8
Қаранг
:
Охунжонов Э. Ватан кутубхоначилиги тарихи. 2-қисм. Дарслик. – Т.
:
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти
,
2008. – Б.23.
9
Қаранг
:
Охунжонов Э. Ватан кутубхоначилиги тарихи. 2-қисм. Дарслик. – Т.
:
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти
,
2008. – Б.23.
21
bogʻliq emas. Birinchi manbalar ustida ilmiy-tadqiqot olib boruvchi
koʻpgina adabiyotshunoslar ham, asosiy kasbiga koʻra matnshunos
boʻlmasa ham, tekstologik tekshirish ishlari olib borishga majbur
boʻlgan va bu sohada muhim vazifalarni amalga oshirib, tekstologiya
rivojiga oʻz hissalarini qoʻshganlar”
10
.
Adabiyotshunos
Vadud
Mahmud,
Fitrat,
Munavvarqori
Abdurashidxonov, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif
kabilar mumtoz adabiyot vakillari ijodini ilmiy muomalaga olib
chiqish va xalqni madaniy meros bilan tanishtirishda qator
vazifalarni bajarishdi. Masalan, adabiyotshunos, shoir, publitsist
Vadud Mahmudni toʻla ma’noda matnshunos deya olmaymiz. Lekin
u ilmiy maqolalari, jumladan, “Navoiygacha turk adabiyoti”,
“Alisher Navoiy”, “Fuzuliy Bagʻdodiy” kabi ishlarida qoʻlyozma va
toshbosma nusxalardan “misqollab yiqqan faktlari bilan Alisher
Navoiy va Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi”
11
.
Abdurauf Fitrat oʻzbek adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va
matnshunoslik sohasi tarixida oʻziga xos mavqeyga ega boʻlgan
shaxsdir. Uning ilmiy-tanqidiy maqolalari, nashr ettirgan kitoblari
matnshunoslik ishlari bilan daxldor hisoblanadi. Xususan, Fitrat
yozma
yodgorliklarning
nashrga
tayyorlanishiga
prinsipial
yondashadi. U bugungi kungacha oʻz ahamiyatni yoʻqotmay
kelayotgan “Adabiyot qoidalari” (1926), “Eng eski turk adabiyoti
namunalari” (1927),
12
“Oʻzbek adabiyoti namunalari” (1928)
13
kitoblari materiallarini aynan qoʻlyozma
manbalar asosida
tayyorlagan. Fitrat Navoiyning asarlari manbalarni oʻrganishga
alohida e’tibor bilan qaratgan. Qoʻlyozma manbalarni nashrga
tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar jamlab,
chop ettirish matnshunoslikka oid izlanishlar olib borilganligini
koʻrsatadi.
Oʻtgan asrning 50 – 60-yillarida qoʻlyozma manbalarni oʻrganish
va nashrga tayyorlash davr siyosiy talabi ham edi. 1957-yili
10
Ҳайитметов А. Матншунослик муаммолари// Шарқ юлдузи
,
1982
,
№ 3. – Б.168.
11
Баҳодир Карим. Жадид мунаққиди Вадуд Маҳмуд. – Т.
:
Университет
,
2000. – Б.
65.
12
Энг эски турк адабиёти намуналари. Тузувчи Фитрат. ЎзР ФА Шарқшунослик
институти
,
тошбосма
,
инв. № 16507.
13
Ўзбек адабиёти намуналари. I жилд. Тузувчи Фитрат. ЎзР ФА Шарқшунослик
институти
,
тошбосма
,
инв. № 15146
,
12639.
22
Toshkentda oʻtkazilgan sharqshunoslarning Butunittifoq birinchi
konferensiyasi oʻtkaziladi. Shu konferensiyada ishtirok etgan davlat
rahbari N.A.Muhiddinovning nutqida shunday soʻzlarni oʻqiymiz:
“Afsuski, biz oʻrta asr Sharqining koʻzga koʻringan fan va madaniyat
arboblari asarlarini juda sekin nashr etmoqdamiz. Respublika
hukumatining Alisher Navoiy asarlarining toʻla toʻplamini nashr
etish toʻgʻrisidagi qarori sust bajarilmoqda”
14
. Bu davrda nafaqat
Navoiy asarlari, balki koʻplab mumtoz adabiyot vakillari asarlarini
nashr ettirishga e’tibor kuchayadi. Shuning uchun ham ba’zi asarlar
mukammal oʻrganildi, ba’zilari esa toʻla tadqiq etilmasa-da, ilmiy-
ommabop shaklda xalqimizga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |