Piktografik yozuv taraqqiyoti asosida
logografik yoki ideografik yozuv paydo boʻldi. Bunda tildagi har bir
soʻz oʻz ramziy timsoliga ega boʻladi. Piktogramma toʻgʻridan-
toʻgʻri predmetni rasm orqali koʻrsatsa, logogramma soʻzning
24
ma’nosini tushuncha orqali ifodalaydi. Ieroglifik yozuv logografik
yozuvning rivojlangan, mukammal koʻrinishidir.
Miloddan avvalgi VI–IV asrlardayoq Turonzaminning turli oʻlka
mahalliy tillari tovush sistemasiga mustaqil holda moslashgan.
Xorazmiy-sugʻdiy, pahlaviy, baxtariy kabi yozuvlar shakllanganligi
yozma madaniyatimiz ildizlari naqadar uzoq davrlarga borib
taqalishidan dalolat beradi. Mana shu yozuvlar ichida sugʻd yozuvi
yodgorliklari keng miqyosda va uzoq vaqt iste’molda boʻlganligi
bilan alohida ajralib turadi. Qogʻozga bitilgan va bizgacha yetib
kelgan sugʻdcha matnlarning eng qadimiysi IV asr boshlariga
mansub boʻlib, fanda “Eski maktublar” deb nom olgandir. Bu
maktublar
1906-yili
ingliz
olimi
A.Steyn
boshliq
ekspeditsiyatomonidan Moʻgʻulistonning Dunxuan degan joyidan
topilgan. Sugʻd yozma yodgorliklarining eng soʻnggisi Talas daryosi
vodiysidagi qoyatoshlar sirtiga bitilgan tashrifnomalardir. Bu yozuv
oromiy yozuvi asosida paydo boʻlganligi bois, oromiy yozuviga
oʻxshaydi. II asrning oxiri – III asrning boshlarida Xorazm yozuvi
xoʻjalik hisobot hujjatlari, tangalardagi yozuvlar, qabrlarga
oʻrnatilgan haykallar va boshqa joylarda uchraydi.
V–VIII asrlar davomida turkiy xalqlar Oʻrxun-Enasoy yozuvidan
keng foydalangan. Oʻrxun-Enasoy yozuvi bilan birga uygʻur
alifbosidan ham foydalanilgan va bu yozuv turkiy xalqlar orasida
XVI asrgacha ancha keng ishlatilgan. Yozuv turlarining keng
qoʻllanishi bilan birga kitobatchilik san’ati ham rivoj topdi. Oʻrta
Osiyoda miloddan avvalgi asrlardayoq kitobchilik ishlari bilan
shugʻullanganlar.
Qadim Sharqiy turk madaniy muhitida qoʻlyozmalar bilan
yonma-yon ksilografiya usuli joriy etilgan. Q.Sodiqovning
yozishicha, “turk buddaviylari orasida ancha keng tarqalgan kitob
turi potxidir. Bunday usul bilan kitob tayyorlash uchun, dastavval,
kitobga moʻljallanayotgan varaqlar oʻrtasiga bir oʻlchamda
doirachalar chizib chiqilgan. Matnni yozayotgan paytda esa satr
doiraga kelib tutashganda toʻxtatilib, doirachaning ikkinchi yogʻidan
davom ettirilavergan. Shunday qilib, doiracha ichi boʻsh qolgan.
Qoʻlyozma toʻliq qoʻldan chiqqach, haligi doirachalar oʻrtasidan
teshib chiqilgan. Varaqlarni dastalab turib, ularning teshigidan ipga
tizilgan. Soʻngra qogʻoz bichimiga teng ikki payraxa olib, taxlogʻliq
qogʻozning ikki yogʻidan qoplangan va tizimchasi mahkamlab
25
qoʻyilgan. Oʻz navbatida, payraxalar muqova vazifasini oʻtagan
hamda kitobni yaxshi saqlash imkonini bergan. Kitobni oʻqish zarur
boʻlgan taqdirda tizimchasi boʻshatilib, foydalanib boʻlgach, yana
joylab qoʻyilavergan”
15
. Litografiya usulida kitob tayyorlashni ba’zi
olimlar yassi chop etish deb yozishadi. Jumladan, Sh.Ziyodovning
yozishicha, harf terilmaydigan, poligrafiya terminologiyasi boʻyicha
yassi chop etish usuli litografiya boʻlib, ya’ni yassi chop etish – matn
oldindan qogʻoz varagʻiga bitilgan va tosh shaklga teskarisi
tushirilgan aksdan nusxa koʻchirish usuli hisoblanadi.
16
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston xalqlari hayotida roʻy
bergan yangiliklardan biri tipo-litografik korxonalarning ochilishi
boʻldi. Toshkentda birin-ketin matbaalar ish yurita boshlashdi.
Markaziy Osiyoda ilk tipografiya rasman Toshkentda 1868-yili
harbiy shtabda tashkil etilgan. Toshkentdagi bu bosmaxona xizmat
doirasi uchungina tashkil etilgan boʻlib, tipo-litografiyada asosan
Turkiston gubernatorligining rasmiy xatlari, buyruqlari, telegramma
va boshqa hujjatlarini chop etish moʻljallangan edi.
M.Hakimov qayd etganidek, Turkistonda kitob bosishning ikki
xil usuli qoʻllandi.
Birinchisi tipografik (mixbosma)
usul boʻlib, unda
mix shaklidagi metall harflarni qoʻlda terish orqali kitob bosilgan.
Bunda
arab yozuvining nasx yozuvi
dan keng foydalanilgan.
Ikkinchisi esa litografiya (toshbosma)
usul, unda dastlabki, asosiy
ishni xattot bajargan. Xattot bosiladigan kitobning matnini maxsus
qogʻozga koʻchirgan. Bu qogʻozdagi matn tosh qolip sirtiga
oʻtkazilgan va unga kimyoviy ishlov berilgan. Soʻngra ana shu tosh
qoliplardan
nusxalar
olingan.
Xattot
toshbosmaga
matn
koʻchirganda
asosan
nasta’liq
xati
dan
foydalangan.
Lito-
tipografikga nisbatan litografik usul keng qoʻllangan. Bunga faqat
Alisher Navoiy asarlarining 1879–1917-yillar davomida Turkiston
shaharlaridagi koʻp matbaalarda bosilgan 70ga yaqin nashri faqat
toshbosma usulida amalga oshirilganligi misol boʻla oladi.
17
Oʻrta
Osiyoda toshbosma usulidagi dastlabki matbaa Xivada Muhammad
15
Содиқов Қ. Туркий матннавислик тарихидан. Қадимги ёзма ёдгорликлар. – Т.
:
Ёзувчи
,
2000. – Б.126.
16
Қаранг
:
Зиёдов Ш. Марказий Осиёда илк тошбосма китоблар нашри
тарихидан//Шарқшунослик
,
2009
,
№ 14. – Б.136.
17
Қаранг
:
Ҳакимов М. Алишер Навоий асарларини кўчирган хаттотлар. –Т.
:
Фан
,
1991. – Б.39.
26
Rahimxon II saroyida yuzaga keladi. “Sharqda birinchi matbaa 1832-
yili Eronda paydo boʻlgan edi. Shuning uchun Erondan Ibrohim
Sulton nomli matbaachi Xiva saroyiga taklif etiladi. Ibrohim Sulton
mahalliy yoshlardan Otajon Abdalovga matbaachilik sirlarini
oʻrgatadi, 1874-yildan boshlab ba’zi hujjatlar toshbosma usulida
chop etila boshlaydi”
18
.
XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Xiva xonligi madaniy
va ijtimoiy hayotida muhim rol oʻynagan Muhammad Rahimxon II
kutubxonalar tashkil etgan hamda qoʻlyozma manbalarni asrash va
koʻpaytirishga katta ahamiyat qaratgan. Q.Munirov qayd etganidek,
boshqa Xiva hukmdorlaridan farqli oʻlaroq Muhammad Rahimxon II
oʻz zamonining shoiri boʻlgan. U tarixiy, adabiy asarlarni sevgan va
ularni koʻplab koʻchirtirgan hamda saroyga toʻplagan. Muhammad
Rahimxonning ikkita kutubxonasi boʻlib, biri qishki qarorgoh– Ark
ichkarisida, yana biri yozgi qarorgoh – shahar tashqarisida Tozabogʻ
saroyida joylashgan edi. Bu kutubxonalarda ixcham kataloglar
tuzilgan, kitoblarning muqovalariga ularning nomlari bitilgan
yorliqlar yopishtirilgan. Xiva xoni Feruzning asosiy maqsadi nodir
asarlar nusxalarini koʻpaytirish orqali qoʻlyozmalarni asrash edi.
Manbashunos H.Aminovning yozishicha, Xiva xoni Feruz
kutubxonasi fehrist-katalogida qoʻlyozma va litografik asarlardan
jami 914 jild kitob bayoni keltirilgan. Ular 893 asarni tashkil etib,
bularning 604 jildi qoʻlyozma boʻlib, 310 jildi toshbosma
nusxalardir.
19
Adabiyotshunos
R.Mahmudova
bergan
ma’lumotlariga
qaraganda, Toshkentda birinchi xususiy litografik matbaa S. I.Laxtin
matbaasi boʻlib, u 1877-yili ochilgan. Bu bosmaxona rus tilidagi
kitoblar bilan birga mahalliy tillardagi kitoblarni ham nashr qilgan.
Toshkentdagi yirik matbaalardan yana biri – O.A.Portsev matbaasi
1888-yili tashkil topgan. Uning chiqargan kitoblari ancha sifatli
boʻlib, qogʻozi va muqovalariga alohida e’tibor berilgan. V.M.Ilyin
18
Эркинов А.
,
Полвонов Н.
,
Аминов Ҳ. Муҳаммад Раҳимхон II – Феруз кутубхонаси
феҳрести. – Т.
:
“Янги аср авлоди”
,
2010. – Б.9–10.
19
Қаранг
:
Эркинов А.
,
Полвонов Н.
,
Аминов Ҳ. Муҳаммад Раҳимхон II – Феруз
кутубхонаси феҳрести. – Т.
:
“Янги аср авлоди”
,
2010. – Б.38.
27
matbaasi esa 1893-yili tashkil topgan, unda oʻzbek adabiyoti tarixiga
oid koʻpgina kitoblar bosilib chiqarilgan.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |