uni tashkil
qilayotgan nutq birliklari, ularning oʻzaro aloqalari
bilangina cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan
muayyan nutqiy situatsiyada tugʻilgan, uning butun sifatidagi
mazmun-mohiyati oʻzidan tashqaridagi reallik bilan bogʻliq holda
voqe boʻladi”
26
.
E’tibor berilsa,
matn
soʻzining lugʻaviy ma’nolari qaysidir
darajada oʻzak tushunchada qarorlashgan: “narsaning ustki, yuza
qismi”, “aks ettirilgan nutq”, “yozuv orqali aks ettirilgan nutq”,
“yozuvda qayd etib qoʻyilgan nutq”. Bu ma’nolar
asarning yozma
yoki ogʻzaki belgilar vositasida qayd etilgan tashqi, ya’ni konkret-
hissiy qabul qilinadigan tomonini aks ettirsa,
tekst
soʻzining
“pishiqlik, mustahkamlik, butunlik”ka dalolat qiluvchi lugʻaviy
ma’nolari esa matn tushunchasining ichki xususiyatlarini anglatadi.
Atama tushunchasini izohlashda gapni
manba
va
matn
soʻzlari
misolida
boshlashimizga sabab, avvalo, mavzuimiz adabiy
manbashunoslik va matnshunoslik muammolarini oʻrganishga
bagʻishlangan. Qolaversa, butunni anglash uchun uning tarkibiy
qismlari haqida toʻlaroq tasavvurga ega boʻlish anglash jarayonini
faollashtiradi. Hodisa anglangani sayin maqsad oydinlasha boradi,
muammo yechimiga yoʻl ochiladi.
Ma’lum adabiy asar boʻyicha
tadqiqot olib borayotgan
manbashunos oʻzi oʻrganayotgan obyektning yaxlit butunlik sifatida
yuzaga kelishiga sabab boʻlgan
ta’sirlar zanjiri
ni tiklaydi, tadqiq
etilayotgan asarning bu silsiladagi oʻrnini belgilaydi, xalqalar
orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi.
Manbashunoslik tadqiqi mana shu uzluksiz jarayon ichida kechadi.
Yuqorida matnning tashqi, ya’ni yozuvda ifodalanishi haqida
soʻz borib, asarning bu jabhadagi tadqiqi matnshunoslik obyektida
kechishi aytilgan edi.
Shu jihatdan matnshunoslik ilmida oʻrganiladigan matn
tilshunoslikdagi matn tushunchasidan farqlanadi.
27
Matnshunoslikda
26
Д.Қуронов ва бошқа. Т.
:
“Akademnashr”
,
2010
,
329-бет.
27
Тилшуносликда матннинг кўриниши эмас
,
тузилиши кўпроқ эътиборга олинади.
Шунинг учун бу соҳада “
матн нима?”
,
“матннинг энг кичик бирлиги нимадан иборат?”
каби саволларга жавоб топиш бирламчи аҳамиятдаги масаладир. Қаранг
:
М.М.Бахтин.
Эстетика словесного творчества. М.
:
Искусство
,
1979; Ролан Барт. Избраннные работы
:
Семиотика.Поэтика. –М.
,
1989; М.Йўлдошев. Бадиий матн лингвопоэтикаси. Т.
:
“Фан”
,
35
har qanday yozuv matn sanaladi. Muayyan matnning paydo
boʻlishidan to oxirigi holatigacha davom etgan jarayon
matn tarixi
ni
tashkil qiladi. Aksar matnlar ma’lum vaqt mobaynida subyektiv
(muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va obyektiv
(ijtimoiy) omillar ta’sirida oʻzgarishga uchraydi. Matnshunosning
vazifasi mana shu oʻzgarishlarni
aniqlash, ularni tarixiy, ilmiy
dalillar bilan asoslash va shu yoʻl bilan asl matnni tiklashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: