Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar:
oʻzbek matnshunosligi
rivojlanishining muhim bosqichlari, turkiy tillar genezisi bilan
bogʻliq qadim manbalarning har tomonlama oʻrganilish davri,
turonzamin yerlarining Islom olami tomonidan fath qilinishi,
manbashunoslik tadqiqotlari va qoʻlyozmalar tavsiflari, adabiy
manbashunoslik, tarixiy manbashunoslik, ilmiy manbashunoslik,
folklor manbashunoslik.
Manbashunosning muayyan asar manbalari haqidagi izlanishlari,
asarning qayerdagi fondlarda saqlanib qolganligi, bu manba
nusxalarining saqlanganlik darajasi, toʻliq yoki nuqsonli ekanligi,
mo’tabar qoʻlyozmasining qayerda saqlanishi va hokazolar haqidagi
ma’lumotlari mantshunosning oxirgi maqsadga erishish yoʻlini ancha
qisqartiradi.
Manbashunoslik tadqiqotlari va qoʻlyozmalar tavsiflarining hali
talab darajasida emasligidan bunday ma’lumotlar tanqisligini doimo
30
his qilib turamiz. Shu bois, matnshunos ularni oʻz izlanishlarining
birinchi bosqichi sifatida oʻzi izlab topishi, ya’ni, manbashunoslik
izlanishlarini amalga oshirishni chetlab oʻta olmasligiga toʻgʻri
keladi. Shuning uchun juda koʻp adabiy yodgorliklarning matnini
nashrga tayyorlashda uning tadqiqot qismidagi izlanishlarni
kuzatsak, olimlar avvalo, muayyan asarning manbalarini izlab topish,
ularni qiyosiy oʻrganish va tahlil qilishdan iborat bir talay ishlarni
amalga oshirganliklarining guvohi boʻlamiz. Matnshunoslik tahlili
uchun eng avvalo, asarning mavjud nusxalari haqidagi ma’lumotlar
toʻplanadi. Bu ma’lumotlarni ma’lum darajada manbashunoslik
manbalaridan olishimiz mumkin. Manbashunoslikning manbalari
boʻlib turli mamlakatlarda chop etilgan qoʻl yozma fondlarining
kataloglari, xattotlar haqida ma’lumot beruvchi tadqiqotlar, arxiv
tavsiflari, katalog toʻplamlari, ayrim shoir va adiblarning turli
fondlardagi qoʻlyozmalari haqida tadqiqotlar, xattotlar faoliyati
xususidagi ilmiy kuzatishlar xizmat qilishi mumkin. Ulardagi
ma’lumotlar matnshunosning aniq maqsad sari harakat qila olishi
imkonini beradi.
Shuning uchun turli fondlardagi muayyan muallif qoʻlyozmalari
muayyan mavzudagi qoʻlyozmalarni turkumlashtirib tavsif qilish,
muayyan asar qoʻlyozmalarini arxeografik jihatdan qiyoslash kabi
manbashunoslik izlanishlarining mantshunoslik tadqiqotlaridagi oʻrni
beqiyosdir.
Manbashunoslik – manbalarniyigʻish, qidirib topish, tartibga
solish va ulardan ilmiy foydalanish yoʻllarini oʻrgatuvchi fandir.
Manbashunoslik fanlar sohasi boʻyicha quyidagi tarmoqlarga
boʻlinadi:
1. Adabiy manbashunoslik;
2. Tarixiy manbashunoslik;
3. Ilmiy manbashunoslik;
4. Folklor manbashunoslik.
Umuman olganda, manbashunoslik ilmda tarix fanining bir
sohasi sifatida qabul qilingan. Sobiq shoʻrolar davrida koʻpgina
fanlar qatori manbashunoslikka ham fanning Oktabr inqilobigacha
taraqqiy etmagan bir sohasi deb qarash hukmron edi. Biroq har bir
davrni oʻz mezonlari bilan olib qarasak
manbashunoslik
madaniyatimiz tarixida oʻzining chuqur ildizlariga ega ekaniga amin
31
boʻlamiz. U oʻzining muayyan mezon va meyorlari bilan rivojlanib
taraqqiy etib kelgan.
Toʻgʻri, XX asrgacha manbashunoslikka fanning alohida
tarmogʻi sifatida qarash dunyo miqiyosida yoʻq edi. Ammo bu
sohadagi amaliy ishlar tinimsiz rivojlanishda boʻlgani bilan
kuzatiladi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Markaziy Osiyo
xalqlari orasida kitob yigʻish, ularni ma’lum sohalar boʻyicha
turkumlash, kitob xazinalarini tarixning suronli voqealaridan omon
saqlab qolish ishlariga qadimdan katta e’tibor berib kelishgan.Bu
ishda, albatta, yirik madaniy markazlardagi kitob xazinadorlari, yirik
olim va ijodkorlar jonbozlik koʻrsatishgan.
Tarixiy yodgorliklar juda qadim zamonlardan podshohlar va
kohinlarning xazinalarida diniy, tarixiy va adabiy mazmundagi
qoʻlyozmalar toʻplanganligini va saqlanganligini aniqlashga imkon
beradi. Quldorlik davlatlari mavjud davrda bu xazinalarda bu
qoʻlyozmalar majmualari, madaniy boyliklar saqlanadigan maxsus
omborxonalar vujudga kelishi uchun shart-sharoit vujudga kela
boshlaydi. Biroq Markaziy Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozma
yodgorliklari deyarli saqlanib qolmagan. Ulardan koʻplari arablar
bosib olgan davrda VII asrlarda nobud boʻlgan. Sugʻd va
Xorazmning arab xalifaligi tamonidan qoʻyilgan noibi kitoblarni va
ularni saqlovchilarni yoʻq qilib tashlaganligi haqida birinchi boʻlib
Beruniy ma’lumot beradi.
Matn tarixini oʻrganishda manbalarga ehtiyoj seziladi. Oʻzbek
matnshunosligi rivojida bu davrning oʻziga xos yana bir ahamiyati,
ilmiy-tanqidiy matn yaratishning nazariy ilmiy-metodlariga oid fikr-
mulohazalar, koʻrsatmalar, qoidalar aks etgan ilmiy-tadqiqotlarning
yaratilishi hisoblanadi. Jumladan, S.Mutallibov 1944-yili “Hayrat ul
abror” ning tanqidiy matni” mavzusida nomzodlik, 1952-yili
P.Shamsiyev “Alisher Navoiyning “Sabbayi sayyor” dostonining
ilmiy-tanqidiy matni va uni tuzish prinsiplari” nomli nomzodlik,
1970-yili “Alisher Navoiy “Xamsa”sining ilmiy-tanqidiy teksti va
uni tayyorlash prinsiplari” nomli doktorlik, H. Sulaymonov 1961-yili
“Alisher Navoiy lirikasining tekstologik oʻrganilishi” nomli
doktorlik, S.Gʻaniyeva 1956-yili “Majolis un nafois”ning III va IV
majlislari ilmiy-tanqidiy matni va adabiy tahlili” mavzusida
nomzodlik, L.Xalilov 1975-yili “Alisher Navoiyning “Tarixi mulki
32
Ajam” asarining tekstologik tadqiqi” mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini yoqlagan.
Matnshunoslikning ushbu rivojlanish bosqichida ilmiy-tanqidiy
matn tayyorlashning nazariy jihatlari ham ishlab chiqildi. Agar
oʻtgan asrning 40-yillari Alisher Navoiy asarlarining yigʻma matni
tayanch nusxa asosida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirib, qiyos uchun
tanlangan asos nusxalar farqi ilmiy apparatda koʻrsatilib borilgan
boʻlsa, keyingi davr matnshunosi ilmiy-tanqidiy matn tuzishda
boshqacharoq prinsipni tanladi. Ya’ni, keyingi davr matnshunoslari
ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda tayanch nusxa matnini qiyosiy
oʻrgandi, tanqidiy mulohaza bilan matn tuzdi. Navoiy asarlari nashri
oʻzbek matnshunosligi ilmiy-nazariy taraqqiyotining eng yuqori
bosqichini boshlab berdi. Oʻzbek matnshunoslik maktabi yaratgan
an’anaviy prinsiplar keyingi tadqiqotlarning takomillashuviga zamin
yaratadi.
Umuman, oʻzbek matnshunosligi rivojlanishining muhim
bosqichlarini shunday sanash mumkin: Turkiy tillar genezisi bilan
bogʻliq qadim manbalarning har tomonlama oʻrganilish davri;
Turonzamin yerlarining Islom olami tomonidan fath qilinishi.
Har qanday atamaning yasalishida soʻzning lugʻaviy ma’nolari
negiz vazifasini oʻtaydi. Shu negiz atrofida muayyan tushuncha
barqarorlashadi va yangi nom bilan atala boshlaydi. Fikr, qarash,
yondashuvlarning oʻzaro kelishuvi, shartlashuvi ostida sodir
boʻladigan bu jarayon ixtiyoriy tarzda kechadi. Misol uchun
manba
va
matn
soʻzlarining istilohga aylanguncha davom etgan tadrijini
kuzataylik. Arabcha “oqib chiqmoq”, “boshlanmoq”, “otilib
chiqmoq”, “kelib chiqmoq” ma’nolarini anglatuvchi
nabaa
(
ََعَبَن
)
fe’lidan
“oqib
chiqish
joyi”,
“boshlanish
nuqtasi”
“buloq”ma’nosidagi
manba
(
عَبْنَم
) soʻzi yasalgan. Har qanday
harakat, voqea-hodisaning boshlangʻich nuqtasi, avvali, boshiga
nisbatan qoʻllangan bu soʻz ma’lum soha kishilarining ixtiyoriga
binoan ijod mahsuli tushunchasida qarorlashdi va “manba”
deyilganida muayyan
asar
(kitob) tushunila boshladi.
Mutolaa qilingan kitob oʻz oʻquvchilarida turli xil oʻxshash va
farqli fikrlarni uygʻotadi. Fikrlarning oʻxshashligi
qarashlar
ni,
farqliligi
yondashuv
larni yuzaga keltiradi. Bu jarayon bamisoli
kitobdan kitoblar otilib chiqayotgan, asardan asarlar tarmoqlanib,
toshib oqayotgan oqimga oʻxshaydi.
33
Endi
matn
soʻzi xususida toʻxtaladigan boʻlsak, arabcha izohli
lugʻatlarda bu soʻz “narsaning ustki, yuza qismi” deb ta’riflangan.
Masalan, yerning ustki qattiq qismi (
Do'stlaringiz bilan baham: |