Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

Bunday sharoitda ilmiy-tanqidiy matn hozirgi nashrlar uchun asos 
boʻlib xizmat qilishdan iborat oʻz funksiyasini bajara olmaydi, zero, 
u, hozir aytib oʻtganimizdek, eski arab yozuvida tuziladi. Bu yozuvda 
esa bitta soʻzni turlicha oʻqish mumkin. Oqibatda joriy yozuvdagi 
nashrlarda 
xatolar, 
xilma-xilliklar 
kelib 
chiqadi. 
Mumtoz 
adabiyotimiz asarlari nashrlarida uchraydigan xatolarning eng katta 
qismi aynan shu omil bilan, ya’ni arab yozuvidagi soʻzlarni notoʻgʻri 
oʻqish bilan bogʻliqdir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, 
oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlarining ilmiy-tanqidiy matnlarini 
yaratishda asliyat yozuvidagi asosiy matn bilan parallel ravishda 
joriy yozuvdagi matnning ham tuzilishi shart qilib qoʻyilishi lozim.
Ana shu tarzda tuzilgan tanqidiy matngina hozirgi barcha nashrlar 
uchun asos boʻlib xizmat qila oladi. 
Bu sohada ba’zan yuksak bilim, aql, ilmiy nazariya ham ish 
bermasligi, chigal muammoni hal etishda tajribali matnshunosning 
birgina nazari, savqitabiiysi (intuitsiyasi) asqotishi mumkin. 
Savqitabiiy Olloh tomonidan ato etilgan iste’dod, biroq u koʻpyillik 
amaliy mehnat bilan yanada takomillashgan boʻladi. Ming-ming 
sahifalab qoʻlyozma oʻqigan matnshunosda nodir koʻz xotirasi 
43


shakllanadi. Ilmda: “Intuitsiya – bekor, qoʻlyozmaga qarash kerak”, 
deya bepisand gapirishlar ham boʻlgan. Aslida, matnning piriga 
aylangan matnshunos qoʻlyozmani koʻrmasdan ham soʻzni 
aslidagidek isloh etish salohiyatiga ega boʻladi. Zero, uning koʻz 
xotirasida soʻzlarning turli, farqli shakl va mohiyatlari muhrlanib 
qolgan. U matnni hozirgi yozuvda koʻrib turgan taqdirda ham, 
asliyatdagi shakli koʻz oʻngida yaqqol gavdalanadi. Yosh 
tadqiqotchilar nashr ishlarini loaqal ana shunday ustozlar bilan 
birgalikda amalga oshirishlari lozim. Zikr etilgan kitobning mas’ul 
muharrirlari ham ustoz olimlar. “Biroq hozir nashr ishlarida bir 
xastalik paydo boʻlgan – oʻqimaslik kasalligi. Ba’zi kitoblarni, 
surishtirsangiz, na mas’ul, na maxsus muharrir, na taqrizchi, na 
nashriyot mutasaddilari oʻqigan boʻlib chiqadi. Oʻqimasdan imzo 
chekib yuboraverishni bagʻrikenglik va yaxshilik deb boʻladimi?!” 
Koʻp sa’y-harakatlarni chippakka chiqaradigan, mumtoz matn 
nashrlari sifatiga uzluksiz rahna solib kelayotgan eng ogʻriqli 
muammo matnshunoslik jarayonlariga yagona andozaviy mexanizm 
sifatida xizmat qiladigan maxsus imlo qoidalarining mavjud 
emasligidir. Ushbu dolzarb muammo oldin ham koʻp marta 
koʻtarilgan. Mumtoz adabiy-tarixiy matnlarni nashrga tayyorlash 
jarayonida qoidalashtirilishi zarur boʻlgan hodisa-holatlar haddu 
hisobsiz. Tarixiy shaxslar va soʻzlarni turli shakllarda yozish, forsiy-
arabiy izofa, izofa zanjirlarini toʻgʻri qoʻllay olmaslik, oʻndan ortiq 
forsiy “yo”larning qoʻllanish xususiyatlarini ma’nan farqlamaslik, 
mumtoz matnlardagi nozik ma’no tovlanishlarini hozirgi yozuvda 
ifodalash usullarining ishlab chiqilmaganligi – bari-barisi mana shu 
yagona andozaviy mexanizm muammosi hanuz oʻz yechimini 
topmayotganligining oqibatidir. Bu muammoning yechimini topish 
bilan, shak-shubhasiz, taklif etilayotgan matnshunoslik hay’ati 
shugʻullanishi lozim. Mazkur hay’at Vazirlar Mahkamasi huzurida 
ta’sis etilmogʻi va u mamlakatdagi yetuk matnshunoslarni 
jipslashtirmogʻi, jarayonni muvofiqlashtirmogʻi hamda boshqar-
mogʻi maqsadga muvofiqdir. 
Bugun respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan fondlarning 
deyarli barchasida mavjud qoʻlyozma va toshbosma manbalarning 
ichki katalogini tuzish ishi nihoyasiga yetgan, har bir manba haqidagi 
dastlabki ma’lumotlar elektron shaklda yigʻilgan. Navbatdagi 
bosqichda mazkur manbalar boʻyicha olib borilayotgan ilmiy 
44


tadqiqotlarga e’tiborni yanada kuchaytirish, matnshunosligimizning 
Porso Shamsiyev kabi dargʻalari boshlagan ishlarni toʻxtatmasdan 
davom ettirishimiz lozim. 
2006-yili 
“Zarqalam” nashriyotida adabiyotshunos olim 
Yoqubjon Ishoqovning “Soʻz san’ati soʻzligi” nomli hamma 
ma’noda chiroyli ilmiy risolasi chop qilindi. Kitobga yozilgan 
“Mumtoz badiiy san’atlar talqini” soʻzboshisida “Zuxruf” surasining 
4-oyati misol sifatida keltirilgan. E’tiborsizlik oqibatida bitta oyatda 
uchta jiddiy xatoga yoʻl qoʻyilgan va ma’noga futur yetgan. Avvalo, 
Qur’ondan keltirilayotgan iqtibos, albatta, mutaxassis nazaridan 
oʻtishi kerak. Qolaversa, oyatlarni kirill harfida yoki originaldan 
boshqa harfda ifodalash shu paytgacha yaxshi natija bermagan. 
Shuning uchun tarjimaning oʻzini bergan ma’qul va shu bilan 
maqsad hosil boʻladi. Eng xunugi, bu oʻrinda negadir mazkur oyat 
tarjimasi ham buzib berilgan. Bir emas, bir necha olimlarimizning 
ona tilimizdagi, qonuniy tavsiya etilgan tafsirlari turib, oyat 
tarjimalarini 
oʻsha 
tafsirlarning 
birortasidan 
olmasdan 
oʻzboshimchalik qilishning nima keragi bor edi?! 
Matn tabiatidan uzoqlashish bilan bogʻliq xatolarni ommaviy 
nashrlarning aksariyatida uchratish mumkin. Alisher Navoiyning 
“Nazmul javohir” (Alisher Navoiy, Mukammal asarlar toʻplami, 15-
tom, T., “Fan”, 1999, 136-bet) asarida shunday ruboiy bor:
Iymoni aningki kufrigʻa sotir erur,
Chin nukta demakka ul kishi qodir erur,
Har kimsaki iymon ishida mohir erur,
Iymonini bilki, otidin zohir erur. 
Ruboiyning toʻrtinchi misrasidagi “
otidin
” soʻzi “
ontidin”
boʻlishi kerak edi. Shunda ma’no hadisga muvofiq boʻladi. Aslida 
bunga asos ruboiyning sarlavha qismida berilgan arabiy hikmatda 
aks etgan

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish