Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Ma’ruza  mashgʻulotini oʻqituvchi tomonidan oldindan topshiriq asosida



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

Ma’ruza 
mashgʻulotini oʻqituvchi tomonidan oldindan topshiriq asosida 
tayyorlanib kelgan talaba davom ettirib oʻqiydi. Bu usul auditoriya 
iqlimini muvozanatda ushlashga yanada samarali yordam beradi. 
Sababi, boshqa talabalarda ham ma’ruza oʻqish, oʻz bilimini 
namoyish etish hissi uygʻonadi, ijobiy raqobatni yuzaga kelishiga 
zamin yaratadi) 
Oʻzbek matnshunosligining asosiy yoʻnalishlaridan biri ulugʻ 
shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlari matnini tayyorlashdir. 
Bu sohada muayyan ishlar qilingan. Shoirning bir qancha 
asarlarining 
ilmiy-tanqidiy 
matnlari 
yaratilgan. 
Lekin 
hali 
qilinadigan ishlar koʻp. Jumladan, Navoiyning nasriy merosi orasida 
hali ilmiy-tanqidiy matnlari tuzilmagan asarlar bor. Mana shu 
yoʻnalishda tadqiqotlar olib borish mazkur asarlarning barcha ilmiy 
talablarga javob beradigan yuqori saviyadagi ilmiy-tanqidiy 
matnlarini tayyorlash navoiyshunos olimlar oldida turgan muhim 
46


vazifalardan sanaladi. Mazkur ishlarni amalga oshirishda bizga ibrat, 
namuna, ayni paytda, tajriba maktabi boʻlib xizmat qiladigan 
tadqiqotlar bor. Bu oʻrinda biz “Mahbub ul-qulub”ning atoqli olim 
Kononov tomonidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni yoki 
“Majolis un-nafois”ning taniqli adabiyotshunos olima Suyima 
Gʻaniyeva tomonidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni singari 
ishlarni 
nazarda 
tutmoqdamiz. 
Matnshunoslikning 
mumtoz 
namunalari boʻlib qolgan bunday ishlar hech qachon oʻz qimmatini 
yoʻqotmaydi. 
Aslida matnshunoslik juda qadimiy soha. Uzoq tarixiy asoslarga 
ega boʻlsa-da, matnshunoslikning butun dunyoda sistemali suratda 
shakllanganiga hali bir asr ham boʻlmadi. Lekin shu qisqa vaqt 
ichida 
filologik 
fanlari 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
matnshunoslikning nazariy prinsiplari ishlab chiqildi.Oʻtgan asrga 
nazar tashlasak, matnshunoslarning bizdan oldingi avlodi oʻz 
zimmalaridagi vazifani sharaf bilan bajardilar. Ularning muhim 
vazifasi ajdodlarimizning eng sara asarlarini joriy yozuvda 
kitobxonlarga taqdim qilishdan iborat edi. Shuning uchun ham, bu 
sohada fidoyilik koʻrsatgan olimlarga har qancha ehtirom koʻrsatilsa 
arziydi. 
Mustaqillik davrida imkoniyatlar yanada kengaydi. Muhtaram 
Yurtboshimiz koʻhna yozma bitiklarni ma’naviy tarbiyada muhim 
asos sifatida oʻrganishni siyosat darajasida belgilab berdi. 
Matnshunoslar buni ham sharaf, ham mas’uliyat deb qabul qildilar. 
“Feodal-klerikal” tamgʻasini olgan, “xalq dushmani” sifatida 
qoralangan Milliy Uygʻonish davri adabiyoti vakillari asarlari ilmiy 
oʻrganila boshlandi, juda katta hajmda nashr qilindi. Bunda ham 
matnshunosligimizning 
xizmatini 
e’tirof 
etmaslik 
mumkin 
emas.Lekin bugunning koʻzi bilan qarab, tan oladigan boʻlsak, 
oʻzbek matnshunosligi qanchalik katta hajmdagi va ahamiyatli 
faoliyatni amalga oshirgan boʻlmasin, faqat amaliy jarayondan iborat 
boʻlib qoldi. Uning oʻziga xos ilmiy-nazariy prinsiplari ishlab 
chiqilmagani bois tom ma’noda professionallasha olmadi. Buning 
bosh sababi hammaga yaxshi ma’lum: milliy ma’naviy qadriyatlar 
bilan fan taraqqiyoti oʻrtasiga katta toʻsiq qoʻyilgan edi. Haqiqiy 
matnshunoslar juda kam edi. Ular ham, hozir aytilganidek, 
kechiktirib boʻlmas amaliy faoliyat bilan band boʻldilar. Oʻzbek 
filologiyasi mutaxassislari orasida matnshunoslar yetishtirish koʻzda 
47


tutilmagandi. Sharqshunoslarga esa, milliy til va adabiyot sirlari 
oʻrgatilmagandi. Oqibatda chala matnshunoslar koʻproq ish 
bajargan... 
“Oyina”, “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Fargʻona”, “Hurriyat” 
singari mashhur matbuot nashrlarida chop etilgan adabiyot 
materiallari anchagina oʻrganildi. Biroq “Al-Izoh”, “Al-Isloh”, 
“Izhor ul-Haq” jurnallari haqida bunday deb boʻlmaydi. Bu 
jurnallardagi adabiyot materiallari adabiy manbashunoslik va 
matnshunoslik aspektida tadqiq qilinishi, ularning XX asr 
adabiyotida tutgan oʻrni, maqomi belgilanishi dolzarb ilmiy 
muammolardandir.Birgina “Al-Isloh” jurnalini olaylik. Undagi 
adabiy-estetik munozaralar yangi adabiyotning shakllanishida, 
taraqqiy etishida alohida ahamiyat kasb etgani sir emas. Bu 
manbaning oʻrganilishi adabiy-tanqidiy qarashlar tadrijini tadqiq 
qilishda ham alohida oʻrin tutadi. 
Yana bir muammo: Milliy Uygʻonish davri matbuotidagi 
adabiyot 
materiallarini nashr 
etishda 
ham 
aksar 
hollarda 
professionalikdan yiroqlik illati koʻzga tashlanadi. Bu hol 
matnlarning notoʻgʻri tabdil qilinishida, ba’zan mohiyatga zid 
talqinlarda, ayniqsa, yaqqol seziladi. Salohiyatli matnshunos 
kadrlarni tayyorlash bu singari muammolarni hal etishning asosiy 
omilidir. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, matnshunoslik faqat yozuvni 
bilish bilangina bajarilishi mumkin boʻlgan ish emas. Matnshunos

birinchidan

davrning 
falsafiy 
estetik 
prinsiplarini 
yaxshi 
oʻzlashtirgan; 
ikkinchidan, 
milliy taraqqiyot ehtiyojlarini anglagan; 
uchinchidan
, ona tilining tarixi, buguniga tegishli bilimlarni, 
jumladan, yozuvlar tarixini, boshqa tillar ta’siri va matnlardagi 
ishtirokini 
toʻla 
egallagan; 
toʻrtinchidan

adabiyotshunoslik 
qoidalaridan mukammal xabardor mutaxassis boʻlishi kerak. Aks 
holda, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish