Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Tufrog„ bo„lg„il, 
olam seni bosib o„tsin!
‖- deydi.
YAssaviy ─ g‗ariblar, faqirlar shoiri. U mol-dunyoga hirs qo‗ymagan, topilganiga 
qanoat qilgan, yo‗g‗iga sabr etgan, lekin butun fikri-zikri Allohda bo‗lgan mo‗min 
bandani kuylaydi. YAssaviy shunday shaxsni faqir sanaydi. 
YAssaviy talqinidagi yuksak ishq martabasida kofirlik va mo‗minlik yo‗q. 
Oshiqlik shunday bir mazhabki, unda birovga ozor berish qatag‗ondir: ―
Sunnat 
ermish, kofir bo„lsa, berma ozor, Ko„ngli qattiq dilozordan xudo bezor
‖. Bulardan 
ko‗rinyaptiki, «Devoni hikmat» islom g‗oyalari, shariat hukmlari, payg‗ambar 
sunnatlari va yassaviya tariqatiga tegishli qarashlarni keng omma orasiga olib 
kirish maqsadida yaratilgan. 
Ahmad YAssaviy ijodini o‗rganishga bag‗ishlangan mashg‗ulotda ―Devoni 
hikmat‖ga kirgan asarlarning badiiyatiga ham alohida e‘tibor qaratish lozim. Aks 
holda, talabalarda hikmatlar mutasavvif g‗oyalarining qofiyali va vaznga solingan 
ifodasi xolos, degan tasavvur paydo bo‗lib qolishi mumkin. To‗g‗ri, «Devon»ga 
kirgan ayrim she‘rlarda tasvir emas, ta‘lim, aqidalarni o‗rgatish maqsad qilib 
olinganligi sababli, ularning badiiylik darajasi hamisha ham yuqori emas. 
Hikmatlarda poetik san‘atkorlik yaqqol ko‗rinib turgan satrlar juda ham ko‗p emas. 
Hazrat YAssaviy uchun she‘r so‗fiyona qarashlarni ifodalash vositasigina bo‗lgan.
SHunday bo‗lsada, hikmatlarning aksariyatida to‗q, serma‘no va serohang 
qofiyalar, esda uzoq saqlanib qoladigan nozik qochiriqlar, go‗zal o‗xshatishlar, 
ingichka ifodalar bor. Ifodaning soddaligi, tuyg‗ular samimiyati, ohang jo‗shqinligi 
aksariyat hikmatlarga joziba bag‗ishlaydi. Quyidagi satrlarda ayni shu holatni 
ko‗rish mumkin bo‗ladi: 
Ko‗zim namlik, dilim g‗amlik, jon alamlik, 
Nechuk iloj etorimni bilmam, do‗stlar. 
Bu hasratda, nadomatda yoshim oqib, 
Qayu taraf ketorimni bilmam, do‗stlar. 
Muallif dunyoda uyg‗oq vijdon, quvvatli iymon bilan yashashga da‘vat etadi. 
Tasvirlanayotgan benihoya samimiy tuyg‗ular dunyodagi barcha odamlarga 
xayrixohlik istagan pokiza qalbdan chiqqan sezimlardir. Birinchi bandning birinchi 
misrasidagi 
«namlik»-«g‗amlik»-«alamlik», uchinchi satrdagi «hasratda»-
«nadomatda» tarzidagi ichki qofiyalar hikmatga alohida ohangdorlik, musiqiylik 
bag‗ishlagan.
SHe‘rning ikkinchi bandi to‗lig‗icha chin oshiqning bezovta ruhi ifodasi deyish 
mumkin. Unda olamga oshiq ko‗zi bilan sergak va teran nazar tashlagan shoir 
boshqalar payqamaydigan «turlu-turluk alomatlar»ni ko‗ra bilgani aks etadi. 
Qofiya vazifasidagi «alomatlar», «jarohatlar» so‗zlarining misra o‗rtasida kelishi 
va «bo‗ldi paydo» birikmasining takrorlanishi o‗quvchi diqqatni o‗ziga jalb etadi: 
Turluk-turluk alomatlar bo‗ldi paydo, 
YUragimda jarohatlar bo‗ldi paydo, 
Bu dunyoda lahza forig‗ bo‗lmoq qaydo? 
Nechuk iloj etorimni bilmam, do‗stlar. 


SHe‘rning uchinchi bandida «kechalari», «kunduzlari» singari tazod san‘atidan 
foydalanish va «bo‗lsam» so‗zining takror kelishi muallif ruhiyatidagi qat‘iyat va 
shijoatning bo‗rtiq ifodalanishiga olib kelgan: 
Xos qullardek kechalari qoim bo‗lsam, 
Mardonlardek kunduzlari soim
95
bo‗lsam, 
Kechalari orom olmay, rabbim desam, 
Nechuk iloj etorimni bilmam, do‗stlar. 
Hikmatning so‗nggi bandida shoir go‗yo o‗zining ma‘naviy-tasavvufiy dasturini 
bayon qiladi. Undagi ketmon chopib non emagan kishi dehqon sanalmaganidek, 
o‗z jonini Haq xizmatiga bag‗ishlamagan solik ham oshiq hisoblanmasligi tasviri 
o‗quvchida muallif shaxsiga mehr uyg‗otadi:
Qul Xoja Ahmad haq xizmatida jon bermasa, 
Dehqon emas, ketmon chopib, non emasa, 
Ochilmag‗ay, gul g‗unchasi nam bo‗lmasa, 
Nechuk iloj etorimni bilmam, do‗stlar. 
SHe‘rda Alloh yo‗liga kirgan odamning qat‘iyati ham, ayni vaqtda bir banda 
sifatidagi ojizu chorasizligi ham ajib bir samimiyat bilan tasvirlangan. 
Hikmatlarning ko‗pchilik qismi to‗rtlik shaklida bitilgan. To‗rtliklar dastlab xalq 
og‗zaki ijodi namunalarida uchragan. Xalq qo‗shiqlari, termalar, laparlar, 
ko‗pincha, to‗rtlik shaklida yaratilgan. So‗ngra she‘rlarni to‗rtlik shaklida 
bandlashtirish yozma adabiyotga ham o‗tgan. Aksariyat hikmatlar eski turkiy she‘r 
vazni bo‗lmish barmoqda yozilgan. Jumladan, yuqorida tahlil etgan she‘r hijoning 
o‗n ikki (4-4-4)lik vaznida bitilgan. YA‘ni: ko‗-zim-nam-lik (4), di-lim-g‗am-lik 
(4), jon-a-lam-lik (4). Hikmatlarning 14 (7-7), hatto 16 (8-8) hijoli ko‗rinishlari 
ham uchraydi. 
«Devoni hikmat»dan «Munojotnoma» ham joy olgan. Mumtoz she‘rning bir turi 
bo‗lmish munojotning lug‗aviy ma‘nosi «najot» ─ yordam so‗rashdan olingan. 
Odatda, Allohga qilinadigan iltijolarga munojot deyilgan. Lekin bu erda shoir 
hikmatlarining xalq orasiga yoyilishini istab, Allohga murojaat qiladi. U 
hikmatlarning «ma‘niyi Qur‘on», «koni hadis» ekanini, Alloh kalomi va 
payg‗ambar sunnatining sharhiligini ta‘kidlaydi. ―Munojotnoma‖ aruz vaznining 
hazaj bahrida bitilgan: 
Ma-ni-hik-mat-la-rim-far-mo-ni-sub-hon, 
V ─ ─ ─ V ─ ─ ─ V ─ ─ 
Ma-fo-iy-lun ma-fo-iy-lun fa-uv-lun 
O‗-qub-uq-sang-ha-ma-ma‘-ni-yi-Qur‘-on. 
V ─ ─ ─ V ─ ─ ─ V ─ ─ 
Ma-fo-iy-lun ma-fo-iy-lun fa-uv-lun 
Ayrim hikmatlar g‗azal yo‗lida ham yozilgan. Ta‘kidlash kerakki, hikmatlarning 
hammasiga shoir taxallusi qo‗yilgan. Miqdor jihatdan ko‗pchilikni tashkil qilgan 
hijo vaznidagi to‗rtlik shaklida bitilgan hikmatlarda ham taxallus bor. 
95
Соим – йил бўйи рўза тутувчи киши. 


To‗rtlik shaklidagi bandlardan iborat hikmatlardagi bandlar soni har xil: ozi bilan 
besh, ko‗pi bilan yigirma besh banddan iborat. G‗azal hikmatlarning hajmi olti 
baytdan o‗n uch baytgacha. Hikmatlar orasida har bayti misralari o‗zaro masnaviy 
shaklida qofiyalangan hikmatlar ham bor. Ular aruz vaznida bitilgan. Masnaviy 
shaklidagi hikmatlarning vazni «Munojotnoma»nikiga o‗xshaydi. G‗azal 
hikmatlarning vazni turli-tuman.
«Devoni hikmat»dagi ayrim she‘rlarda badiiy jihatdan bir qadar zaifliklar borligini 
mutaxassislar bu she‘rlarning YAssaviy tomonidan emas, uning izdoshlari 
tomonidan keyinchalik yozilgan bo‗lishi ehtimoli bilan izohlaydilar. Ular bu 
da‘volariga dalil sifatida, shu paytgacha «Devon»ning XVII asrdan oldin 
ko‗chirilgan qo‗lyozma nusxasi topilmaganligini keltiradilar. To‗g‗ri, uning eski 
nusxalari qo‗limizda yo‗q. Lekin qo‗lyozmalari yo‗qolib, mazmuni xalq qalbida 
saqlanib qolgan buyuk asarlar jahon adabiyotida ko‗plab topiladi. SHota Rustaveli 
va SHekspir asarlarining ham qo‗lyozmalari saqlanmagani ularning buyukligiga 
soya solgan emas.
Qolaversa, Navoiyki hazrati YAssaviyga shu qadar yuksak baho berib, shogirdi 
Sulaymon Boqirg‗oniyning hikmatlarini tilga olgan ekan, YAssaviyning ham 
yuksak badiiyatga ega hikmatlar aytgani, shubhasiz. Ayni paytda, bu she‘rlarning 
ma‘lum bir qismini Ahmad YAssaviyning muridlari, izdoshlari uning nomidan 
to‗qigan bo‗lishi mumkinligini ham butunlay inkor qilib bo‗lmaydi. Negaki, XVII-
XIX asrlarda tuzilgan va Kunchiqish yurtlarining turli joylarida «Devoni hikmat» 
nomi bilan tarqalgan bu to‗plamlar bir-birlaridan ko‗lami, mazmuni va saviyasiga 
ko‗ra jiddiy farqlanadilar. CHunonchi, «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad», 
«Miskin Ahmad» kabi taxalluslar bilan berilgan hikmatlar qatorida Azimxo‗ja, 
Faqiriy, G‗aribiy, Xolis, Hoji Solih, Iqoniy, Qul SHarifiy, Sayfiddin, Zaliliy kabi 
ko‗plab boshqa ijodkorlarning asarlari ham uchraydi. Hikmatlarning umumiy soni 
hozircha 250 atrofida. Hikmatlar adadi bundan ancha ko‗p bo‗lishi ham mumkin. 
Hozirgacha ham YAssaviy qalamiga mansub hikmatlar topilmoqda. SHoir 
hikmatlarining birida YAssaviyning 4400 hikmat aytganiga ishora qilinadi: 
Qul Xoja Ahmad har bir so‗zing dardga darmon, 
Toliblarga bayon qilsam, qolmas armon. 
To‗rt ming to‗rt yuz hikmat aydim, haqdan farmon, 
Farmon bo‗lsa, to o‗lguncha so‗zlasam man. 
Hikmatlarning tili XII asrdagi boshqa asarlarning tilidan keskin farq qiladi. 
Ehtimol, hikmatlar tili asrlar osha o‗zgarib, yangilanib, har bir xattot tomonidan 
davrga moslashtirib borilgan. Bu ishni YAssaviyning izdosh va muxlislari 
qilishgan.
«Devoni hikmat» birgina Turkiston xalqlari emas, butun turk olami 
ma‘naviyatining bugungi kungacha eskirmay kelayotgan muhim hodisasi sanaladi. 
U shimolda tatar-boshqird, g‗arbda usmonli, sharqda uyg‗ur adabiyotlariga juda 
katta ta‘sir ko‗rsatdi. YUnus Emroning «ilohiylar» deb atalgan she‘rlarining 
maydonga kelishida Ahmad YAssaviy hikmatlarining hal qiluvchi o‗rni borligi 
yaqqol seziladi. SHamsiddin Zakiy, Abdurahim O‗tiz Emaniy, Qayum Nosiriy, 
Rizo Faxriddin kabi tatar-boshqird ijodkorlari ―Devoni hikmat‖ ta‘sirini e‘tirof 
etadilar. 


Hazrat Ahmad YAssaviy asos solgan an‘analar, ayniqsa, o‗zbek adabiyotida 
chuqur iz qoldirgan. Bu an‘analar milliy adabiyotimizning quyidagi yo‗nalishlarda 
ko‗zga tashlanishi talabalarga bildirilishi maqsadga muvofiq: 
1. Turkiy so‗fizm asoschisi ilgari surgan qarashlarni qabul qilish, jahriya 
qoidalariga amal qilish, ularning targ‗ibiga bag‗ishlab hikmatlar yozish. Tariqat va 
she‘riyatda uning izidan borib ijod qilgan o‗nlab turkistonlik shoirlar bor. Bulardan 
eng mashhurlari: xorazmlik Hakim ota ─ Sulaymon Boqirg‗oniy va 
SHayboniyxonning inisi Muhammad Sultonning o‗g‗li, Buxoroning xoni 
Ubaydullaxon «Qul Ubaydiy» taxallusi bilan YAssaviy hikmatlari yo‗lida ko‗plab 
she‘rlar yozgan. 
2. Bir qator turkiy shoirlar o‗z asarlarida YAssaviy shaxsiga tez-tez murojaat 
qiladilar, she‘r bag‗ishlaydilar, asarlarida unga murojaat qiladilar, hikmatlaridan 
iqtibos oladilar, shayxul mashoyixning ayrim tashbihu tamsillarini sharhlashga 
urinadilar. Bu holni birgina XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yashab 
ijod qilgan YUsuf Saryomiy misolida ko‗rish mumkin. U hazrat Ahmad YAssaviy 
to‗g‗risida shunday yozadi: 
Ey, koshifi haqoyiq asrori sodiqin,
Vey, voqifi daqoyiq, mushkbo‗yi xoriqin. 
Rushd tariqi, hodiyi irshod tolibin, 
Ey, qulzumi hidoyat, burhoni oshiqin, 
Keldim g‗ubori dargahinga surgali jabin, 
Ey, maxzani karomatu sulton il-orifin. 
3. YAssaviyning so‗fiyona tamsil va ifodalari keyingi ijodkorlarda yangi jilo va 
ohangda namoyon bo‗ldi. YAssaviy turkiy adabiyotdagi ilk mutasavvif 
bo‗lganligidan, uning she‘riyati san‘at jihatidan hamisha ham yuksak emas edi. 
Hikmatlardagi obrazlar ba‘zan bir qadar soddavash, ifodalar goho notekis, 
ohanglarda doim ham ravon bo‗lmagan bo‗lsa, shoirning keyingi izdoshlari tasvir 
mahoratini yuksaltirishga urindilar. 
Ijtimoiy talotumlar davri bo‗lmish XX asrning boshlarida zamon shoirlari 
YAssaviy hikmatlarining shakliy xususiyatlaridan foydalanishga katta e‘tibor 
qildilar. Bugun esa hikmatlar egamanlik davrining talab va ehtiyojlari, millat va 
vatan manfaati nuqtai nazaridan qayta kashf etilmoqda. Qisqa muddatda, «Devoni 
hikmat» bir necha bor bosilib chiqdi. YAssaviyga bag‗ishlangan o‗nlab she‘rlar 
maydonga keldi. Taniqli yozuvchi Sa‘dulla Siyoev u haqda ikki kitobdan iborat 
roman yozdi. 
Savol va topshiriqlar 
1. YAssaviyning hayot yo‗li, mutasavvif shayx va shoir sifatidagi tariqati haqida 
to‗xtaling. 
2. Allohni tanimoqchi bo‗lgan solikning pirga muhtojligi sababini izohlang. 
3. «Devoni hikmat»ga kiritilgan she‘rlar, bu she‘rlarning mazmun-mundarijasi 
haqida to‗xtaling. 
4. «Devoni hikmat»dagi she‘rlarning badiiy xususiyatlari, ta‘sirchanligi sabablari 
haqida mulohaza yuriting.
5. «Devoni hikmat»dagi «ishq, oshiq» obrazlarini sharhlang. 


6. «

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish