Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

birinchidan
, o‗zbek 
adabiyotiga yangi janr – noma janri kirib keldi; ikkinchidan, musulmon 
madaniyatini va islom dinini yoyish uchun o‗zbek tilida birinchi marta 
payg‗ambarlar tarixiga oid asarlar yaratildi. Nosiruddin Burxoniddin 
Rabg‗uziyning ―Qisasi Rabg‗uziy‖ (710\1310 yil), Mahmud ibn Ali as-Saroyining 
―Nahjul - farodis‖ (―Jannatlarga ochiq yo‗l‖, 761/1361 yil) asarlari buning yorqin 
namunasidir. ―Qisasi Rabg‗uziy‖ singari ―Qisas ul-anbiyo‖larning o‗zbek tilidagi 
ko‗plab nusxalari bugungi kunda Turkiya muzeylarida, kutubxonalarida 
saqlanmoqda. Bu asarlarning ko‗p qismi Oltin O‗rda davlati hukm surgan davrda 
yaratilgan. Mazkur ―Qisas ul-anbiyo‖larning aksariyati forschadan qilingan 
tarjimalardir. Turk olimi Ismat Jamilo‗g‗li ―XIV asrga oid bir ―Qisas ul-anbiyo‖ 
nusxasi ustida sintaktik tadqiqot‖ (Anqara, 1994) nomli asarida ana shu 
kitoblarning qo‗lyozma nusxalari to‗g‗risida qimmatli ma‘lumotlarni bergan. 
Ikkinchidan
, Oltin O‗rda davlatidagi madaniy-adabiy hayotning takomili natijasida 
o‗zbek adabiyotiga yangi janr
— noma janri kirib keldi.
Xorazmiyning birinchi marta o‗zbek tilida yaratilgan ―Muhabbatnoma‖ (1353) 
asari buning dalilidir. 
Uchinchidan
, Oltin O‗rdadagi adabiy muhitning e‘tiborga 
99
Греков Б.Д., Якубовский А.Ю. Ю
қ
оридаги асар, 139-140-бетлар.


molik jihatlaridan yana biri tarjimachilikka alohida e‘tibor berilganidir. Turli 
tillardan o‗zbek tiliga nodir asarlarning tarjima qilinishi bevosita va bilvosita 
CHingizxon hamda uning farzandlari olib borgan siyosat, erli aholiga bo‗lgan 
ehtirom samarasidir. CHingiziy hukmdorlar farmonlarini turkiy tilda e‘lon 
qilganlari, eski uyg‗ur-turkyozuvi asosida mo‗g‗ul yozuvini yaratib, mo‗g‗ul 
davlatida yangicha madaniy taraqqiyotga asos solganlari buning yana bir dalilidir.
CHingizxon 
avlodlarining 
muruvvatpeshaligi 
va 
erli 
aholiga 
xayrixoh 
munosabatlarini Oltin O‗rda xonlari davom ettirdilar. Oltin O‗rdada o‗zbek tilida 
yaratilgan har bir asarning yuzaga kelishida biron hukmdorning ta‘siri bor. 
Qutbning ―Husrav va SHirin‖i tarjimasi shahzoda Tinibekka bag‗ishlangan. 
―Muhabbatnoma‖ aynan o‗zbek tilida Muhammad Xo‗jabekning homiyligi va 
taklifi bilan, ―Qisasi Rabg‗uziy‖ Xorazm beklaridan To‗qbug‗abekning iltimosi 
bilan yozilgan va h. Bulardan tashqari, til jihatdan ―Qisasi Rabg‗uziy‖ga yaqin 
bo‗lgan ―Tafsir‖ va ―Siroj ul-qulub‖ asarlari ham Oltin O‗rdada yaratildi.
Albatta, Oltin O‗rda abadiy davlat bo‗lib qola olmadi. SHahzodalar o‗rtasidagi 
mulkparastlik hukmronlikka intilish Oltin O‗rdani ichdan emira boshladi. Oltin 
O‗rda, Tovka Temur va SHaybon sulolalari o‗rtasidagi ixtiloflar XIV asrning 60-
yillarida kuchaydi. Aslida tanazzul alomatlari Oltin O‗rda ikkiga – Ko‗k O‗rda va 
Oq O‗rdaga bo‗linib ketgan paytda boshlangan edi. Ayniqsa Jonibek davrida 
(1340-1357) tanazzul tezlashdi.
Oltin O‗rda davlatining tanazzuliga yana bir sabab – Oltin O‗rdadagi iqtisodiy 
buhronlar, 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlar 
izdan 
chiqib 
borayotgani, 
hunmarmandlarning va boshqa tabaqa aholining katta qismi qashshoqlashuvi, faqat 
mahalliy bozorlar bilan chegaralanib qolingani edi. SHubhasiz, iqtisodiy va siyosiy 
zaiflashuv Oltin O‗rdaning adabiy hayotiga ham ta‘sir ko‗rsatdi. Oltin O‗rda 
adabiy hayoti iqtisodiy va siyosiy buhronlarga aralashib, tanazzulga yuz tutmasligi 
uchun vaziyatni ham, makonni ham o‗zgartirishiga to‗g‗ri keldi. Adabiy hayot 
tamomila o‗zga yurtga – Misrga ko‗chdi. Bu adabiyot ravnaqi uchun Misrda barpo 
etilgan turkiy qavmlar davlati asos bo‗ldi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish