Nasimxon rahmonov


Nosiruddin Burhonuddin Rabg„uziy va uning “Qisasi Rabg„uziy” asari



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Nosiruddin Burhonuddin Rabg„uziy va uning “Qisasi Rabg„uziy” asari 
 
 
 
 
 
 
 
Reja: 
1.
 
“Qisasi Rabg„uziy”ning yaratilishi. 
2.
 
Rabg„uziy – manbashunos va tanqidchi. 
3.
 
Asarda qissa janri. 
4.
 
Hikoyat janri. 
5.
 
Rivoyat janri. 
6.
 
SHe‟riy janrlar. 
7.
 
Latifa janri. 
8.
 
Hikmat janri. 
104
Нажип А.Н. Ю
қ
оридаги асар, 80
-бет. 


9.
 
Boshqa kichik (xabar, foyda, munojot) janrlari. 
 
Kalit so„z va terminlar: 
qasida, savol, javob, qissa, rivoyat, xabar, hikmat, 
ahsan ul-qasas, adabiyotshunos, tanqidchi, hadis, musulmon va yahudiy 
manbalari, tafsir, hikoyat, g„azal, latifa, to„rtlik, mutasavvif.
 
 
Asarning yaratilishi, maqsadi va tuzilishi
. YUqorida aytilganiday, islomni 
turkiy qavmlar orasiga keng yoyish, payg‗ambarlar hayoti bilan ommani 
tanishtirish va bu payg‗ambarlar tarixiga oid asarlar yaratish uchun Berkaxon
hukmronligi davridan boshlab Oltin O‗rda hukmdorlari astoydil harakat qildilar. 
―Qisasi Rabg‗uziy‖ shunday asarlardan biridir.
Rabg‗uziyning hayoti, ijodi to‗g‗risida biron tarixiy yoki adabiy manbada 
ma‘lumot saqlanib qolmagan. Bu ijodkor haqidagi qisqa ma‘lumotni ―Qisasi 
Rabg‗uziy‖dan topish mumkin.
Asar inson zotini Olloh Taolo yaratgani, avvalo xotinni emas, erkak zotini 
yaratgani, insonni yovuz yo‗ldan qaytargani va pok yo‗lga solgani haqidagi hamdu 
sano bilan boshlaydi. SHundan so‗ng Muhammad Mustafo s.a.v.ga bag‗ishlangan 
bir g‗azalni keltiradi. CHamasi, Rabg‗uziy bu g‗azalni o‗zi yozgan. (10-bet. 
G‗azalni keltirish kerakmikan yoki ishora etarlimi?) 
SHundan keyin Burhoniddin o‗zining kimligi va ―Qisasi Rabg‗uziy‖ning yozilish 
sababini quyidagicha bayon qiladi: ―...bu kitobni tuzgan, to‘at yo‗linda tizgan, 
ma‘siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‗, ko‗p yozuqlug‗ Rabot o‗g‗uzining qozisi 
Burhon o‗g‗li Nosuriddin urug‗i... andog‗ aytur...beklar urug‗i, yigitlar arig‗i, ulug‗ 
otlig‗, qutlug‗ zotlig‗, ezgu qilqlig‗, islom yorig‗lig‗, mo‗g‗ul sanilig‗, musulmon 
dinlig‗, odamiylar inonchi, mo‗‗minlar quvonchi, himmati adiz, aqli tegiz begimiz 
Nosiruddin To‗qbug‗a sabbatallohu alo dinil-islom va salomuhu‖.
105
Bu ta‘rifdan 
so‗ng To‗qbug‗abekka bag‗ishlangan o‗ttiz uch misradan (bayt?) iborat qasida 
keltiriladi. Qasidaning talablari va qonun-qoidalariga ko‗ra, To‗qbug‗abekning 
shaxsiy fazilatlari madh etiladi: u islomga e‘tiqod qo‗ygan, muttasil Qur‘on 
o‗qiydi, himmati osmondan ham yuksak, islomga chin dildan e‘tiqod qo‗ygan, 
xulq-atvori yaxshi, ko‗proq do‗st orttirishga harakat qiladi, ko‗rinishi arslon 
sifatliq, yoshi kichik bo‗lsa ham ulug‗sifat, zoti toza va h.
Rabg‗uziy asarning yaratilgan yili (hijriy 150) va To‗qbug‗aning unga qilgan 
iltimosi to‗g‗risida bayon qiladi. Rabg‗uziy keltirgan ma‘lumotlardan shu narsa 
anglashiladiki, To‗qbug‗a payg‗mbarlar tarixiga bag‗ishlangan qissalardan yaxshi 
xabardor. SHuning uchun To‗qbug‗abek Rabg‗uziyga payg‗ambarlar to‗g‗risida 
asar yaratishga iltimos qilishdan oldin bu xildagi qissalarning mazmuni va shakli 
to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Payg‗ambarlar to‗g‗risidagi ba‘zi asarlar to‗g‗ri, 
ba‘zilari noto‗g‗ri, ayrimlari nuqsonli, ba‘zilarida kamchiligi borligini uqtiradi. 
Asarga ―Qisasi ar-Rabg‗uziy‖ deb nom qo‗yganini muallifning o‗zi qayd etadi. 
Rabg‗uziy asarni yozishda Qur‘ondan, Abu Ishoq Nishopuriyning forscha ―Qisas 
ul-anbiyo‖sidan, Vahb ibn Munabbihning arab tilidagi ―Ka‘b ul-axbor‖ (mil.728) 
asaridan foydalangan. SHuningdek, SHarqda yaratilgan va mashhur bo‗lgan ―Qisas 
105
Носируддин Бур
ҳ
онуддин Раб
ғ
узий. 
Қ
исаси Раб
ғ
узий. 1 жилд. Тошкент. “Ёзувчи” нашриёти. 1990, 10
-бет. 
(Бундан кейинги мисоллар шу нашрдан олиниб, фақат асар номи ва саҳифаси кўрсатилади.)


ul-anbiyo‖ faqat shulardan iborat emas. Saxi bin Abdulloh at-Tustariy (mil. 896), 
Muhammad bin Abdulmalik al-Musabbihiy al-Xoroniy (mil.1029) ham arab tilida 
―Qisas ul-anbiyo‖ yozganlar. 
Rabg‗uziyning ―Qisai Rabg‗uziy‖ asari boshqa ―Qisas ul-anbiyo‖lardan faqat 
tuzilishi va til jihatidangina emas, balki muallifning biron dalilni tasdiqlash yoki 
rad qilish uchun sinchkov olim sifatida munosabat bildirgani bilan ham farq qiladi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish