Qayu beg suq ersa chig‗ay ul chig‗ay
Qayu qul kozi toq beg ul kongli bay.
YA‘ni:
Suq kishi tama‘gir bo‗ladi, ta‘ma esa yovuzdir,
Tama‘gir kishining oti gadoydir....
Qaysi bek suq bo‗lsa, u qashshoqdir, qashshoq,
Qaysi qul ko‗zi to‗q bo‗lsa, u bek, ko‗ngli boydir .(2574, 2581)
YUsuf elchilikka munosib odamlar tanlashda ularning intellektual qobiliyatiga
alohida e‘tibor qaratadi. Elchining intellektual qobiliyati mamlakatning qiyoifasini
boshqa bir mamlakatda namoyish qiladigan mulkdir.
YUsufning turli fanlarning
mukammal egasi bo‗lgani ana shu o‗rinda namoyoin bo‗ladi. Elchi
Tetiglig bilan bilsa turlug bitig
Bitig bilsa otru bolur er tetig
Bitisa o‗qisa eshitsa sozug
Anin otru bilga qilur oz ozug
Qamug‗ turlug ardam bu bilsa tugal
Bu ardam bila er mengiz al
Kitablar oqir ham bilir ersa soz
Uqar ersa she‘r ham qoshar ersa oz
Nujum bilsa tibb ham yora bilsa tush
Anin yormishi teg sozi kelsa tush
Bilir esar saqish yema handasa
‗adad jadri qilsa masahat basa
Yana nardu shatranj bilir ersa kad
Hariflari andin olir ersa kad
CHoganga kad ersa atar ersa o‗q
Yema qushchi avchi ajunda ozuq
Qamug‗ til bilir ersa achsa tilig
Qamug‗ xatni bilsa bitisa alig
YA‘ni:
Tetiklik bilan turli yozuvlarni (kitoblarni) bilsa, o‗rgansa,
YOzuv (kitob) o‗rgansa, so‗ng kishi tetik bo‗ladi.
YOzsa, o‗qisa, so‗zlarni eshitsa,
SHular tufayli k o‗zini o‗zi dono qiladi.
Turli xil san‘at, hunarlarni tugal bilsa,
SHu san‘at hunarlar bilan kishi yuzini yorug‗ qilsa.
Kitoblar o‗qisa hamda so‗zlarni biladigan bo‗lsa,
SHe‘rlarni uqadigan bo‗lsa ham o‗zi yozadigan bo‗lsa.
Nujum va tibni bilsa hamda tush ta‘bir qila bilsa,
U ta‘bir qilganidek so‗zlari to‗g‗ri kelsa.
Saqish hamda handasani bilsa,
Sondan ildiz chiqarsa, yana chegaralarni aniqlashni bilsa.
YAna nard va shatranjni yaxshi biladigan bo‗lsa,
Raqiblari undan juda bukilsa (mot qolsa).
CHavgonga mohir bo‗lsa, o‗q otadigan mergan bo‗lsa,
YAna dunyoda ilg‗or lochindor, ovchi bo‗lsa.
Barcha tillarni bilsa, tilini so‗zga ochadigan bo‗lsa,
Turli xatlarni bilsa, qo‗li bilan yozsa (ya‘ni qo‗li xatga ravon
yursa).
(2589-2597 )
Bir odam – elchi uchun shuncha bilimu hunarlar nima uchun kerak? YUsuf garchi
elchi bo‗lib boradigan odamning san‘at, hunarlarni bilishi bekning nomini
ulug‗lashini ta‘kidlaydi. Lekin faqat shugina emas. Elchi o‗z mamlakatining
boshqa
bir mamlakatdagi qiyofasi, xalqning, el-yurtning kimligini ko‗rsatadigan
vosita. Elchiga qarab o‗zga mamlakat odamlari shu mamlakat xalqining
ma‘naviyati, axloqi,
zakovati, xullas, butun borlig‗ini anglaydi, elchiga qarab
xulosa chiqaradi. YUsuf elchilikka munosib odamga talablar qo‗yganda,
o‗tmishdan saboq oldi, umumlashtirdi. Zotan, bu jiddiy lavozim bekninggina emas,
balki mamlakat va davlatning taqdiriga hal qiluvchi ijobiy yoki salbiy ta‘sir
ko‗rsatishi mumkin. (Siyosatnoma‖da qanday?)
Kotib
. Bek sirini qo‗l ostidagi ikki odamga – kotibga va vazirga ochadi. Bek
ichki
sirlarini kotibga aytganda, kotib sirlarni saqlay bilishi lozim. U bekning
ishonchi. Agar kotib so‗zni qattiq sir tutmasa, og‗zi o‗ra kabidir, og‗zidan chiqqan
so‗z urug‗ donachalariday har yoqqa sochiladi, uni terib bo‗lmaydi.
Bek kotib
tanlashda quyidagi sifatlariga e‘tibor berishi lozimligini YUsuf uqtiradi:
Bitigchi biliglig uqushlug‗ kerak
Xati uz balag‗at taqi edgurak
Bitigda xat uz bolsa achlur kongul
Oqig‗u kelir baqsa avnur ko‗ngul
Balag‗at bila xat tengashsa qali
Edi edgu til bu bitig soz tili
YA‘ni:
Kotib bilimli, zakovatli bo‗lishi kerak,
Xati chiroyli, so‗zga usta, ezgu fol bo‗lishi kerak.
Maktubda xat chiroyli bo‗lsa, ko‗ngil ochiladi,
Boqsa o‗qigisi keladi, ko‗ngil quvonadi.
Agar fasohat bilan xush xat tenglashsa,
Bu yozma nutq tili juda ezgu til bo‗ladi. (2653-2655)
Ammo kotib tamagir bo‗lsa-chi? Bunday kotib, deydi YUsuf, - tilni buzadi, chunki
u tama niyatida yozadi, oqibatda yozuvni buzadi. Kotib uchun yana bir fazilat –
ichkilik ichmasligi, xulq-atvori chiroyli bo‗lishi lozim.
Agar kotib ichkilik ichsa,
bilimdan yanglishadi va yozuvda xato qiladi. Buning oqibati – kotib yo o‗z boshini
yoki xo‗jayinining boshini eydi.
Do'stlaringiz bilan baham: