Muhammad Yusufning hayoti va ijodi mavzusida DarsIshlanmas i Mavzu: Muhammad Yusufning hayoti va ijodi Maqsad: Ta’limiy maqsad



Download 19,53 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi19,53 Kb.
#16155
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
8 sinf adabiyot fanidan

Til va adabiyot fani o`qituvchisi

Vafoyeva Fotimaning
Muhammad Yusufning hayoti va ijodi mavzusida

D a r s I s h l a n m a s i


Mavzu:Muhammad Yusufning hayoti va ijodi
Maqsad:

1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida DTS talablari asosida ma’lumot berish
2. Tarbiyaviy maqsad: She’rlar tahlili asosida o‘quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil, ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, fikr mahsuli bo’lmish og’zaki nutqni shakllantirish.
Jihoz:Darslik, plakat, kartochkalar, rag‘batlantiruvchi qog‘ozlar, markerlar.
Darsning uslubi: “Ikki qismli kundalik”

Darsning turi: Bahs – munozara.

Darsning borishi :
Reja:

1.Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida

2. Raqamlar tilga kirganda

3. “Ikki qismli kundalik “ usuli asosida she’rlari tahlili.

4. Rag’batlantirish.
O’qituvchi:

Hechun qulliq qilmay Andijonga men-

Shu yurtda tug’ildim, Shu yurtda o’sdim.

Agar do’stim bo’lsa,bitta u do’stim-

Hechun qulliq qilmay Andijonga men-

O’quvchilar, sezdingizmi, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qayerda tug’ilgan ekan?

-Andijonda.

(O’qituvchi boshqa ma’lumotlarni aytib o’tadi)

“Raqamlar tilga kirganda:” mavzusidagi plokat doskaga ilinadi va o’qituvchi o’quvchilarga quyidagilarni izohlab beradi:

1954-y.26-aprel.Andijonda tug’ildi.

1978-yida Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini tamomladi

1976-y.Dastlabki she’ri chop etigan

1978-80-yillarda”Kitobsevarlar” jamiyatida

1980-86-y.”Toshkent oqshomi”gazetasida,

1986-92-yillarda G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qildi.

1992-95-y”O’zbekiston ovozi” gazetasida,Milliy axborot Agentligida

1997-yildan O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari bo’lib ishladi.
Ijod yo’li:

1985-yilda Birinchi she’riy to’plami

1987-y.”Bulbulga bir gapim bor“,

1988 ”Iltijo”

1989 “ Uyqudagi qiz ”, “Halima enam allalari

1990-y. “Ishq kemasi ”, “Ko’nglimda bir yor ”

1991-y “Bevafo ko’p ekan dunyoda”

1992-y “Yolg’onchi yor”, “Erka kiyik ”, “Osmonimga olib ketaman”

kabi she’riy to’plamlari ,“Osmonning oxiri”,“ Qora quyosh” kabi dostonlari chop qilindi.

1998-yil “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi

2001-yil 31-iyulda 47 yoshida vafot etdi.

O’qituvchining kichik ma’ruzasidan keyin o’quvchilarga tarqatmalarda savol va topshiriqlar beriladi. Bu “ Ikki qismli kundalik” asosida olib boriladi.Berilgan muallif fikriga(kundalikning birinchi qismi ) o’quvchi sharhi yoziladi(kundalikning ikkinchi qismi)

1-tarqatma

Muhammad Yusufning e’tiborga loyiq jihatlarini ayting.

Shavkat Rahmon,Usmun Azim,Xurshid Davron singari ko’plab iste’dodlar o’rtasida o’ziga xos ijodiy musobaqa avjiga chiqqan edi.Bu ijod davrasiga dadil kirib borish, o’ziga mos o’rinni egallash oson emas edi. Bu ishning uddasidan chiqa olgan, adabiy jamoatchilik nazarini o’z tomoniga qarata olgan shoirlardan biri Muhammad Yusuf bo’ldi.

Muallif nima demoqchi? O’z fikringiz bilan tushuntiring.

2-tarqatma

Shoir shunday ko’pki, ularga yer tor,

Hammasi mashhur va hammasi nomdor,

Ulug’vor,ularga yetmoq ko’p dushvor.

Ammo ular oyga bosib yuzini

Turganda osmonim bag’riga ilk bor

Biz olib borgaymiz tuproq isini,

Gulday dimog’iga tutamiz,qizim,

Biz hali hammadan o’tamiz qizim !

“Madina” she’ridan olingan parchada shoir qanday maqsadlarni,orzularni oylaydi ?Siznind fikringiz qanday?

3-tarqatma

O’tar qancha yillar to’zoni,

Yulduzlar-ko’z yoshi samoni,

Mehr qolur,muhabbat qjlur


Misralarda qanday badiiy san’atlar bor.

Ifoda etilgan mazmunni izohlang.O’z fikringizni sharhlang.

4-tarqatma

Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,

Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor,

O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,

Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.
Misralarni sharhlang,o’z fikringizni ayting.
5-tarqatma

Shoir ijodida “jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor ” misrasi qatnashgan she’rni topib,shu bandni o’qib, shoir nima demoqchiligini ayting.O’z fikringizni izohlang.

Berilgan vaqt ichida o’quvchilar tayyorgarlik ko’radilar.Keyin tarqatma materiallari taqdimoti o’tkaziladi.

Taqdimot.

O’quvchilar tarqatmadagi topshiriqlarni tartib bilan aytadilar.(O’qituvchi rag’batlantirib boradi )
O’qituvchi xulosasi.

Ol deya bir Egam, osmonda uchsa ruhlarim,

Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim,

Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari –anduhlarim,

Dui o’pib,gul yopinib har dilda mozorim qolur,

Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur…

Ha,o’quvchilar,Muhammad Yusuf – hassos shoir edi. O’zi aytganidek har bir yurakda, qalbda uning she’rlari, navolari qoldi.

Uning she’rlari qo’shiq qilib aytiladi. Hozir birgalikda kuylasak:

Xor bo’lib bir qo’shig’i aytiladi.

Uyga vazifa Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida o’qib kelish.

“Surat”, “Biz baxtli bo’lamiz” she’rlaridan o’zingizga yoqqanini yod oling.

Baholar e’lon qilinadi va dars yakunlanadi.

Muallif fikri (she’r yoki nasriy parcha ) kartochkalarda oldindan yozilgan bo’lib, har bir guruhga beriladi.”Ikki qismlik kundalik” usulida quyidagicha tartibda ish olib boriladi.Fikr -qismida kartochkadagi so’zlar yoziladi,Sharh- qismida guruh ishtirokchilari hamkorlikda berilgan matn sharhini ya’ni tushunchalarini izohlab yozadilar.(O’qituvchi o’quvchilar bilan hamijodkor bo’lib, barcha guruhga yordam beradi, maslahatlar beradi, lekin o’qituvchining fikri hukmron bolmaydi, u faqat yo’nalish beradi.)

Namuna:


Fikr

Sharh

Yurtim, ado bo’lmas armonlaring bor, toshlarni yig’latgan dostonlaring bor, o’tmishingni o’ylab og’riydi jonim, ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.



Bu misralarda shoirning yurtga bo’lgan mehri ko’rinib turibdi.U ona vatan haqida falsafiy o’y surmaydi, balki ko’nglidagilarni samimiy bayon etadi.O’z yurtiga qarata yurtining hali qancha armonlari bor ekanligini, o’zbek

xalqining o’tmishi shu qadar ayanchli o’tganki,mustsqillikka yetguncha,qanchadan-qancha begunoh kishilar xalq dushmani sifatida qatl qilingan.Usmon Nosir, Cho’lponlar

Juda yosh bu foniy dunyoni tark etishgan.Vatanimizning bunday o’tmishi

vatanparvar kishining yuragini og’ritadi,albatta.



Download 19,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish