Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Xazinachi
. YUsuf xazinachiga talab qo‗yganda, birinchi navbatda, uning 
ma‘naviy-ruhiy tomoniga e‘tibor qaratadi. Xazinachi – ko‗zi to‗q, halol va 
haromning farqiga boradigan bo‗lsa, Xudodan qo‗rqsa, ko‗p mol-dunyo ko‗rib 
ko‗zi to‗ygan bo‗lsa, shunday odamning xazinachi lavozimiga tayinlasa bo‗ladi.
Xazinachining hushyorligi – ishning baroridan kelganidir.
YUsuf asarda yana boshqa tabaqalar – osh boshchi (bosh oshpaz), sharobdorlar 
boshlig‗i kabi mansablarga munosib nomzodlar tanlash haqida ham bir qator 
o‗gitlar beradi.
―Qutadg‗u bilig‖da qanoat timsoli bo‗lgan O‗zg‗urmish obrazi asar voqealarida 
muhim rol o‗ynaydi. YUqorida davlat tizimida asosiy tayanch bo‗lgan turli 
tabaqalar – bek, vazir, lashkarboshi, xazinachi kabi bir qator obrazlar orqali YUsuf 
axloqiy-ta‘limiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarni ilgari surgan edi. YUsuf falsafiy 
qarashlarini va masalalarni esa asardagi O‗g‗zurmish timsoli orqali etkazadi. 
Kuntug‗di eligning O‗zg‗urmishga uch marta maktub yozgani va O‗zg‗urmishning 
javoblari, O‗gdulmish bilan O‗zg‗urmish o‗rtasidagi suhbat va munozarasida bu 
dunyoning afzalliklari va ayblari, taxt, boylik, odamiylik, axloqiy-ta‘limiy, ayniqsa 
falsafiy masalalar ilgari suriladi. Jamiyatning turli tabaqalariga bo‗lgan munosabat, 
o‗sha tabaqalarning jamiyatda tutgan o‗rni kabi moddiy, maishiy va ma‘naviy 
masalalar, jumladan, beklarga xizmat qilmoq, saroydagi sipohlar bilan suhbat, qora 
avom bilan aralashib yurish zarurligi, alaviylar, olimlar, tabiblar, azayimxonlar, 
tush ta‘bir qiluvchilar, yulduzchilar, shoirlar, dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, 
hunarmandlar singari toifalar bilan munosabat o‗rnatish; uylanish, bola tarbiyasi, 
xizmatkorlarga ezgu munosabat, mehmonga borish va mehmon kutish qoidalari 
to‗g‗risida o‗git beradi. Bu suhbatlarda falsafiy masalalar bilan axloqiy-ta‘limiy, 
ijtimoiy-siyosiy masalalar uyg‗unlashtiriladi. 


O‗zg‗urmish – zohid, bu dunyodan yuz o‗girgan. U ―ko‗ngil sevgan‖ a‘moli 
bilan yashaydi. U O‗gdulmishga, dunyo senga o‗zini sevdirib qo‗yibdi, hamma 
ayblari senga fazilat bo‗lib ko‗rinibdi, deya ta‘na qilib, dunyoning va bu dunyoda 
boylikka mukkasidan ketgan odamlarning quyidagi ayblarini birma-bir ko‗rsatadi: 
-dunyo quti Xudodan uzoqlashtiradi, qut - din ofatidir;
-bu bevafo olam - o‗tkinchi, boylik kibr-havo ortishiga olib keladi, bu dunyo nima 
bergan bo‗lsa, tezda yana qaytib oladi; 
- dunyo– ko‗lanka, izidan borsang, qochadi, sen qochsang, izingdan boradi; 
-bu dunyoning qiliqlari –jafo, qilmishlari – bevafolik, begi bilan uch oy ham 
turmaydi; 
-bu dunyoning quyidagi uchta narsadan boshqa narsasi yo‗q: biri – halol, ikkinchisi 
– shubha, uchinchisi – haromdir; 
-bu dunyoda odam – g‗ofildir; 
-xotin, o‗g‗il-qiz tashvishini tortmoq mashaqqat bo‗ladi, kishi kuchini uzadi; 
-bu dunyoning yovi uch narsadir: halovat bilmaslik, nafsga qul bo‗lish, diyonatga 
xiyonat qilish; 
-bu dunyoning narsasi sho‗r suvga o‗xshaydi, odam qancha ichsa ham qonmaydi, 
tili namlanmaydi; 
-dunyo ishi sarobdir, kishi tutayin deb qo‗l uzatsa, yo‗qotadi. 
O‗zg‗urmish O‗gdulmishga bergan bu o‗gitlarini tarixda o‗tgan avliyolar, 
zohidlarning ishlari bilan isbot etadi: ―Avliyolar bu dunyoning narsa va molini 
badal qiladilar, Zohidlar boqib, bu dunyo asosini tark etadilar‖ (3514). Dunyoni, 
ya‘ni mol-dunyoni rad qilish bilan YUsuf qashshoq yashash afzal demoqchi emas, 
balki dunyoga berilish, mukkasidan ketish insonni ilohiy ma‘rifatdan 
uzoqlashtiradi, ko‗ngilni bo‗ladi. Uning aytmoqchi bo‗lgani shudir. 
Bular - oddiy hayotiy detallar, hamma davrlarda insoniyatni haq yo‗ldan 
chalg‗itgan, faqat o‗zidan boshqani o‗ylamaydigan, xudbin qilib yaratilgan, 
o‗zining dunyoqarashi bilan yashaydigan insoniyat toifasiga tegishlidir.YUsufning 
O‗zg‗urmish tilidan aytgan quyidagi bayti hayotga ochiq ko‗z bilan boqishga
odamning hayotdagi tamoyili qanday bo‗lishi kerakligini anglashga undaydi: 
Tirigka bu nangdin kechish yoq adash, 
Egin buggu ton ham bog‗uzqa ham ash 
Halal dunya bulsa yesa qazg‗anib, 
CHig‗ayqa ulasa aningdin alib 
Kishi ag‗ruqi bolmasa bu bog‗uz 
Kishi unmazi ul bu ag‗ruq bog‗uz 
YA‘ni: 
Tirikka bu narsalar (oziq-ovqat kiyim)dan kechish mumkin emas, ey do‗st, 
Egnini butaguvchi kiyim ham, bo‗g‗izga ovqat ham zarur. 
Halol dunyo topsa, qo‗lga kiritib bahramand bo‗lsa, 
Undan bir ulush olib kambag‗allarga ulashsa. 


Kishining mol va tomoq tashvishi bo‗lmasa (qanday yaxshi bo‗lardi), 
Mol va tomoq tashvishi kishini ko‗kartirmaydi. (3605-3607) 
YUsufning o‗z g‗oyalarini yuzaga chiqarishda mol-dunyoga bino qo‗ymaslik 
asosiy omil ekan, shu o‗rinda Ahmad YAssaviyning quyidagi baytlarini keltirish 
o‗rinlidir: 
Harom–xarish yig‗mish molg‗a quvonmangiz, 
Mollarini qirshi otlig‗ yilon qilur... 
Bu dunyoga bino qo‗ygan Qorun qani? 
Da‘vo qilg‗on fir‘avn bilan Homan qani?
74
YOki: 
Dunyo mening degonlar, jahon molin olg‗onlar, 
Karkas qushdek bo‗lubon ul haromg‗a botmishlar.
75
YUsuf O‗zg‗urmish orqali ilgari surgan tasavvufiy g‗oyalardan Ibn al-Arabiy, 
Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj kabi mutassaviflarning chuqur falsafiy 
ta‘limotini qidirish o‗rinsiz deb bilamiz. YUsuf komil inson sifatlari bilan Iloh 
sifatlarini tenglashtirayotgani yo‗q, qolaversa, uning maqsadi bu emas edi. Buning 
ustiga, YUsuf O‗zg‗urmishni qanoat timsoli sifatida talqin qilgan ekan, 
O‗zg‗urmish obrazi orqali ilgari surgan qarashlari, tushunchalari va g‗oyalarini 
tom ma‘noda tasavvufga aloqador deb qarab bo‗lmaydi. Uning aqidalarida oilani 
inkor qilish bor. YUqorida aytilganiday, ―xotin, o‗g‗il-qiz tashvishini tortmoq 
mashaqqat bo‗ladi, kishi kuchini uzadi‖. Oilani inkor qilish va bu dunyo qutidan 
yuz o‗girish bilan mutasavvif bo‗lib qolmaydi. 
O‗zg‗urmish Kuntug‗di elig va O‗gdulmish bilan qilgan suhbatlarida faqirlikni 
ulug‗laydi. Faqirlik – tariqatda o‗nta maqomotning biri. So‗fiylar nazdida ulug‗vor 
ilohiy mohiyat kasb etish bo‗lib, Xudoga bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo 
keltirish, bandalikdan sharaf topish, niyozmandlik va talabgorlikda yo‗ldagi tuproq 
misol nomu nishonsiz bo‗lish, Iloh nazdida o‗zini zarra, balki zarradan ham kam 
deb hisoblash. Va shu martabada komillik rutbasini qozonish ham. Barcha narsalar, 
olamu odam Allohga tegishli, insonning vujudi ham o‗ziniki emas, chunki u ham 
YAratganning mulkidir. Faqrni ana shunday mazmunda anglagan odam tasavvuf 
mohiyatiga ham etib boradi.
76
O‗zg‗urmish timsolida YUsuf nafsga erk bermaslik, 
halollik, birovning haqini emaslik, boriga qanoat qilib kun ko‗rish, haromdan hazar 
qilish kabi kundalik amallarni bajarishni ommaga da‘vat qilishni ilgari suradi.
YUsuf nihoyatda kuzatuvchan. Jamiyatdagi hamma tabaqalarning fe‘l-atvorini, 
lavozim majburiyatlarini puxta o‗rgangan. Qaysi lavozimdagi odamlarga bilim, 
zukkolik, halollik kabi sifatlar zaruru qaysi biriga jismoniy baquvvatlik, qaysi 
biriga mehribonlik, xushmuomalalik kabi xislatlar kerakligi to‗g‗risida aytganda, 
74
А
ҳ
мад Яссавий. 
Ҳ
икматлар. Тошкент. 
Ғ
афур 
Ғ
улом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1990, 161–бет
75
А
ҳ
мад Яссавий. Ю
қ
оридаги асар. 196–бет.
76
Қ
аранг: Комилов Н. Тасаввуф. – Тошкент. “Мовароунна
ҳ
р” – “Фзбекистон”, 2009,26–27– бетлар,


bu toifalarning va mansabu unvonlarning majburiyatlarini sinchkovlik bilan bayon 
qiladi. (―Siyosatnoma‖! Q.B.ga hamohanglik. Ammo farqi, hamohangligi nimada? 
Ikki uch betda yoritish kerak.) 
―Qutadg‗u bilig‖ da bir yuz saksonga yaqin to‗rtlik bor bo‗lib, SHarq epik 
she‘riyati uchun qulay va keyinchalik keng tarqalgan masnaviyda yozilgan. 71, 72, 
73-boblar qasidadan iboratdir. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish