Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
havoda sayr qilmoqdek va yemak ul nimaniki, odatan ul gʻizo boʻlmagʻay va hayvonot 
tasxiri va badanda mufrit quvvat izhori andoqki, daraxtni tubidin qoʻngʻormoq, samo’ 
vaqtida. Va devorni barmoq ishorati bila shaq qilmoq va ilik ishorati birla muxolifning 
boshin uchurmoq va daryolarda gʻarq boʻladurgʻon kemani tutub, qiroqgʻa chiqarmoq va 
olam hayulosida har ne nav’ tasarrufiki, har ne tilasa qilmoq, misli yomgʻur yogʻdurmoq 
va yel esturmoq va sel kelturmoq va daf’ qilmoq va chuvurtka ofatini daf’ qilmoq va har 
surat bila mutamassil boʻlmoq. Biyobonda sargashta va ovora boʻlgʻonlargʻa 
rahnamoyiliq qilmoq va dastgir boʻlmoq. 
 
Va Haq s. t.gʻa andoq muqarrab bandalar va doʻstlar ham borki, bu borcha mazkur 
boʻlgʻon holatdin ijtinob qilurlar, balki or qilurlar, nevchunki, bir turfatulayn Haq s. t. 
shuhudu istigʻroqidin gʻofil boʻla olmaslar. To ul saodatdin gʻofil boʻlmogʻuncha bu 
nimalarga maylu iltifot qilsa boʻlmas. Har oyinaki, ul maqsudi asliydin har amrki, bu 
buzurkvorlarni bir lahza gʻofil qilgʻay agar barcha behishti jovidondurki, alargʻa 
doʻzaxcha bor, andin ijtinob yo or qilsalar, muhiq boʻlgʻaylar. Umid uldurki, bu zalolat 
vodiysida gumrohdek mahrumlar bu hidoyat olamida rahnamoylarning oyogʻi tufrogʻi 
bila tiyra boʻlgʻon botin soʻzlarin yorutmoqqa bahramand boʻlgʻaylar. Va xokisor boshin 
ul ayogʻlargʻa tufroq qilmrq bila sarbaland. Emdi alar zikriga shuru’ qilali. Mutolaa 
ahligʻa ma’lum boʻlsunki, «Nafahot» dasturi bila bu kitobda «shayx ul-islom» har 
yerdakim mazkur boʻlur, ondin maqsud Hazrat Xoja Abdulloh Ansoriy q.s. dur va 
«Hazrat Maxdumiy» har yerdakim marqum boʻlur, Janobi Maxdumiy Nuvvira 
marqaduhu nurandur. 
1.
 
S
HAYX 
U
VAYS 
Q
ARANIY Q
.
 R
.
[3]
 
[Ollohning paygʻambari aytgan: Uvays Qaraniy ehson va mehribonligi bilan 
tobiinlarning yaxshisidir]
(1)
. Goh-goh Xojai olam s. a. v. muborak yuzin Yaman sori qilib 
der erdikim, [Men xudoning nafasini Yaman tomonidan tuymoqdaman]
(2)
. Birovning 
vasfikim, oning vassoffi Xojai koinot boʻlgʻay va nafasi nafasi rahmon boʻlgʻay, vasf 
qilmoq bagʻoyat beodoblnq boʻlgʻay. Ham Xojai Koinot s. a. v. buyurubdurkim, tongla 
qiyomat kuni Haq s. t. yetmish ming farishta Uvays surati bila yaratqoy. To ul alarning 
orasida arosotgʻa kirib, behishtga borgʻay. To hech kim ma’lum qilmagʻay. Tengridin 
oʻzgaki, ul qaysi biridurki, ul dunyoda barcha xalq koʻzidin yoshurun Tengri taologʻa 
qulluq qilur erdi. Qiyomatda dogʻi Tengri taolo ani barcha nomahram koʻzidin mahfuz 
tutqay. 
 
Naqldurki, Hazrat Risolat s. a. v. olamdin oʻtarda, ashob r. t. a. soʻrubdurlarkim, sizning 
muraqqa’ kimga havoladur? Debdurlarki, Uvays Qaraniygʻa bersunlar va desunlarki, 
maning ummatimni duo qilsun! Hazratdin soʻngra Foruq va Murtazo r.t.a. Koʻfagʻa 
borib, Yaman elidin soʻrub, Qaranda Uvaysni topdilarkim, teva kutub yurur erdi. 
Muraqqa’ni topshurub, ummat uchun duo istid’o qildilar va bu ma’nida soʻz koʻpdur. 
Sharhi bila bilayin degan kishi «Tazkirat ul-avliyo»ni oʻqisun. Oning holotini tamom 
bitisa, yana bir boshqa kitob bitimak kerak. 
 
Uhud urushida Paygʻambar s. a. v.ning muborak tishi shahid boʻlgʻonin eshitib, mutobaat 
uchun oʻttiz ikki tishin ushotti. Har birinki, ushotur erdi, der erdiki, shoyad bu tish emas 
erdi ekin. Yana birii ushotur erdi. To mundoq qilib, barcha tishlarin ushotti. Va Hazrat 
Risolat s. a. v.ni koʻrmabdur erdi va ul Hazrat ham oni zohir koʻzi bila koʻrmabdur 
erdilar. Ma’noyu ruhopiyat yuzidin tarbiyat qilib erdilar. Bu jihatdin har kishiningki, bu 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish