Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
6
library.ziyonet.uz/
qilibdurlarki, namoz qilmas. Alar debdurlarki, namoz qilurda manga bir hol voqe’ boʻlur.
Siz ham mulohaza qiling, agar ul hol bila namoz joyiz boʻlsa, qiloyin. Mulohaza
qilibdurlar: «Allohu akbar» deb takbiri tahrima bogʻlagʻondin soʻngra, har tuki tubidin
bir qatra qon bosh urubdur.
Yana biri zakotdur. Bu toifa dunyo tarkini ixtiyor qilibdurlar. Alardin yuzdin biri sohibi
nisob boʻlmaslarkim, alargʻa zakot farz boʻlgʻay. Ba’ziki, boʻlsalar ham tamomin Tengri
yoʻligʻa sarf qilurlar va minnat jonlarigʻa tutarlar.
Shayx Abubakr Shibliy q. s.din bir faqih soʻrubdurki, zakot adosi ne nav’dur? Shayx
debdurlarki, sanga farz boʻlur zakotnimu deyin? Yo manga farz boʻlur zakotnimu deyin?
Aytibdurlarki, manga boʻlur zakot qaysidur va sanga boʻlur zakot qaysidur? Shayx
debdurlarki, sanga boʻlur zakot uldurkim, har ikki yuz diramdin besh diram Tengri
yoʻlida bergaysan. Manga boʻlur zakot budurkim, har ikki yuz diramdin ikki yuz besh
diram Tengri taolo yoʻlida bergaymen. Debdurlarkim, ikki yuz diramkim berildi, yana
besh diram nedur? Shayx debdurlarki, ul besh diramni burj qilib, ul ikki yuz diram
bergan shukronagʻa berilgʻay. Va bu Abubakr Siddiq mazhabidur, raziyallohu anhu.
Yana biri roʻzadurkim, soyir xaloyiq fajr tulu’idin kunas gʻurubigʻacha yemak-ichmakdin
va mubosharatdin imsok qilurlar. Bu toifa anga koʻshish qilurkim, andoqki, yemak-
ichmakdin boʻgʻuzgʻa savm buyurgʻaylar. Jami’i a’zogʻa oʻz qilur fe’llaridin roʻza
buyurgʻaylar. Koʻzga nomashru’ nimaga boqardin va quloqqa nomashru’ un eshiturdin
va oyoqqa nomashru’ qadam urmogʻdin, ilikka nomashru’ nima tegmakdin va alo hozo
jami’i a’zogʻa bu dastur bila. Va bovujudi bu su’ubatlar-barchadin sa’broq koʻngul
roʻzasidurki, Haq s. t.din oʻzga hech nima xotirgʻa kechmakdur va bu roʻzani doimiy
koʻngulga buyururlar.
Islomning bu mazkur boʻlgʻon toʻrt rukni takmil topqandin soʻngra hajdurki, soyir
xaloyiqqa sharti istitoat va amni tariqdur. Va bu toifaga amni tariq, Haq taolo
mulkidadur, ya’ni har yerki, Haq s. t. mul-kidur, onda asragʻuchi oʻzidur. Va istitoat
oning xizonai karamidurki, ul yoʻlgʻa bovujudi ul toʻrt ruknning mazkur boʻlgʻon rioyati
bu nav’ amni tariq va istitoat bila qadam urarlar va tavakkul bila ul yoʻlni qat’ qilurlar.
Yana bovujudi shariat rioyati va tariqat odobidurki, bu toifa mar’iy tutarlar. Ul adabdurki,
yaxshiyu yomongʻa va ulugʻu kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, borcha xaloyiqdin
oʻzlarin kichik va kamroq tutorlar va barchagʻa xizmat huzurida boʻlurlar. Hattoki, oʻz
farzandlarigʻa va xodimu mamluklarigʻaki, har necha alardin beqoidaligʻ koʻrsalar,
xushunat birla alargʻa soʻz demaslar, balki nasihatni yumshogʻ va chuchuk til bila
qilurlar, hattoki oʻgʻrigʻacha.
Manquldurki, Hazrat Xoja Abulvafoyi Xorazmiy q. r.bir ravzan yorugʻligʻida oʻlturub,
mutolaa qilurlar ermish. Bir oʻgʻri angdib, alarning dastorlarin sirmabdur. Alar oʻzlari
tarafidin tutubdurlar va oʻgʻri iztirob bila tortor ermish. Alar der ermishlarki, he valloh,
eski va yirtiqdur. Sizning hech ishingizga yaramas. Bu soʻzni muqarrar qilibdurlar.
Oʻgʻrigʻa asar qilmay tortor ermish. Xoja ojiz boʻlgʻondin soʻngra dastorni qoʻyaberib,
demishlarki, sizga har necha ayttuq, inonmadingiz, ochqaningizda koʻrgunguzdur. Oʻgʻri
nariroq borgʻach, ochib koʻrsa, Xoja degondek, bagʻoyt eski va pora-pora koʻrub,
toshlabdur. Xoja bilibdurki, koʻrgach tashlagʻusidur, keynicha borib, dastorni olmishlar
va boshlarigʻa chirmarda oʻz-oʻzlari birla der ermishlarki, har necha ayttuqki, yaramas,
Do'stlaringiz bilan baham: |