Nasoi m ul -M uhabbat ( I- qi sm)
Alisher Navoiy
7
library.ziyonet.uz/
inonmaslar, oʻzlari koʻrmaguncha tashlamadilar. Yana bovujudi bu nav’ adab saxoye
mufritdurki, oni bu toifa bazli mavjud derlarki, hech nimalarin hech kishidin ayamaslar.
Manquldurki, Xoja Abunasr Porso q. r.ning Balxda bir yaxshi otlari bor ermish. Va
hokimning xotiri koʻp ul ot sori moyil ermish. Ammo tilamas ermishki, shoyadki,
Xojaning muborak xotirlari ham anga vobasta erkin. Bir kecha ikki oʻgʻri ittifoq qilibdur.
Tavilani teshib, ul otni chiqarib eltibdurlar. Tong erta ma’lum qilgʻoch, muridlar va
mulozimlar iztirob birla kelib, Xojagʻa arz qilibdurdar. Xoja debdurlarki, biz oz minar
erdik, eltgan kishilarga bizdin darboyistroq erkandur.
Ashob hokimgʻa arz qilurlar. Hokim ul tama’igʻaki, bu vasila bila shoyad Xojadin tilasa
boʻlgʻay.
Tush-tushdogʻi yoʻllorgʻa kishilar choptirib, oʻgʻrilarni tutub, bir ulugʻ navkaridin Xoja
xizmatigʻa yuborur, ikki koʻhistoniy oʻgʻri bila. Ashob aydurlarki, hokim oʻgʻrini tutub,
otni falon ulugʻ navkaridin yiboribdur, toshqoridur. Xoja derlarki, kirsun! Ul navkar
kirgach, Xoja ta’zim uchum qoʻporlar va oni oʻlturdurlar. Ul ikki mulozimlargʻa ishorat
qilurkim, oʻgʻrilarni kiyururlar. Iliklari bogligʻ. Alar ham kirgoch, Xoja hamul dastur
bilan qoʻporlar va alarni oʻlturdurlar va iliklarnn yeshtirurlar va soʻrarlarki,
Qaydaligʻsiz?- Derlarki, koʻhistonligʻ. Soʻrarlarki, holo, ul yon ozim erdingiz? Derlarki,
bale. Derlarki, magar yoyogʻ erdingiz? Derlarki, bale. Derlarki, qoʻnung, ul ot sizga
darboyistroqdur, oling va boring! Hokim navkaridin hokimgʻa minnatdorligʻ bila uzr
qoʻlub yiborurlar.
Yana hilm va burdborligʻdurki, bu toifagʻa har kimdin har shiddat yetishsa, alar lutfu
madoro bila oʻtkorurlar va muqobalada minnatdorligʻ bila uzr qoʻlarlar.
Ul jumladin azize erdi, bu toifaning mukammalidin va Hazrat Mavlono Muhammad
Tabodgoniy q. s. ning kibor ashobidin erdi va faqirning alar xizmatida koʻp irodatim bor
erdi. Va alar yaxshi un samoi’gʻa mash’uf erdilar. Mugʻanniyi bor erdi xush ovoz, ammo
kichik yoshligʻ va devonasoru shoʻx erdi. Majlisda oʻlturaturgʻoch sekrib, ul azizning
boʻynigʻa minib, ayogʻin depsar erdi. Alar rifqu madoro bila aytur erdilar: Hordingiz
erkin, tushsangiz ham siz bilursiz. El malomat qildilar. Ersa, alar man’ qildilarki, ul ajab
karamu ehson qiladurki, aytmaydurki, qoʻp, toshqori bozorgʻa ushbu dastur bila mani elt!
Agar desa erdi, eltmoqdin oʻzga ne chora bor erdi?
Yana rizodurki, har ne haqdin kelsa, va har kim sabab boʻlsa, musabbibdin oʻzga kishini
orada koʻrmagaylar. Va rizo izhoridin oʻzga alar tili va koʻngliga kirmagay. Ham ushbu
mazkur boʻlgʻon azizning bir oʻgʻli bor erdi. Bagʻoyat qobil, husni xulqi bagʻoyat
kamolda va bir yolgʻuz oʻgʻil erdi. Qazoro bemor boʻldi va necha kundin soʻngra Tengri
hukmin butkardi. Bir shahr xalqi shohdin gadogʻacha ul sababdin motame erdilar. Ul
azizning holigʻa va libosigʻa tagʻyir boʻlmadi. Motamelargʻa koʻngul berib, haq rizosigʻa
targʻib qilur erdilar. To koʻtardilar va madfangʻa elttilar, oʻzi qabr ichiga kirib aziz
farzandin shar’ vajhi bila qabrda qoʻyub, magʻfirat duosi qilib chiqti va soʻzi bu erdikim,
[Allohning hukmiga bizni rozi qildi.)8. Va shahr xalqi, akobiru ashrof barcha lol erdilar.
Yana sabrdurkim, har ne haqdin, yuzlansa, tahammul pesha qilgʻay va har balo kelsa,
sabr qilgʻay.
Do'stlaringiz bilan baham: |