Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/108
Sana25.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#408647
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Bog'liq
nasoyim ul-muhabbat

Nasoi m  ul -M uhabbat ( I-  qi sm)  
Alisher Navoiy
 
 
12 
library.ziyonet.uz/ 
 
saodat uchun) amal qilsinlar].2 va dunyodin oʻtdi. Aning manoqibi zikrin tilagan kishi 
Hazrat Shayx Fariduddin Attor q. s.ning «Tazkirat ul-avliyo»sida tilasunki, vofiy 
bitibdur. 
8.
 
A
BUHOSHIM 
S
O
ʻ
FIY Q
.
 S

Avval kishikim, soʻfiy dedilar ul erdi. Kufiyulasldur, Shomda Shayx erdi va Sufyon 
Savriy q. s. bila muosir erdi. Va Sufyon soʻzidurkim, [Agar Abuhoshim Soʻfiy 
boʻlmaganda edi, riyoning nozik ma’nolarini tushunib yetmagan boʻlar edim1]. Avval 
xonaqohkim, soʻfiylar uchun bino qildilar, Shomning Ramlasida erdi. Va ul bu nav’ 
erdikim, tarsolar ulugʻi ovga boradur erdi, koʻrdikim, ikki darvesh bir-biriga yetib, 
muhabbat yuzidin koʻrushtilar va muvofaqat bila oʻlturub, ulcha yeguliklari bor erdi, 
yedilar, tavozu’ bila bir-biridin ayrilishtilar. Koʻradurgʻan kishiga alarning bu ulfat bila 
muomalalari xush kelib, birin tilab soʻrdikim, ul biring sanga ne boʻlur? Dedikim, hech 
nima. Dedikim, ne kishi erdi? Dedikim: tanimasmen. Dedikim, qaydindur? Dedikim, 
bilmasmen. Dedikim, bas, sizing orangizda bu nav’ ulfat qaydin erdi. Dedikim, bizning 
tariqimiz budur. Soʻrdikim, bir yerki siz jamoat anda yigʻilgaysiz, bormu? Dedikim, 
yoʻq. Dedikim, men sizing uchun bir yer yasaykim, anda yigʻilishgʻaysiz. Va Ramlada ul 
xonaqoh yasadi. Va Shayx ul-islom q. s. soʻzidurkim, [yaxshi insonlar tashrif buyurgan 
manzil xonadon – eng yaxshi joylardir1. Va qadimdan Alloh yaxshilarni yaxshilar bilan 
kelishtirib qoʻygan]2. Va Hoshim soʻzidurkim, igna bila togʻni qozmoq takabburni 
koʻngullardin chiqarmoqdin osonroqdur. Abuhoshim, Qozi Shuraykni koʻrdikim, Yahyo 
Xolid uyidin chiqdi, yigʻladi va dedikim, [Allohdan manfaatsiz ilmdan panoh tilayman
(3)

Mansur Ammor Damashqiy debdurkim, Abuhoshim bemor edi, oʻlum bemorligʻi. 
Dedimkim, oʻzungni nechuk koʻrasen? Dedi: azim baloda koʻradurmen, ammo havo, 
ya’ni mehru sevukluk balodin ortuqdur, ya’ni balo azimdur, ammo mehr ollida haqirdur. 
Shayx ul-islom q. s. dedikim, agar balo havo chogʻliq boʻlsa erdi, havo boʻlmagʻay erdi. 
9.
 
Z
UNNUN 
M
ISRIY Q
.
 T
.
 S

Avvalgʻi tabaqadindur. Oti Savbon b. Ibrohim, kuniyati Abulfayz va laqabi Zunnun. Ul 
Misrning Ixmim degan mavzeida boʻlur erdikim, imom Shofe’i r. a.ning qabri andadur va 
Zunnun Molik Anasning shogirdidur va oning mazhabidadur va «Muvatto»ni andin 
eshitib erdi va fiqh oʻqub erdi va aning piri Shayx Isrofil erdi, Magʻribda. Va Shayx ul-
islom debdurki, Zunnun ul kishi emaski, oni karomat bila sitoyish qilgʻaylar va maqomot 
bila oroyish bergaylarkim, maqomu hol oning ilgida suxra erdi va darmonda. Vaqtning 
imomi va roʻzgorning yagonasi va bu toifaning boshidur va barchaning nisbati va izofati 
angadur. Avval kishikim, ishoratni iboratqa kelturdi va bu tariyqdin soʻz aytti, ul erdi. 
Chun yana bu tabaqada Junayd q. s. paydo boʻldi. Bu ilmga tartib berib, bast qilib, kutub 
bitidi. Chun Shibliy q. s: arogʻa kirdi. Bu ilmni minbar ustiga aytib, oshkoro qildi. Junayd 
soʻzidurkim, biz bu asrorni yoshurun uylarda va sardobalarda mahramlargʻa aytur erdik. 
Shibliy minbar ustiga aytib, elga oshkor qildi. 
 
Zunnundin soʻrdilarkim, murid kimdur va murod kim? Ul ayttikim, [Murid talab qiladi 
va murod qochadi1]. Shayx ul-islom dedikim, murid tilar va andin yuz ming niyozu 
murod qochar va andin yuz ming noz. 
 
Va Zunnun sayyoh ermish. Debdurki, bir kun borur erdim, bir yigit koʻrdumki, anda 
shoʻre bor erdi. Dedim: qaydinsan, ey gʻarib? Dedi: Gʻaribmu boʻlur ulki, oning bila 



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish