Orqaning keng muskuli
(m. latissimus dorsi)
pastki 6 ta ko’krak va barcha
bel umurtqalarining orqa o’simtalari, dumg’aza suyagining o’rta tojidan, yonbosh
suyagining tashqi qirrasidan aponevroz bilan boshlanib ikikinchi uchi bilan
еlkaning kichik do‘mboqchasiga birikadi, u qisqarganda еlkani orqaga tortadi va
ichkariga buradi. (22-rasm)
Rombsimon muskullar
(mm.rhomboidei minor et major)
romb shaklida
bo’lib, trapetsiyasimon muskul tagida joylashgan. Ular pastki 2 ta bo’yin va
yuqorigi 4 ta ko’krak umurtqasining o’tkir o’simtalaridan boshlanib, kurakning
medial chetiga birikadi. Bu muskullar kuraklarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularni
biroz yuqoriga ko’taradi. Ba`zan ular kichik va katta rombsimon muskulga
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |