Orqaning pastki tishsimon muskuli (m.serratus posterior inferior)
yassi
va yupqa bo’lib, orqaning keng muskuli tagida joylashadi. Ko’krakning ikkita
pastki va belning ikkita yuqorigi umurtqasining o’tkir o’simtalaridan boshlanadi.
Muskul tolalari yuqoriga yo’nalib, to’rtta tishi bilan pastki to’rtta qovurg’aning
orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul nafas chiqarish vaqtida qovurg’alarni pastga
tushiradi.(22-rasm)
Boshning
tasmasimon
muskuli
(m. splenius capitis) ensa boylamini pastki
qismi, VII bo’yin va yuqorigi 3-4 ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalaridan
73
boshlanadi. Boshning
tasmasimon
muskuli ikki tomonlama qisqarsa, bosh va
bo’yinni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o’z tomoniga tortadi.