Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
  I-BOB

ODAM  ANATOMIYASI  VA  FIZIOLOGIYASI  FANINING 
TEKSHIRISH USULLARI. 
  Odam  Anatomiyasini  o’rganishda  bir  necha  usullardan  foydalaniladi.  Eng 
qadimgi usullardan biri -
 murdani yorib o’rganish
 usuli keng qo’llaniladi. Bu usul 
hozir  ham  o’z  ahamiyatini  yo’qotmagan.  Ayrim  organlarni  yoki  butun  murdani
 
fiksatsiya qilish
  yoki
  konservatsiya
 usuli ham  anatomik  preparatlarni buzmasdan, 
uzoq muddat saqlashga imkon beradi.
 
Mikroskop  ixtiro  qilingach,  anatomiyada  mikroskopik  tekshirishning  hilma-
hil  usullaridan  foydalanildi.  Ayniqsa,  kimyo,  fizika  fanlarining  rivojlanishi  bilan, 
to’qimalarni  turli  kimyoviy  moddalar  bilan  bo’yab,  mikroskopda  o’rganish  keng 
qo’llanildi.  Fizikaning  taraqqiyoti  natijasida  anatomiyaning  alohida  sohasi  -
 
rentgen anatomiyasi
 paydo bo’ldi. 
 
Inektsiya
  usulida  qon  va  limfa  tomirlariga,  bez  yo’llariga,  to’qimalar  ichiga 
turli  rangdagi  suyuqliklarni  quyib,  shu  g’ovak  organlarining  tuzilishini  o’rganish 
mumkin.  
Palpatsiya
  —  tirik  odamda  a‘zo  va  to’qimalarni  paypaslab  ko’rib  o’rganish 
usuli. 
Perkussiya
  —  a‘zo  va  to’qimalarni  barmoq  yoki  bolg’acha  bilan  urib  ko’rib 
aniqlash  usuli bo‘lib, undan a`zolarning chegaralarini aniqlashda foydalaniladi. 
 
Auskultatsiya
  usuli  —  mahsus  eshitish  asboblari  yordamida  a`zolar  (yurak, 
o’pka) ning ishlab turgandagi tovushi eshitib ko’riladi. Bu usul a`zolarning normal 
yoki kasallik holatini aniqlashda yaxshi yordam beradi. 
 
Antropometriya
  usuli  —  bunda  gavdaning  uzunligi,  kengligi  va  og’irligi 
o’lchanib,  olingan  ma`lumotlar  organizmning  ayrim  bo’laklariga  taqqoslanib, 
ularning oshishi yoki o’zgarganligi kuzatib boriladi. 
Korroziya
  usulida  esa  avvaldan  ichi  biror  qotuvchi  modda  bilan  to’ldirilgan 
kovak  organlarning  barcha  to’qimalari  ishqor  yoki  kislota  bilan  eritilib,  ularning 
tuzilishi o’rganiladi. Shuningdek, anatomiyada 
murdani iliq suvda ivitib, chiritish, 
rangsizlantirish
  usullari  ham  qo’llaniladi.  Rasmga  va  videoga  olish,  jadvallar 



 
 
tayyorlash,  turli  asboblar,  binokular  lupalardan,  mikroskopdan  foydalanish  ham 
anatomik  tekshirishlarni  ancha  еngillashtiradi. 
Tomografiya  -
  tekshirilayotgan 
organning  qavatma-qavat  tasvirini  olishdan  iborat  murakkab  tekshirish  metodi 
xisoblanadi.  Bu  metod  orqali  patologik  jarayon,  to’qimalar  holati  o’rganiladi. 
Tomografiya ichki kasalliklarni aniqlashda keng qo’llaniladi. Hozirgi davrda ichki 
organlarni  tadqiq  qilishda 
kompyuter  tomografiyasi 
va 
ultratovush  diagnostikasi
 
keng miqyosida qo’llanilmoqda. 
Fiziologik tadqiqotlarda organlar funktsiyasini har xil tajribalar, fizika, kimyo 
va  texnika  fanlari  metodlaridan  foydalanilib  o’rganiladi.  Masalan,  organlar 
faoliyati biotoklar orqali o’rganiladi. Organlarni ularni organizmdan chiqarib olish, 
organ  yoki  uning  bir  qismini  ko’chirib  o’tkazish  orqali  o’rganish  mumkin. 
Organlar faoliyatini taxlil qilishda kompyuter dasturlaridan ham foydalaniladi. 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish