Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 Ibn 
Sino 
murdani  yorib  o’rganganidan  darak  beradi.  Kitobning  ba`zi  boblarida 
bo’g’imlar,  kalla  suyagi,  muskullar,  paylarning  anatomik  tuzilishi  yoritilgan.  U 
bosh va orqa miya nervlarini ta`riflaydi, organizmni bir butun deb hisoblaydi. 
Leonardo  da  Vinchi
  ( 1452-1519)   plastik  anatomiyaga  oid  o’z  tekshirish 
natijalarini  to’plab,  plastik  anatomiya  kursini  sistemaga  soladi.  Shuningdek,  u 
«Rangtasvir  haqida  risola»  asarini  yozgan. 
Leonardo  da  Vinchi 
asarlari  ilm-fan 
uchun muhim ahamiyatga ega. 
XVI  asrda  olimlar  murdani  yorib  o’rganishlari  tufayli  organlarning  tuzilishi 
haqidagi  ilmiy  ma`lumotlar  ko’paya  boshladi.  O’sha  davrda 
Galenning
  ayrim 
fikrlari  asossizligini  isbotlovchi  va  xozirgi  zamon  odam  anatomiyasining 
yaratilishiga asos solgan mashrur olimlar ko’zga tashlanadi. Shulardan bin 
Andrey 
Vezaliydir
  (1514-1564). 
Vezaliy
  asosan,  hayvonlar  tanasini  tekshiradi,  odam 
murdasini  ham  yashirincha  yorib  ko’radi. 
Vezaliy
  anatomiyaga  oid  «Odam 
tanasining  tuzilishi»  nomli  mashxur  asarini  yozdi.  O’sha  davrda  atoqli  ingliz 
anatomi 
Vilyam  Garvey
  (1578-1657)  hayvonlar  ustida  tajribalar  o’tkazib,  qon 
tomirlarda  qonning  oqishini  tekshiradi.  Uning  tajriba  natijalari  asosida  yozilgan 
«Hayvonlarda  yurak  va  qonning  harakati»  kitobi  tabiatshunoslik  va  tibbiyotda 
yangi yutuqlarni ochdi. 
Mikroskop ixtiro qilinishi bilan italyan olimi 
Marcello  Malpigi
 (1628-1694) 
kapillarlarni  kashf  qildi.  Bu  kashfiyot  hayvonlar  organizmida  qonning  doira 
bo’ylab  harakatlanishi  to’g’risidagi 
Garvey
  fikrlarini  yanada  kengaytirib,  qon 
aylanishi to’g’risida to’liq tasavvur hosil qildi. XVII asrning oxirlariga kelib, qon 
tomirlariga  inek`tsiya  qilish  va  anatomik  preparatlarni  konservalash  usullari 
qo’llanishi bilan anatomik tekshirishlar metodikasi ancha takomillashdi. 
XVIII  asrning  o’rtalarida  anatomiya,  embriologiya,  solishtirma  anatomiya 
sohasida juda ko’p ma’lumotlar to’plandi. 
Rus olimi 
M.V.Lomonosov
 (1711-1765) anatomiyani bevosita kuzatish  bilan 
uning  istiqbolli  yo’llarini  ko’rsatib  beradi.  Uning  shogirdi 
A.P.Protasov
  (1723-



 
 
1796)  anatomiya  atamalari  bilan  mukammal  shug’ullanib,  «Anatomik  atamalar 
to’g’risida» nomli asar yozadi. 
A.M.Shumlyanskiy
  (1748-1795) buyrakning mikroskopik tuzilishini tekshirib, 
«Buyrakning tuzilishi to’g’risida» degan mashxur asarini yozgan. U buyraklarning 
tomir chigalini o’rab turgan qo’sh devorli parda - kapsulani birinchi bo’lib izoxlab 
beradi. 
I.M.Sechenov
  (1829-1905)  va 
I.P.Pavlov
  (1849-1936)ning  fiziologiya 
sohasida  olib  borgan  ilmiy  ishlari  anatomiya  va  fiziologiya  fanida  funktsional 
yo’nalish yaratilishiga katta ta`sir ko’rsatdi. 
Sharq  dunyosida  jahonga  tanilgan  ko’plab  olimlar  yashab  va  ijod  etganlar. 
Abu  Nasr  Muhammad  al-Forobiy
  ( 873-950)   o’zining  160  dan  ortiq  asari  bilan 
falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasiga ko’p yangilik kiritdi.
 Forobiy
 anatomiya va 
fiziologiyadan  chuqur  bilimlarga  ega  bo’lgan.  U  nervlarni  sezuvchi  va 
harakatlantiruvchiga  ajratgan,  u  yurak  faoliyatini  nervlar  boshqaradi,  deb  taxmin 
qilgan. 
Ismoil Jurjoniy
 (1080-1141) mohir tabib, yirik olim sifatida tanilgan. Uning 
«Kasallikni  aniqlash  usullari»,  «Tibbiyot  asoslari»  kabi  kitoblari  ma`lum. 
Ismoil 
Jurrjoniy
 «Xorazmshox mo’jizalari» nomli asarida tibbiyotning nazariy va amaliy 
masalalarini  yoritadi,  anatomiya  va  fiziologiyaga  oid  ma`lumotlar  keltiradi.  U 
odam  sog’lig’ini  saqlash  uchun  zararli  ta’sir  etuvchi  barcha  narsalarni  yo’qotish 
lozim  deb  yozgan,  shuningdek,  mijozlar  xaqida  bayon  etib,  ular  nasldan  naslga 
o’tishini  aytadi.  Bu  kitobda  olim  gigiyena  masalalari  ustida  to’xtab,  suv,  havo, 
kiyim,  uy-joy,  xotirjamlik  holati,  uyg’oqlik,  tush  ko’rish  masalalarini  tibbiyot 
nuqtayi nazaridan bayon qilgan. 
Abu  Bakr  ar-Roziy
  (865-925)  buyuk  qomusiy  olim.  U  «Tibbiyotga  oid 
bilimlar  majmuasi»  va  boshqa  asarlarida  odam  tanasidagi  barcha  organlar 
funktsiyalarini bayon etadi. Uning fikricha, odamning kasallanishiga xavo, muxit, 
turmush  sharoiti,  yil  fasllarining  o’zgarishi  sabab  bo’lar  ekan. 
Ar-Roziy 
birinchi 
bo’lib bemorga diagnoz (tashxis) qo’yishni taklif etgan. 


10 
 
 
O’zbekistonda  anatomiya  fanining  rivojlanishiga  olimlardan: 
P.O.Isayev, 
E.M.Milman, R.Z.Zoridov, M.R.Sapin,  Yu.M.Borodin, K.A.Zufarov, S.N.Kasatkin, 
R.E.Xudoyberdiyev,  S.A.Dolimov,  N.K.Axmedov,  R.Alavi,  O.Oqilov,  R.G’ulomov 
va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari va darsliklari bilan munosib xissa qo’shdilar. 
Zohidov  Hakim  Zohidovich
 
(1912—1978)  anatom  olim  va  mohir  pedagog, 
O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  fan  arbobi,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor. 
O’rta Osiyo Meditsina Pediatriya instituti odam anatomiyasi kafedrasining birinchi 
mudiri  (1972—1978-yillar).  O’zbek  tilida  yozilgan  “Odam  anatomiyasi”  (1964) 
darsligi  va  “Ruscha-o’zbekcha-lotincha  anatomiya  lug’at”i  mualliflaridan  biri 
hisoblanadi. 
Xudoyberdiyev  Rahim  Egamberdiyevich
 
(1922—2003)  —  anatom  olim, 
O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  fan  arbobi,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor. 
Toshkent  Davlat  birinchi  tibbiyot  instituti  odam  anatomiyasi  kafedrasi  mudiri 
bo‘lib ishlagan (1960—1992). “Odam anatomiyasi” (1964) darsligi mualliflaridan 
biri. Darslik 3 marotaba qayta nashr etilgan. 
Ahmedov Nosir Komilovich
 
(1922—2004) O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan 
fan  arbobi,  Beruniy  nomidagi  Respublika  mukofotining  nishondori.  Toshkent 
Davlat ikkinchi tibbiyot instituti odam anatomiyasi kafedrasi mudiri (1990—1998) 
bo‘lib  ishlagan.  U  2  jildlik  “Odam  anatomiyasi”  atlasi  va  ko’pgina  darsliklar 
muallifi xisoblanadi. 
N.K.Axmedov
 birinchi marta o’zbek tilida atlas yaratdi. Odam 
anatomiyasi fanidan dan akademik litsey va kasb-xunar kollejlari talabalari uchun 
darsliklar va qo’llanmalar yaratilgan. 
Akademik 
K.A.Zufarov

S.N.Kasatkin
  va 
P.O.Isayevlar
  odam  hamda 
hayvonlarning  xazm  tizimining  mikroskopik  va  makroskopik  tuzilishini,  qon 
tomirlarini, 
E.P.Milman,  R.E.Xudoyberdiyev  va  S.A.Dolimovlar
  limfa  tizimini, 
M.R.Sapin  va  Yu.M.Borodin
  odam  va  hayvonlarda  nerv  tizimini, 
N.K.Axmedov,  
R.Z.Zoxidovlar
 nerv tizimining embriologik taraqqiyotini mukammal o’rgandilar.  

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish