Bo’yinning tasmasimon muskuli
(m.splenius cervicis)
III-V ko’krak
umurtqalarining qirrali o’simtasidan boshlanib,2-3 ta yuqorigi bo’yin
umurtqalarining ko’ndalang o’simtasining orqa do’mboqchasiga birikadi. Bu
muskul bir tomonlama qisqarganda boshni yon tomonga buradi.
Umurtqa pog‘onasini tiklovchi muskullar
(m.erector spinae)
orqaning eng
kuchli muskuli bo’lib, umurtqa pog’onasining dumg’aza suyagidan boshlanib
ikkinchi tomoni bilan kalla suyagigiga birikadi. Muskul tolalari yuqori tomonga
yo’naladi va yuqorigi bel umurtqalari sohasida uch qismga: qovurg’alarga
birikuvchi yonbosh-qovurg’a, oraliq-ko’ndalang o’simtalarga birikuvchi orqaning
uzun va medial-qirrali o’simtalarga birikuvchi qirrali muskullarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |