Bo’yinning o‘rta qavati muskullari
til osti suyagiga nisbatan ikki gururga:
til osti suyagining yuqori qirrasiga birikuvchi muskullar va til osti suyagi tagida
joylashgan muskullarga bo’linadi. Bu muskullar boshlanish va birikish joyiga
qarab nomlanadi.Til osti suyagi ustidagi muskullarga 2 qorinli muskul, til osti
pastki jag’ muskuli, til osti bigizsimon o’simtasi orasidagi muskul va til osti engak
muskullari kiradi. Til osti suyagi tagidagi muskullarga to’sh - til osti muskuli,
kurak - til osti muskuli, to’sh-qalqonsimon muskuli va qalqonsimon til osti
muskullaridan iborat. Til osti suyagi ustida va tagida joylashgan muskullar
qisqarganda xiqildoq xarakatlanadi, yutish, so’rish va so’zlash funksiyalari
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |