Rombsimon muskullar
kurakni umurtqa pog’onasiga yaqinlashtiradi va
yuqoriga tortadi.
Kurakni
yuqoriga ko’taruvchi muskul
(m. levator scapulae)
bo’yinning 4
ta yuqorigi umurtqalari ko’ndalang o’simtalaridan boshlanib, pastga qarab
yo’naladi va kurakning yuqorigi ichki burchagiga birikadi. U qisqarganda kurakni
yuqoriga ko’tarib, o’rta chiziqqa yaqinlashtiradi.
Orqaning yuqorigi tishsimon muskuli
(m.serratus posterior
superior)
yassi va yupqa bo’lib, rombsimon muskul tagida joylashgan. U ikkita pastki
bo’yin va ikkita yuqorigi ko’krak umurtqalarining o’tkir o’simtasidan boshlanib,
tolalari pastga yo’naladi yuqorigi qovurg’alarning orqa yuzasiga birikadi. Bu
muskul qisqarganda qovurg’alar yuqoriga ko’tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |