Belning kvadrat muskuli
(m. quadratus lumborum)
yonbosh suyagining
qirrasidan boshlanib, bel umurtqalarining yon o’simtasiga va XII qovurg’aga
birikadi. Bu muskul qisqarganda qovurg’ani pastga tortadi (nafas chiqarishda
ishtirok etadi), umurtqa pog’onasini orqaga va yonga bukadi.
Qorin muskullarining bo’sh joyidan ichki organlarning qorin bo’shlig’idan
tashqariga - teri ostiga chiqishi churra tushishi (grija) deyiladi. Qorin muskullari
zaiflashsa, odam juda ozib ketsa, og’ir yuk ko’tarsa, qattiq yo’talsa, yosh bola
qattiq yig’lasa churrasi tushishi mumkin. Erkaklarda ko’pincha chov grijasi -
churra tushishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |