16- § Qorin muskullari
(abdomen)
Qorin muskullari ko’krak bilan chanoq orasida joylashgan bo’lib, tolalari xar
- xil yo’nalgan. Ular qorindagi organlarni turli tashqi ta`sirdan saqlaydi, qorinni
tarang qilib turadi. Nafas olish va gavdaning turli xarakatlarida ishtirok etadi.
Qorin muskullari qorinning oldingi yon tomonida joylashgan, ularning payi o’zaro
tutashib, qorinning old o’rta qismida keng pay aponevrozini hosil qiladi.
Qorinning o’rtasida oq chiziq bo’lib, u to’sh suyagining o’simtasidan qovuq
suyakkacha davom etadi. Bu qismda nerv va qon tomirlar kam bo’ladi. Qorin
muskullari ichki organlarga press sifatida ta`sir etib, siydik, najas chiqarishni va
qusishni tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |