Ichki qovurg’alararo muskullar
(mm.intercostales interni)
ning tolalari
pastdan yuqoriga va oldinga yo’nalgan. Ichki qovurg’alararo muskullar pastki
qovurg’aning yuqorigi chekkasidan boshlanib, ustki qovurg’aning pastki
chekkasiga qovurg’a egatidan ichkariga birikadi. Ichki qovurg’alararo muskullar
to’sh suyagidan qovurg’a burchagigacha bo’lgan joyni egallaydi. U qisqarganda
qovurg’alarni pastga tortib, nafas chiqarishda qatnashadi.
Diafragma
(diaphragma, m.prhrenicus)
ko’krak va qorin bo’shliqlari orasida
gumbaz shaklida tuzilgan muskulli parda. Uning muskul tutamlari qovurg’alarning
pastki yoyidan, bel umurtqalari va to’sh suyagining o’simtasidan boshlanadi.
Diafragma asosiy nafas muskuli bo’lib, ko’krak qafasini pastki teshigini o’ragan
suyaklardan boshlanadi. Uning boshlanish sohasiga qarab uch: bel, qovurg’a va
to’sh qismlari tafovut qilinadi.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |