Ko’krakning xususiy chuqur muskullari.
Qovurg’alararo
muskullar
qovurg’alar orasida ikki qavat bo’lib joylashgan.
Tashqi qovurg’alararo muskullar
(mm.intercostàles externi)
ning tolalari
yuqoridan pastga va oldinga yo’nalgan bo’lib, bu muskullar umurtqa
pog’onasidan qovurg’a tog’ayigacha cho’zilgan. Tashqi qovurg’alararo
muskullar
har tomonda o’n bittadan bo’lib, ustki qovurg’aning pastki chekkasini qovurg’a
egati tashqarisidan boshlanadi. Tolalari pastga va oldinga yo’nalib, pastki
qovurg’aning yuqorigi chekkasiga birikadi. Qisqarganda qovurg’alarni ko’tarib,
nafas olishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |