66
15-§ Gavda muskullari
Gavda muskullari joylashishiga ko’ra ko’krak qafasi, qorin va orqa
muskullariga ajratiladi.
Ko’krak qafasi muskullari ko’krak qafasining atrofida joylashgan bo’lib, yuza
va chuqur qavatlarga bo’linadi. Kelib chiqishi va faoliyatiga asosan ikki guruhga:
1) ko’krak qafasidan boshlanib, еlka kamari va еlka suyagiga
birikuvchi muskullar
2) ko’krak qafasining o’ziga xos muskullariga bo’linadi. Birinchi guruhga to’rtta:
katta va kichik ko’krak, o’mrov osti, oldingi tishli va qovurgalarni ko’taruvchi
muskullar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: