Nazorat savollari
1.
Suyaklarning qanday birikish xillari bor?
2.
Bo’g’im yuzalarining xillari va bo’g’im turlarini tushuntiring.
3.
Suyaklarning tuzilishi va rivojlanishi raqida nimalarni bilasiz?
4.
Suyaklarning tarkibi va tasnifini ayting.
5.
Tana suyaklari qanday tuzilgan?
6.
Umurtqalarning tuzilishini tushuntirib bering.
7.
Ko’krak qafasi qanday tuzilgan?
8.
Yelka kamari suyaklari nimalardan iborat?
9.
Qo’lning erkin suyaklarini sanab bering.
10.
Oyoq skeleti nechta qismga bo’linadi?
14-§ Muskullarning tuzilishi
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo’lib, ular katta odam tanasi
og’irligining 45-50% ini tashkil qiladi. Odamning tashqi muxitdagi xarakatlari,
mexnat faoliyati, nutq funksiyasi, nafas xarakatlari va boshqa fiziologik
funksiyalari muskullarning reflektor xarakati natijasida sodir bo’ladi. Muskullar
tevarak-atrof muhitdagi turli ta`sirlarning sezgi organlariga ta`siri va bu ta`sirning
markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga borib, u erdagi analiz-sintez
62
jarayoni natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli
xarakatlanadi. Muskullar harakatlanish organi bo’lib, muskul, nerv tolalari va
biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan. Muskul to’qimasi hujayralardan iborat,
xujayra ichidagi qisqaruvchi tolalar
miofibrillar
deb ataladi. Muskul to’qimasi
tuzilishi va funktsiyasiga ko’ra, ko’ndalang targ’il va silliq muskullarga bo’linadi.
Ko’ndalang - targ’il muskullar, asosan, skelet muskullaridir, silliq tolali muskullar
esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul - muskul tolalarining
yig’indisidan tuzilgan bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima yordamida o’zaro
birlashgan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan.
Har qanday muskulning boshlanish qismi, boshi va birikish qismi - dumi
bo’lib, keng tanasi, ya`ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan
tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq suyakka birikib, qisqarganda
bo’g’imda xarakat bajariladi. Muskul tolalarining yo’nalishiga ko’ra muskullar
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali
bo’lishi mumkin (20-rasm).
Har qaysi muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa
parda bilan o’ralgan bo’lib, bu parda
fassiya
deb ataladi. Fassiya aloxida muskulni,
bir qancha muskulni yoki muskullarning xammasini o’rab turishi mumkin. Fassiya
bilan paylar orasida xarakatni engillashtiradigan sinoviy suyuqligi bor.
Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo’lishi mumkin. Uzun muskullar
ko’proq qo’l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli xarakatlarda qatnashadi. Kalta
muskullar xarakat qulochi kam bo’lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular
qovurg’alar, umurtqalar orasida bo’ladi.
Keng muskullar gavda atrofida joylashgan, masalan, ko’krak, qorin
muskullari va boshqalar. Ularning muskul tolalari xar tomonga yo’nalgan bo’lib,
boshlanish, birikish joyida keng pay - aponevroz hosil qiladi. Yumaloq muskullar
og’iz, ko’z atrofida uchraydi. Kalta yo’g’on muskullar baquvvat bo’lib, yuqorigi,
pastki kamarlarda va gavda orasida bo’ladi, masalan, deltasimon, dumba
muskullari. Organizmdagi muskullar xar - xil nomlanadi, masalan, boshlanish,
63
birikish joyiga ko’ra еlka-bilak muskuli; funksiyasiga ko’ra chaynash muskuli,
bukuvchi muskullar va boshqalar. Birikish boshiga qarab 2 boshli, 3 boshli va
xokazo; tuzilishiga ko’ra yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko’ra
peshona, еlka muskullari va xokazo; shakliga qarab kvadrat
(m.quadratus),
uch
burchak
(m.triangularis)
,
yumaloq
(m.teres),
deltasimon
(m.deltoideus),
tishsimon
(m.serratus),
kambalasimon
(m.soleus),
aylanma
(m.orbicularis)
, trapetsiyasimon
(m.trapezius),
rombsimon
(m.rhomboideus)
ham deb ataladi.
Tolalarning yo’nalishi bo’yicha muskullar to’g’ri parallel tolali
(m.rectus),
ko’ndalang tolali
(m.transversus),
aylanma tolali
(m.orbicularis)
muskullarga
bo’linadi. Aylanma tolali muskullar teshiklarni o’rovchi sfinkterlarni hosil qiladi.
Muskul tolalari pay o’qiga nisbatan har xil yo’nalishda ega bo’ladi. Agar
qiyshiq tolalar payni bir tomonida joylashsa muskul bir patli agar muskul tolalari
payni ikki tomonida joylashsa ikki patli
,
har tomonida joylashsa ko’p patli
deyiladi.
Vazifasiga qarab muskullar bukuvchi
,
yozuvchi
,
yaqinlashtiruvchi
,
uzoqlashtiruvchi
,
burovchi
,
ichkariga aylantiruvchi va tashqariga aylantiruvchi
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |