Ko’z yoshi suyagi (
os lacrimale )
kallaning yuz qismidagi eng nozik, kichik
to’rtburchak suyak. U ko’z yoshi kanalining ichki devori hosil bo’lishida
qatnashadi.
Ko’z kosasi medial devorini oldingi qismini hosil qiladi. Old va past
tomondan yuqori jag’ning peshona o’simtasi bilan, orqa tomondan g’alvirsimon
suyakning ko’z kosasi plastinkasi bilan, yuqoridan peshona suyagini ko’z kosasi
qismini ichki chekkasi bilan chegaralanadi.
Tanglay
(os palatinum ) suyagi 2 ta plastinkadan iborat juft suyak, bir-biri
bilan burchak hosil qilib birikadi. Gorizontal plastinkasi yuqorigi jag’ning tanglay
o’sig’i bilan birga qattiq tanglay hosil qiladi. Tik plastinkasi yuqorigi jag’
60
suyagining tanasiga yopishib, burun bo’shlig’i orqa qismining yon devorini hosil
qiladi.