G’alvirsimon
(os ethmoidale)
suyak
toq suyak bo’lib asosan, g’alvirsimon va
tik joylashgan plastinkadan tuzilgan. U qisman kalla suyagining miya qismiga,
qisman yuz qismiga kiradi. G’alvirsimon plastinka peshana suyagining ko’z
qismlari orasida bo’ladi. Tik plastinka g’alvirsimon plastinkaga perpendikular
joylashib, yuqorida tojsimon o’siqni, pastda burun to’sig’ining orqa qismini hosil
qiladi. Tik plastinkaning yon tomonlarida panjarasimon suyakning
labirintlari
joylashadi. har bir labirint tashqi tomondan ko’z kosasining ichki devori hosil
bo’lishida ishtirok etadigan yupqa suyak plastinka bilan o’ralgan. Labirintning
ichki yuzasidan burun bo’shlig’i ichiga burunning yuqori va o’rta chig’anoqlari
bo’rtib chiqib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |