Asosiy,
ya`ni,
ponasimon
(os sphenoidale
)suyak
toq suyak bo’lib, miya
qutisining asosida joylashgan. Tanasi va 3 juft o’sig’i bo’ladi. Tanasi ko’p qirrali,
ichi bo’sh, bu bo’shliq burun bo’shlig’iga tutashadi. Tanasi ensa suyagining asosiy
qismi bilan suyak yordamida birikadi. Tanasining ustki yuzasida botiq chuqurcha
bo’lib, u
turk egari
deb ataladi. Unda gipofiz bezi joylashgan. Tanadan yuqoriga
va tashqariga bir juft kichik qanot chiqqan. Uning chiqish joyida - asosida ko’rish
nervlari o’tadigan kanallar bor. Tanadan ikki yon tomonga katta qanotlar chiqadi.
Ularning tashqi, old, ichki yuzasi bo’ladi. Bu qanotlar asosida ovalsimon,
yumaloq, o’tkir qirrali teshiklar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |