Kalla suyaklarining birikishi.
Kallaning pastki jag’ suyagidan tashqari,
barcha suyagi harakatsiz chok yordamida birikkan. Asosiy suyakning tanasi 20
yoshdan keyin ensa suyagining asosiy qismiga suyak yordamida birikib ketadi.
Kalladagi choklar 3 xil: tangasimon, tekis tishli yoki arrasimon bo’ladi. Tishli
chokda bir suyakning tishchalari ikkinchi suyakning tishchalari orasiga kiradi.
Miya qopqog’i suyaklaridagi choklar har xil yo’nalishda joylashgan. Peshana
suyaklarining tepa suyaklari bilan birikishi, tepa suyaklarining o’zaro birikishi va
boshqalarni bunga misol qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |