Qorinning
ko’ndalang
muskuli
(m.transversus
abdominus)
keng
muskullarning eng ichkisi bo’lib, tolalari ko’ndalang yo’nalgan. U bel
umurtqalarining yon o’simtasidan, yonbosh suyagining ichki qirrasidan, pastki
qovurg’alarning ichki yuzasidan va chov kanalidan boshlanib, oldinda
aponevrozga aylanadi xamda qorinning o’rta chizig’ida ikkinchi tomondagi shu
muskul aponevroziga birikadi. Qorinning o’rtasida muskul paylari oq chiziq hosil
qiladi. (21-rasm) Muskul qorin bosimini oshiradi, qovurg’alarni oldinga, o’rta
chiziqqa tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |