Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Suyaklarning  tuzilishi.
  Suyaklarning  tashqi  yuzasi  yupqa  parda  - 
periost 
bilan qoplangan. Periost pishiq tolasimon biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Periost 
tashqi  fibroz  va  ichki  qon  tomirli  qavatlardan  tashkil  topgan.  Periostning  mayda 
teshiklari orqali suyak ichkarisiga uni oziqlantiruvchi qon tomirlari kiradi. Periost 
ostida
  qattiq  modda,
  uning  ostida
  g’ovak  modda
  bo‘ladi.  Xamma  uzun  suyaklar 
(son suyaklari, еlka suyaklari va boshqa suyaklar)ning o’rta qismi
 g‘ovak
 bo’ladi, 
shuning uchun ularni nayga o’xshatish mumkin. Odam tug’ilganda bu kovak
 qizil 
ilik 
(biriktiruvchi to’qimaning aloxida turi) bilan to’lgan, organizm o’sgan sari bu 
qizil  ilik  o’rniga  yog’  to’qimasidan  iborat 
sariq  ilik
  hosil  bo’ladi.  Suyaklarning 
nayga  o’xshash  tuzilganligi  organizm  uchun  zarur  bo’lgan  mustaxkamlikni 
ta`minlaydi.  Kalta  va  yassi  suyaklarning,  shuningdek,  uzun  suyaklarning  uchi 
kovak  bo’lmaydi.  Bu  suyaklarning  qattiq  modda  qavati  ostida  g’ovak  modda 
(ko’mik)  bor,  g’ovak  modda  ichida  esa  odam  umrining  oxirigacha  saqlanadigan 
qizil  ilik  bo’ladi.  G’ovak  modda  ko’pdan-ko’p  suyak  hovonlardan  iborat.  Bu 
hovonlar  yuk  bosimiga  va  suyakka  birikkan  muskullarning  tortilishiga  bardosh 
beradigan yo’nalishda joylashgan. Bu suyakni еngil va shu bilan birga, mustaxkam 
qiladi. Suyakning asosiy qismini
 suyak to’qimasi
 tashkil etadi. 
Har  bir  suyak  (os)  alohida  a`zodir.  Suyak  murakkab  tuzilishga  va  kimyoviy 
tarkibga ega. Suyaklarning tuzilishida suyak to’qimasi muhim ahamiyatga ega.  
U  metalldek  qattiqlikka  ega  bo’lib,  yangi  ajratilgan  suyakda  22%  gacha  suv, 
organik  moddalar,  jumladan  yog’  va  noorganik  moddalar  bo‘ladi.  Yog’sizlantirib 
quritilgan suyakni 1/3 qismini organik moddalar (ossein, xitin, muguz modda), 2/3 


26 
 
 
qismi esa noorganik moddalar (kaltsiy tuzlari, ayniqsa ohak orta fosfati—51,04%, 
kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi.  
Noorganik  moddalar  yoki  mineral  tuzlar  suyakni  qattiq  va  pishiqligini  hosil 
qilsa,  organik  moddalar  uning  elastikligini  ta`minlaydi.  Suyakda  noorganik 
moddalarning  miqdori  yoshga  qarab  ko’payib  boradi,  shuning  uchun  qari 
odamlarning  suyagi  nisbatan  mo’rt  bo’ladi.  Bolalar  suyagining  elastikligi  uning 
tarkibida  organik  moddalarning  ko’p  bo’lishiga  bog’liq.  Agar  suyakni  kuchli 
kislotaga  solinsa,  mineral  tuzlar  erib,  ossein  moddasi  qoladi,  bunda  suyak 
qattiqligini  yo’qotib elastik bo’lib  qoladi.  Agar  suyakni olovda  qizdirsak,  organik 
moddalar  yonib  ketadi  va  suyakning  elastikligi  yo’qoladi,  bunday  suyak  tezda 
kulga aylanadi.  
Bulardan tashqari suyaklar tarkibida vitaminlar (A, D, C) ham bo’ladi. Agar D 
vitamini еtishmasa suyakning mineral tarkibi  buzilib, raxit kasalligi kelib chiqadi. 
A  vitamini  еtishmasa  suyaklar  yo’g’onlashib,  suyak  bo’shliqlari  va  kanalchalari 
kattalashib ketadi.  
Suyakning tashqi qavati kompakt moddadan iborat bo’lib, uning ostida g’ovak 
modda joylashgan. Naysimon suyaklarning diafizida kompakt modda qalin, g’ovak 
va  yassi  suyaklarda  esa  yupqa  bo’ladi.    Suyakning  kompakt  moddasining  asosini 
osteon  hosil  qiladi.    Osteon  kanalchalarida  qon  tomir  va  nerv  tolalari  joylashgan. 
Uning  atrofini  zich  suyak  qatlami  (kompakt)  modda  o’ragan.  Osteon  qatlamlari 
orasini oraliq moddalar to‘ldirib turadi, ular qattiq, ichida kollagen tolalari bor oqsil 
moddalardan tashkil topgan. 
Suyaklarning  g’ovak  moddasi  suyak  to’sinlari  va  ular  o’rtasida  joylashgan 
katakchalardan iborat bo’ladi.  
Suyaklar tuzilishi, rivojlanishi va vazifalariga ko’ra quyidagicha tasniflanadi.  

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish