Odam qomatining tuzilishi.
Odam bo’yining turlicha bo’lishi uning nasliga,
ijtimoiy sharoitiga, atrof-muhitga bevosita bog’liq bo’ladi. Qomatning tuzilishi uch
turga ajratiladi.
1. Dolixomorflar (asteniklar) — uzun bo’yli, tor ko’krakli, еlka oralig’i
qisqa, qo’l va oyoqlari uzun kishilar.
2. Braxiomorflar (gipersteniklar) — pastbo’yli, ko’krak qafasi, еlkalari
keng, qo’l va oyoqlari nisbatan kalta bo’ladi.
3. Mezomorflar (normosteniklar) — o’rta bo’ylilar, yuqorida bayon
etilgan astenik va gipersteniklarning o’rtasidagi odamlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |