Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Nerv  to’qimasi.
  Nerv  to’qimasi tashqi  muhit  ta`sirida  ichki organlarda  sodir 
bo’ladigan  ta`sirotlarni,  ya`ni  qo’zg’alish,  turli  sezgilarni,  nerv  impulslarini 
o’tkazish vazifasini bajaradi. Nerv to’qimasi
 neyron
 va yordamchi nerv to’qimasi -
 
neyrogliyadan
  tuzilgan.  Neyrogliya  ko’p  o’siqli  xujayralardan  iborat.  Neyrogliya 
xujayralari orasida nerv xujayralari joylashadi. Neyrogliya xujayralari neyronlarga 
nisbatan  tayanch-trofik  funksiyani  bajaradi.  Neyron  ya`ni  nerv  xujayrasi  va  bir 
necha  o’simtalardan  iborat.  Uzun  o’simtalar
  neyrit,
  katta  o’simtalar  -
  dendritlar 
deb ataladi. Nerv hujayralari turli - tuman shaklda: yulduzsimon, yumaloq, oval va 
noksimon  bo’ladi.  Ular  nerv  sistemasining  turli  qismida  joylashgan.  Nerv 
xujayrasidan  chiqqan  neyritning  uzunligi  bir  metr  va  undan  ham  uzun  bo’lishi 
mumkin.  Kalta  tolalari  ko’p  tarmoqli  bo’lib,  bir  nechta  bo’ladi.  Nerv  tolasini 
miyelin parda, uning ustini esa shvann pardasi - nevrilemma o’rab turadi. Miyelin 


19 
 
 
parda  nerv  tolasining  ba`zi  qismlarida  biroz  torayib,  Ranve  bog’lamlari 
(bo’g’imlari)ni  hosil  qiladi.  Bu  pardalar  nerv  tolalarini  bir  -  biridan  ajratadi  va 
himoya vazifasini bajaradi.
 
 
Nerv  to’qimasi  nerv  hujayralari  va  neyrogliyadan  iborat.  Nerv  hujayralari 
ta`sirlanish  natijasida  qo’zg’olish  holatiga  kelish,  impulslar  hosil  qilish  va  ularni 
uzatish  qobiliyatiga  ega.  Neyrogliya  trofik,  tayanch,  himoya  va  chegaralash 
faoliyatiga  ega.  Nerv  hujayralari  va  neyrogliya  morfologik  va  funktsional  bir 
tizimni hosil qiladi. U organizmni tashqi muhit bilan aloqasini o’rnatib, organizm 
ichidagi  faoliyatlarni  muvofiqlashtirib,  uning  bir  butunligini  ta`minlaydi.  Nerv 
tizimining  morfofunktsional  birligi  nerv  hujayrasi  –  neyron  yoki  neyrotsit  bo’lib, 
unda tanasi va turli uzunlikdagi o’siqlari bo‘ladi. Neyron tanasining o’lchamlari 3–
4 mkm dan 130 mkm gacha bo‘lishi mumkin. Nerv hujayrasi o’siqlari yoki tolalari 
nerv impulsini o’tkazib berib, uning uzunligi bir necha mikrondan 1–1,5 m gacha 
bo‘ladi. Nerv hujayrasida ikki xil o‘simta tafovut qilinadi. 1. Akson yoki neyrit – 
uzun  o’siq  bitta  bo’lib,  hujayra  tanasidan  impulsni  boshqa  hujayraga  yoki  ishchi 
a`zoga  o’tkazib  beradi.  2.  Dendritning  soni  turli  xil  neyronlarda  turlicha  bo‘lib, 
ular  qisqa  va  shoxlangan  bo‘lishi  mumkin.  Dendritlar  impulsni  nerv  hujayrasi 
tanasiga  o’tkazadi.  Sezuvchi  neyronlarning  dendritlarini  periferik  uchida  
retseptorlari  bo’ladi.  Neyronlar  o’siqlarining  soniga  qarab  bipolyar  (ikkita 
o’siqchali),  multipolyar  (ko’p  o’siqchali)  va  soxta  unipolyar  (bitta  o’siqchali) 
turlarga bo’linadi. Soxta unipolyar neyronlar tanasidan bitta umumiy o’siq chiqib, 
keyinchalik  T  –  shaklida  akson  va  dendritga  bo’linadi.  Bu  shakl  sezuvchi 
neyronlarga xos. Nerv hujayrasida bitta yadro bo’lib, ichida 2–3 yadrochalari bor. 
Nerv  hujayrasi  tsitoplazmasida  barcha  hujayralarga  xos  kiritmalardan  tashqari 
tigroid  modda  va  neyrofibrillyar  apparat  bor.  Tigroid  modda  hujayra  tanasi  va 
dendritlarda  joylashadi.  U  hujayralarning  funktsional  holatiga  qarab  o’zgarib 
turadi.  Haddan  tashqari  qo’zg’olish,  shikastlanish,  kislorod  еtishmovchiligi 
bo’lganida u parchalanadi va yo’qoladi. Neyrofibrillar hujayra tanasida to’r hosil 
qilsa, o’siqlarda tolalar yonida bir-biriga paralel joylashadi.  


20 
 
 
Neyrogliya turli shakl va hajmdagi hujayralardan iborat bo’lib, ikki guruhga: 
makrogliya va mikrogliyaga bo’linadi.  
Pardalar bilan o’ralgan nerv hujayralarining o’siqlari nerv tolalari deb ataladi. 
Pardasining  tuzilishiga  qarab  miyelinli  va  miyelinsiz  nervlar  tafovut  qilinadi. 
Biriktiruvchi to’qima bilan qoplangan miyelinli va miyelinsiz nerv tolalari dastasi 
nerv  poyalari  yoki  nervlarni  hosil  qiladi.  Nerv  tolalari  oxirgi  uchlari  faoliyatiga 
qarab  uch  guruh:  sezuvchi  yoki  retseptorlar,  harakatlantiruvchi  va  sekretor  yoki 
effektorlar  va  boshqa  neyronlarda  tugovchi    uchlar  –  neyronlararo  sinaps  tafovut 
qilinadi.  
Sezuvchi  nerv  uchlari  (retseptorlar)  sezuvchi  neyronlarning  dendritlari 
shoxlarida  hosil  bo’ladi.  Joylashgan  joyiga  qarab  retseptorlarning  quyidagi turlari 
tafovut qilinadi:  
1.  Eksteroretseptorlar  tashqi    muhitdan  ta`sirotlarni  qabul  qiladi.  Ular  teri  va 
shilliq pardalar, hamda sezgi a`zolarida joylashgan. 
2.  Interoretseptorlar  organizmning  ichki  muhitini  kimyoviy  tarkibi 
o’zgarganda ichki a`zolardan ta`sirotni qabul qiladi.  
3.  Proprioretseptorlar  muskul,  pay,  fastsiya,  boylam  va  bo’g’im  xaltasidan 
ta`sirotni qabul qiladi. 
Effektorlar 
ikki 
xil: 
harakatlantiruvchi 
va 
sekretor 
bo’ladi. 
Harakatlantiruvchi nerv oxiri harakatlantiruvchi hujayralarning neyritlarini muskul 
to’qimadagi  oxirgi  shoxlari  bo’lib,  nerv-muskul  uchi  deb  ataladi.  Sekretor  nerv 
oxiri bezlarda nerv-bez uchini hosil qiladi. Bu nerv uchlari nerv – to’qima sinapsini 
tashkil qiladi. 
Nerv hujayralari o’rtasidagi bog’lanish sinapslar vositasida bo’ladi. Ular bir 
hujayraning neyritini oxirgi shoxlarini, boshqa hujayra tanasi dendriti yoki aksoni 
o’rtasida  bo’ladi.  Sinapsda  nerv  impulsi  faqat  bir  yo’nalishda  o’tadi.  Nerv 
tizimining turli qismlarida ular turlicha tuzilgan. 


21 
 
 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish