Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


138 
 
 
IV-BOB.     TERINING   TUZILISHI 
      Teri  ko’p  qavatli  epiteliy  to’qimasidan  tashkil  topgan  bo’lib,  odam  tanasini 
tashqi  tomondan  o’rab  turadi.  Uning  sathi  o’rta  yoshli  odamlarda  1,5-2  m  gacha 
bo’ladi. Terining qalinligi tananing turli sohalarida turlicha bo’ladi. Tananing orqa, 
son, qo’lning kaft, oyoqning tovon soxalarida terining qalinligi 4 mm gacha, qovoq 
terisi undan o’n marta yupqa - 0,4 mm bo’ladi. Teri uch qavatdan iborat:  
1) epidermis - terining eng ustki qavati; 2) derma - asl teri qavati; 3) gipoderma - 
teri osti yog’ qavati.  
       Epidermis  epiteliy  to’qimasining  ko’p  qavatli  yassi  hujayralaridan  tashkil 
topgan. Uning ustki qavatidagi hujayralar tez-tez emirilib (po’st tashlab), ularning 
o’rniga  yangi  hujayralar  hosil  bo’lib  turadi.  Epidermisning  ustki  qavati  har  7-11 
kunda  butunlay  yangilanadi.  Epidermisning  qalinligi  tananing  turli  joylarida 
turlicha, ya`ni 0,1 mm dan to 1,5 mm gacha bo’ladi. Tananing ko’p ishqalanadigan 
joylarida,  ya`ni  ko’lning  kafti,  oyoqning  tovoni  -  kaft,  panja  yuzasida  epidermis 
qalin bo’ladi. Yosh bolalarda epidermis kattalarnikiga nisbatan yupqa bo’ladi. 
Epidermisning xujayralari bazal qavatdan  boshlanib,muguz  qavatga tomon  surilib 
boradi.Vazal  membranada  joylashgan  xujayralardan  boshlab  xisoblaganda 
epidermis xujayralarini 5 qavatga ajratish mumkin. 
1.
 
Bazal qavat xujayralari, 
2.
 
Tikansimon xujayralar qavati, 
3.
 
Donodor xujayralar qavati, 
4.
 
Yaltiroq qavat 
5.
 
Muguz qavat  
 
Bazal qavat xujayralari mitoz yo‘li bilan bo‘linib ko‘payadi va keyingi qavat 
xujayralariga  aylanadi.  Bazal  qavat  xujayralari  tarkibida  teriga  rang  beruvchi  teri 
pigmenti - melaninni sintezlovchi melonatsit xujayralar xam bo‘ladi.Epidermisning 
xujayralari  bazal  membranadan  uzoqlashgan  sari  ularning  oziqlanishi  buziladi  va 
ularda  muguzlanish  jarayoni  boshlanadi.Muguzlanish  natijasida  epidermisning 


139 
 
 
yuqori  qavatlarida  muguz  modda-keratin  oqsili  to‘planadi.  Epidermisning 
keratinga boy bo‘lgan yuqori qavat xujayralari tushib turadi. 
Derma  epidermisning  tagida  joylashgan  bo’lib,  biriktiruvchi  to’qimadan 
tashkil  topgan,  Unda  juda  ko’p  mayda  qon  va  limfa  tomirlari,  nerv  tolalarining 
uchlari,  retseptorlar,  soch  va  tuk  ildizlari,  ter  va  yog’  bezlari,  mayda  muskul 
tolalari bo’ladi. Bu teri kavatining qalinligi ham epidermisga o’xshab tananing turli 
joylarida  har  xil  bo’ladi.  Ko’p  ishqalanadigan  joylarda,  ya`ni  qo’l  va  oyoq  kafti, 
dumba,  tirsak  soxalarida  qalin  bo’yin,  ko’l-oyoq  bo’g’imlarining  bukilish 
sozhalarida  yupqa  bo’ladi.  Gipoderma  asl  teri  qavatining tagida  joylashgan.  Yog’ 
qavati  ayollarda  erkaklarga  nisbatan  qalinrok  bo’ladi.  Ko’pchilik  odamda  yoshi 
keksaygan  sari  terining  yog’  qavati  qalinlashib  boradi,  chunki  harakatlanish, 
jismoniy  ish  bajarish  kamayganligi,  moddalar  almashinuvining  sekinlashishi 
natijasida  teri  ostida  yog’  ko’proq  to’planadi.  Terini  rangi  uning  tarkibidagi 
pigment  miqdoriga  bogliq.  Ba’zi  sohalarda  (yorg‘oq,  sut  bezi  so‘rg‘ichi  atrofida, 
uyatli lablar va anus atrofida) pigment ko‘proq to‘plangan. 
 
Sochlar  terini  turli  sohalarida  turlicha  qoplagan.  Ular  epidermis  hosilasi 
bo‘lib, teri usti qismi va ildizi tafovut qilinadi. Ildizi teri ichida joylashib, sochning 
o‘suvchi kengaygan qismi  soch piyozchasini hosil qiladi. Soch ildizi biriktiruvchi 
to‘qimali  qopcha  ichida  joylashadi.  Bu  qopcha    ichiga  yog‘  bezlarining  chiqaruv 
nayi  ochiladi.  Uni  halqasimon  muskullar  o‘rab  turadi.  Sochning  rangi  uning 
tarkibidagi  pigmentga  bog‘liq.  Soch  tarkibida  havo  pufakchalari  paydo  bo’lib, 
pigment yo‘qolsa soch oqaradi. 
 
Tirnoqlar epidermisni dag‘allashishidan paydo bo‘ladi. Bu tirnoqni o‘suvchi 
qismi  hisoblanadi.  Tirnoqda  tirnoq  yorig‘ida  joylashgan  ildizi  tanasi  va  tirnoq 
o‘rnidan  tashqarida  joylashgan  erkin  chekkasi  tafovut  qilinadi.  Tirnoqni  ildizi  va 
yon tomonidan chegaralagan teri burmalarni tirnoq bolishlari deyiladi. 
  
Teri hosilalariga ter, yog‘ va sut bezlari kiradi. 
  
Ter bezlari oddiy naysimon bez bo‘lib, dermani chuqur qavatida joylashadi. 
Ularning  uzun  chiqaruv  nayi  teri  yuzasiga  ochiladi.  Ter  bezlari  terida  bir  xil 


140 
 
 
tarqalmagan. Ular qo‘ltiq osti, chov sohalari, qo‘l va oyoq kaftida ko‘p bo‘ladi. Ter 
bezlari  suyuqlik  bilan  birga  turli  modda  almashinuvda  hosil  bo‘lgan  moddalarni 
ajratadi va termoregulyatsiyada katta ahamiyatga ega. 
 
Yog‘  bezlari  tuzilishi  jihatidan  oddiy  alveolyar  bezlar  turkumiga  kirib 
so‘rgichsimon  va  to‘r  qavat  chegarasida  joylashgan.  Ularning  naylari  soch 
qopchasiga ochiladi. Qo‘l va oyoq kaftida yog‘ bezlari yo‘q. 
 
Sut  bezi 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish