Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

(glandula  mammaria)
  juft  a’zo  bo‘lib,  ter  bezlarida  takomil  etgan 
sut  ishlab  chiqarishiga  moslashgan.  U  III-VI  qovurga  sohasida  katta  ko‘krak 
muskuli ustida joylashgan. Bezning o‘rta qismida so‘rg‘ichi  bo‘lib, uchida 10-15 
ta  sut  naychalari  bo‘ladi.  So‘rg‘ich  atrofidagi  soha  so‘rgich  yoni  doirasida  va 
so‘rg‘ichda pigment ko‘p bo‘ladi. Sut bezining tanasi 15-20 ta bo‘laklardan iborat 
bo‘lib,  ular  o‘zaro  yumshoq  tolali  biriktiruvchi  to‘qima  va  yog’  to‘qimasi  bilan 
ajragan. Bez bo‘laklari murakkab alveolyar bez tuzilishiga ega bo‘lib, so‘rg‘ichga 
nisbatan  radial  joylashgan.  Ularning  chiqaruv  nayi  sut  bezi  so‘rg‘ichi  uchiga 
ochiladi.  Bu  bezlardan  ajraladigan  sut  tarkibida  1,5  %  oqsil,  4,5  %  yog’,  6,5  % 
uglevodlar,  0,3  %  har  xil  mineral  tuzlar,  87  %  suv  hamda  vitaminlar  va  har  xil 
fermentlar bo’ladi. Ona suti bola bir yoshga kirguncha unga asosiy va muhim oziq 
bo’lib  hisoblanadi.Ona  sutida  antitelalar  bo’lib,  ular  bolani  har  xil  yuqumli 
kasalliklardan  himoya  kiladi,  ya`ni  immunitet  vazifasini  bajaradi.  Sog’lom 
ayolning  ko’krak  bezlaridan  bir  kecha-kunduzda  1  -  1,5  l  va  undan  ko’proq  sut 
ajraladi. 
Bolalarda  va  yosh  odamlarda  teri  yumshoq,  elastik  va  silliq  bo’ladi.  Yosh 
ulg’aygan sari terining elastiklik va silliklik xususiyati yo’qola boradi, ya`ni u salqi 
bo’lib qoladi, ajin tushadi, rangining tiniqligi pasayadi. 
Asl teri qavatida soch va tuk tolalarining ildizi joylashgan. Teridagi tuklar har 
50  kunda  kipriklar  har  3-5  oyda  almashinadi.  Boshdagi  sochlar  bir  necha  yil 
saqlanadi.  Sog’lom  odamning  sochi  bir  kecha-kunduzda  0,4  mm  o’sadi.  Keksa 
odamlarda  sochning  o’sishi  sekinlashadi,  uning  tolalari  ingichkalashadi.  Sog’lom 
odamning  sochi  ancha  baquvvat  bo’lib,  bitta  tolasi  100  g  gacha  yukni  ko’tarishi 


141 
 
 
mumkin, xotin-qizlarning o’rilgan soch tutami 20 t yukni ko’tarishi mumkin. Soch 
mustahkamligiga ko’ra misdan keyinda, temirdan oldinda turadi. Odamning sochi 
35-40 yoshdan asta-sekin okara boshlaydi, bu normal fiziologik hol bo’lib, sochga 
rang  beruvchi  pigmentlarning  parchalanishi  natijasida  sodir  bo’ladi.  Ammo  og’ir 
qayg’u, asabiylashish oqibatida soch birdaniga oqarishi mumkin. Tirnoqlar terining 
tashqi  epidermis  qavatidan  hosil  bo’ladi.  Ular  barmoq  uchlarini  tashqi  muhit 
ta`sirlaridan  himoya  qiladi.  Shu  bilan  birga,  o’sgan  tirnoqlar  orasida  ko’plab 
mikroblar  to’planishi  mumkin,  bu  esa  odamning  har  xil  yuqumli  kasalliklarga 
chalinishiga  sabab  bo’ladi.  Shuning  uchun  doimo  tirnoqlarni  o’z  vaqtida  olib, 
ularni toza saqlash kerak. 
 
                                                                                   39-rasm.Terining tuzilishi 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish