Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va


Erkaklarning tashqi tanosil a`zolari



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

Erkaklarning tashqi tanosil a`zolari 
 
Erkaklarning tashqi tanosil a`zolariga erlik olati va  yorg’oq kiradi. 
 
Erlik olati erkaklarda siydikni chiqarishga va urug’ni otishga xizmat qiladigan 
a`zo.  U  uch  qismdan  iborat.  Erlik  olatining  orqa  qismi-ildizi  qov  suyaklariga 
birikkan.  Uning  oldingi  erkin  qismi-tanasini  oldingi  yuqorigi  yuzasini  olat  orqasi 
deb  ataladi.  Erlik olati tanasi  yupqa,  oson  suriluvchi teri bilan qoplangan.  Bu  teri 
yuqori  tomonga  qov  terisiga,  pastga  esa  yorg’oq  terisiga  o’tib  ketadi.    erlik  olati 
tanasining oldingi qismida uning terisi erlik olati  boshini yopuvchi yaxshi bilingan 
teri burmani- erlik olati kertmagini hosil qiladi va olat bo’yniga birikadi. Erlik olati 
boshining pastki tomonida kertmak olat boshi bilan siydik chiqaruv kanalini tashqi 
teshigigacha  boruvchi  kertmak  yuganchasini  hosil  qilib  birikadi.  Erlik  olatining 
oldingi  qismi  olot  boshi  bo’lib  tugaydi.  Unda  kengaygan  qismi-toji  va  toraygan 
bo’yni  tafovut  qilinadi.  Olat  boshini  cho’qqisida  erkaklarning  siydik  chiqaruv 
kanalini  tashqi  teshigi  joylashgan.  Teri  burmaning  ichki  yuzasi  va  olatning  boshi  
olat  tanasi  terisidan  farq  qiluvchi  yupqa,  nozik  teri  bilan  qoplangan.  Erlik  olati 
ichki yuzasi terisida bezlar bor.  
 
Erlik olati ustida yonma-yon joylashgan juft g’ovakli tana va ularning ostida 
yotgan toq g’ovakli tanadan iborat. Juft g’ovakli tananing har biri silindr shaklida 
bo’lib,  orqa  uchlari  o’tkirlashib,  erlik  olati  oyoqchalarini  hosil  qilib,  qov 
suyaklarining  pastki  shoxlariga  birikadi.  Ularni  ust  tomondan  oqliq  pardao’ragan 
bo’lib, bu parda  ularning o’rtasida  erlik olati to’sig’ini  hosil qiladi.  Toq g’ovakli 
tana orqa tomonda kengayib olat piyozchasini hosil qilsa, oldingi uchi qalinlashib 
olat  boshini  hosil  qiladi.  Toq  g’ovakli  tana  tashqi  tomondan  oqliq    parda  bilan 
o’ralib ichidan siydik chiqaruv nayi o’tadi.  
 
Erlik  olatining  juft  va  toq    g’ovakli  tanalari  endoteliy  bilan  qoplangan  ko’p 
sonli  bo’shliqlardan  iborat  bo’lib,  qon    bilan  to’lganida  ular  kengayib,  erlik  olati 
tanasi  shishib  qattiqlashadi.  Erlik  olatining  juft  va  toq  g’ovak  tanalarini  ust 
tomondan yuza va chuqur fastsiyalar o’ragan. Erlik olati  yuza va chuqur osiltirib 
turuvchi  boylamlar  bilan  mustahkamlangan.  Yuza  boylam  qorinning  oq  chizig’i 


134 
 
 
sohasida boshlanib, erlik olatining yuza fastsiyasiga birikadi. Chuqur boylam qov 
simfizining pastki qismidan boshlanib, juft g’ovak tanalar oqliq pardasiga birikadi. 
Erlik  olati  yangi  tug’ilgan  o’g’il  bolada  qisqa,  uzunligi  2-2,5  sm.  Juft  g’ovak 
tanalar kam taraqqiy etgan Toq g’ovak tana yaxshi rivojlangan bo’lsa ham, uning 
piyozchasi o’lchamlari kichik. Olat terisi harakatchan bo’lib, uning boshi sohasida  
kertmak  hosil  qiladi.  Bu  kertmak    uzun  bo’lib,  olat  boshini  berkitib  turadi.  Erlik 
olati balog’at davrigacha sekin o’sadi, so’ng uning o’sishi tezlashadi.  

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish