28-§ Ayollarning jinsiy a`zolari
Ayollarning jinsiy a`zolari ikki guruhga bo’linadi. Ichki jinsiy a`zolarga
tuxumdon, bachadon, bachadon nayi va qin kiradi. Tashqi jinsiy a`zolarga
ayollarning jinsiy sohasi va klitor kiradi.
Tuxumdon
Tuxumdon juft ayollar jinsiy bezi bo’lib kichik chanoq bo’shlig’ida
joylashgan. Unda ayollar jinsiy hujayralari rivojlanib etiladi va jinsiy gormonlar
ishlab chiqariladi. Tuxumdon cho’zinchoq shaklda bo’lib, oldindan orqaga qarab
biroz yassilashgan. U och pushti ranli, tuqqan ayollarda usti g’adir - budir.
Tuxumdonning uzunligi o’rtacha 2,5 sm, kengligi 1,5 sm, qalinligi 1 sm, og’irligi
5-8 g. Unda medial va lateral yuzalari qavariq erkin qirra va oldingi tutqichli
qirrasi tafovut qilinadi. Tuxumdonning tutqichli qirrasida botiqlik, tuxumdon
darvozasi joylashgan. Undan arteriya va nervlar tuxumdon ichiga kirsa, vena va
limfa tomirlar chiqadi. Tuxumdonning bachadon nayiga qaragan yuqori uchi va
bachadonga qaragan pastki uchi bo’lib u bachadonga tuxumdonning xususiy
boylami vositasida birikkan. Bu boylam yumaloq tizimcha shaklida bachadonning
keng boylami varaqlari ichida yotadi. U tuxumdonning bachadon uchidan
boshlanib, bachadonning lateral burchagiga birikadi. Bundan tashqari tuxumdonni
osiltirib turuvchi boylami bor. U kichik chanoq bo’shlig’i devoridan tuxumdonga
keluvchi qorinparda burmasidan iborat. Bu boylamni ichida tuxumdonning qon
tomirlari va fibroz tolalar joylashgan Tuxumdon bachadonning keng boylamini
135
orqa varag’idan boshlanib, uning tutqichli qirrasiga birikkan qisqa tutqich bilan
mustahkamlanadi. Tuxumdon tashqi tomondan bir qavatli pusht epiteliyi bilan
qoplangan bo’lib, uning ostida pishiq biriktiruvchi to’qimali oqliq parda yotadi.
Tuxumdon parenximasi ichki va tashqi qavatga ajratiladi. Ichki qavat o’rtada
joylashib, mag’iz modda deb ataladi. U yumshoq biriktiruvchi to’qima, qon va
limfa tomirlar, hamda nervlardan iborat. Tashqi po’stloq qavatda etilgan
follikulalar va birlamchi follikulalar bor. Etilgan follikula ichida ayollar jinsiy
hujayralari bo’ladi. Follikula pufakcalari tuxumdonning yuza qavatiga yaqinlashib
yoriladi va tuxum hujayra qorin bo’shlig’iga chiqib bachadon nayi shokilalari
yordamida bachadon nayining qorin teshigi orqali bachadon nayiga kiradi.
Yorilgan follikula o’rnida qon bilan to’la pufak qolib, sariq tana hosil bo’ladi.
Tuxum hujayra urug’lanmasa sariq tana kichrayib oq tanaga aylanib ketadi. Tuxum
hujayra urug’lanib, homila hosil bo’lsa, sariq tana kattalashib diametri 1,5-2 smga
etadi. U o’zidan sariq tana gormonini ishlab chiqarab, homillaning o’sishida
ishtirok etadi. Follikulalar yorilib tuxum hujayra chiqqan sari tuxumdon kichrayib,
yuzasi burishib qoladi.
Yangi tug’ilgan qiz bolaning tuxumdoni tsilindr shaklida. Uning uzunligi 1,9
sm, kengligi 3-7 mm, qalinligi 2,5 mm, og’irligi 0,16 g келади. Tuxumdon yuqori
V bel umurtqasi sohasida katta bel muskulining oldingi yuzasida joylashadi. Ular
oldinga tomon oғган bo’lib, qorinning oldingi devoriga tegib turishi mumkin. 3-5
yoshlarda tuxumdon pastga tushib, o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida ko’ndalang
holatni oladi. Bolalikning birinchi davri oxirida u kichik chanoq bo’shlig’iga
tushib doimiy joyini oladi.
Yangi tug’ilgan va emizikli qiz bolada tuxumdonning yuzasi silliq, bir qavat
pusht epiteliyi bilan qoplangan. Uning ostida oqliq parda yotadi. Yangi tug’ilgan
qiz bola tuxumdoni kesmasida po’stloq qavati keng, mag’iz qismi yumshoq
tuzilishga ega. Unda qon tomirlar va biriktiruvchi to’qima ko’p. Po’stloq va mag’iz
qismi bir-biridan ma`lum bir chegara bilan ajralmagan. Tuxumdonning po’stloq
qismida 300-400 ming etilmagan follikulalar bo‘ladi. Emizikli davrda birlamchi
136
follikulalar soni kamayadi va o’smirlik davrida har bir tuxumdonda 10 mingga
yaqin follikula qoladi. Bu davrda tuxum hujayralar birin-ketin etila boshlaydi va
birlamchi follikulalar ikkilamchi follikulalarga aylanadi. Tuxumdon gormonlar
ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormonlar ta`sirida ayollarning jinsiy a`zolari
rivojlanadi va ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. O’smirlik davrida etilgan
follikulalarning shishishi va sariq tananing hosil bo’lishi bilan birga tuxumdon
yuzasida g’adir-budirlik paydo bo’ladi.
Bachadon toq muskuldan tuzilgan a`zo bo’lib, unda homila rivojlanadi. U
noksimon shaklda bo’lib, oldindan orqaga qarab yassilashgan. Bachadon kichik
chanoq bo’shlig’ini o’rtasida qovuqning orqasida, to’g’ri ichakning oldida
joylashgan. Bachadonda tubi, tanasi va bo’yni tafovut qilinadi.
Bachadonning tubi unga bachadon naylari kiradigan chiziqdan yuqorida
do’ng shaklida ko’tarilib turadigan qismi.
Bachadonning tanasi konus shaklidagi o’rta katta qismi. U pastga tomon
torayib yumaloq bachadon bo’yniga o’tib ketadi. Tananing bo’yinga o’tish joyi
torayib bachadonning toraygan qismni hosil qiladi. Bachadon bo’yni ikki: qin
ichiga kirib turgan qin qismi va qin usti qismidan iborat. Uning qin qismiga
bachadon teshigi ochiladi. Bu teshik tug’magan ayollarda yumaloq yoki
cho’zinchoq shaklda, tuqqan ayollarda esa ko’ndalang tirqish shaklida bo’ladi.
Bachadon teshigi oldingi va orqa lablar bilan chegaralanib turadi. Orqa lab yupqa
bo’lib, unga qin devori yuqoriroq birikadi. Bachadonning qovuqqa qaragan oldingi
yuzasi
,
to’ri ichakka qaragan orqa yuzasidan o’ng va chap chekkalari bilan ajrab
turadi. Katta ayollar bachadonning o’rtacha uzunligi 7-8 sm, kengligi 4 sm,
qalinligi 2-3 sm, og’irligi tug’magan ayollarda 40-50 g, tuqqan ayollarda 80-90 g
tashkil etadi.
Tuxumdonning po’stloq qismida 300-400 ming etilmagan follikulalar bor.
Emizikli davrda birlamchi follikulalar soni kamayadi va o’smirlik davrida har bir
tuxumdonda 10 mingga yaqin follikula qoladi. Bu davrda tuxum hujayralar birin-
ketin etilaboshlaydi va birlamchi follikulalar ikkilamchi aylanadilar. Tuxumdon
137
gormonlar ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormonlar ta`sirida ayollarning jinsiy
a`zolari rivojlanadi va ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi. O’smirlik davrida
etilgan follikulalarning shishishi va sariq tananing hosil bo’lishi bilan birga
tuxumdon yuzasida g’adir-budirlik paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |