Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funktsiyalarini va



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/245
Sana24.01.2022
Hajmi3,64 Mb.
#407495
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   245
Bog'liq
odam anatomiyasi va fiziologiyasi

 
27-§ Jinsiy a`zolarning tuzilishi 
 
Jinsiy a`zolar jinsni belgilovchi erkaklar va ayollarning ichki va tashqi jinsiy 
a`zolaridan iborat. 
 
 
 
 
 
Erkaklarning jinsiy a`zolari 
Erkaklarning  jinsiy  a`zolari  ichki  va  tashqi  a`zolarga  bo’linadi.  Ichki  jinsiy 
a`zolarga  moyak,  moyak  ortig’i,  prostata  bezi,  urug’  pufakchasi,  urug’  olib 
ketuvchi  nay,  bulbouretral  bezlar  va  urug’  tizimchasi  kiradi.  Tashqi  tanosil 
a`zolarga  erlik oloti va yorg’oq kiradi.  
 
 
 
 
 
 
Moyak 
Moyak  juft  jinsiy  bez.  U  erkaklar  jinsiy  hujayrasi  spermatozoidlarni  hosil 
qilish bilan birga, qonga erkaklarning jinsiy  gormoni testosteronni ham chiqaradi. 
Shuning  uchun      u  aralash    bezlar  turkumiga  kiradi.    Moyaklar  yorg’oq  ichida 
joylashib,  o’zaro  to’siq  bilan  ajralib  turadi.  Chap  moyak  biroz  pastroq  turadi. 
Moyak  oval  shaklda  bo’lib  ikki  yon  tomondan  biroz  yassilashgan.  Uning  yassi 
medial yuzasini bo’rtib chiqqan  lateral yuzasidan oldingi   va  orqa qirralari ajratib 
turadi. Orqa qirrasiga  moyak ortig’i yopishib turadi. Moyakda ikki: yuqorigi uchi 
va pastki uchi tafovut qilinadi. Moyakning o’rtacha uzunligi 4 sm, kengligi 3 sm, 
qalinligi 2 sm,  og’irligi 20-30 g tashkil etadi.  Moyakni ust tomondan oqliq parda 
qoplagan  bo’lib,  uning  ostida  moyak  parenximasi  joylashgan.  Moyakning  orqa 


129 
 
 
qirrasini  ichki  tomonidan  moyak  parenximasiga  biriktiruvchi  to’qima  o’simtalari 
kirib,  moyak  devori  oralig’ini  hosil  qiladi.  Undan  elpug’ich  kabi    boshlangan 
yupqa biriktiruvchi to’qimali  moyak to’siqchalari oldinga qarab yo’nalib,   moyak 
parenximasini konus shaklidagi 250-300  moyak bo’lakchalariga ajratadi.  Har bir 
bo’lakcha ichida  spermatozoid  ishlab chiqaruvchi epiteliyi bo’lgan 2-3  buralma 
urug’  naychalari  bor.  Bu  naychalarning  uzunligi    70-80  sm,  kengligi  150-300 
mkm.  Ular  orqa  tomonga    yo’nalib    bir-biri    bilan  qo’shiladi    va  to’g’ri  urug’ 
naychalarini  hosil  qiladi.  To’g’ri  urug’  naychalari  ga  kirib,  moyak  to’rini  hosil 
qiladi.  Moyak  to’ridan  12-15  ta  moyakni  olib  ketuvchi  naychalari  chiqib,  moyak 
ortig’i  boshchasiga qarab  yo’naladi.  
 
 
 

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish