Terining ayirish funksiyasi.
Asl teri qavatida ter bezlari joylashgan bo’lib,
ularning soni tananing turli sohalarida har xil bo’ladi. Ter bezlari ayirish
funksiyasini bajaradi. Bir kecha-kunduzda katta odamda o’rtacha 500 ml ter
ajraladi va uning tarkibida 2 g tosh tuzi, 1 g atrofida azot koldig’i ajraladi. Tashqi
muzhit harorati yukori bo’lgan sharoitda ter ajralishi kuchayadi. Bundan tashqari,
odam tanasining harorati ko’tarilganda, jismoniy mehnat, sport mashqlarini
bajarganda, ruhiy (emotsional) ta`sirlanish vaktida ter ajralishi ko’payadi. Ter
ajralishini boshqaruvchi nerv markazlari orqa miyaning bo’yin, ko’krak, bel
segmentlarida, uzunchoq miyada, oraliq miyaning gipotalamik sohasida hamda
bosh miya yarim sharlarining po’stloq qismida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |