umr yo’ldoshingizni
baxtli qilish uchun sizdan uning erkinliklarini cheklamaslik talab etiladi
, xolos.
Odamlar bilan munosabat haqida biz kelgusi kunlarda batafsil suhbatlashamiz hali.
Haddan ziyod talabchanlik ham aybdorlik tuyg’usiga soslangan bo’lishi mumkin.
Odam o’zi va atrofdagilarning yashash tarzi “kerakli” darajada emasligini ta’kidlab, buni
to’g’rilashga intiladi. U o’zini hamma narsa “kerakli” darajada bo’lishi uchun mas’ul deb
biladi. Buning natijasi nima bo’lishini izohsiz ham yaxshi bilasiz.
Vijdon azobi – aybdorlik tuyg’usining eng yaqqol ko’rinishi. Bunda qilgan ishidan
pushaymonlik shaxsdagi aybdorlik hissini ikki barobar kuchaytirib beradi. Vijdon azobini
astoydil ta’riflashimga hojat yo’q – chunki har birimiz buning nima ekanini yaxshi
bilamiz. Lekin bir narsani aytishim joiz: vijdon azobida sizni qiynaydigan narsa ko’ngil
emas, aqldir. Aql siz qilgan ish qanchalar yomon ekanini ta’kidlab, sizni ayblashdan
o’zini tiya olmaydi. Ishni orqaga qaytarib bo’lmasligini bilib tursa ham – u o’zini kechira
olmaydi.
Aybdorlik tuyg’usi haqida soatlab gapirish mumkin. Ammo men sizga uning yana
bir zararini aytib o’tishim kerak. Agar sizda aybdorlik hissi mahkam ildiz otgan bo’lsa,
bu boshqalarga sizni o’z izmiga solish imkonini beradi. Aybdorlik hissi orqali birovni o’z
izmimizga solish odatimiz yoshlikda shakllanadi: kattalar biz istagan narsani bermasa
yoki bizni qattiq koyib bersa, biz darhol yig’laymiz va ularda aybdorlik hissini
uyg’otamiz. Bundan keyin ko’nglimizni olish uchun kattalar istagan narsamizni qiladilar.
Yosh bolalarni aybdorlik tuyg’usi orqali boshqarishga intiluvchi kattalar ham bor.
“Sen yomon bolasan, quloqsizsan. Sen meni xafa qilding” kabi tanbehlar bolada o’z
harakatlari uchun aybdorlik hissini uyg’otadi va u o’z aybini yuvish uchun kattalar
aytganini qiladi. Tarbiyada ishlatiladigan bunday nayranglardan eng yomoni “Shunday
qilsang, men seni yaxshi ko’rmayman” yoki “Sen oyingni/dadangni yaxshi ko’rmaysan –
yo’qsa shunday qilarmiding” deyishdir. Unutmang, bolangiz uchun eng qadrli narsa –
sizning mehringiz va uning sizga bo’lgan mehrini bilishingizdir. Bu narsadan mahrum
qilish evaziga uni o’z izmingizga solmoqchi bo’lsangiz – siz uning shaxsiyati va qalbiga
qarshi jinoyat qilgan bo’lasiz. Bu holatda unda shunday kuchli aybdorlik tuyg’usi ildiz
otadiki, u butun umr bu ofatdan qutula olmaydi va baxtsiz hayot kechiradi. Xo’sh, mening
ayblashlarim sizga qanday ta’sir qildi? Bunday gaplarni o’qish juda yoqimsiz, shunday
emasmi? Ana shunaqa – ayblash orqali odamda faqat salbiy tuyg’ularni uyg’otish
mumkin, xolos.
Shaxsiyatingizni aybdorlik tuyg’usidan tozalab tashlang. Buning eng samarali yo’li
– uzr so’rash. Agar siz kimgadir nisbatan chindan noto’g’ri ish qilgan bo’lsangiz – undan
Do'stlaringiz bilan baham: |