41
darhol uzr so’rang. U sizni kechirish-kechirmasligi ahamiyatsiz. Asosiysi, siz shu yo’l
bilan o’zingizdagi aybdorlik tuyg’usini tarqatib yuborasiz. Shaxsiy muhimlik tuyg’usini
yengib o’tib shunday qilishga haddingiz sig’sa kifoya.
O’zingizni kechirish qobiliyatingizni ham rivojlantiring. Pushaymon bo’layotgan
hamma ishlaringizni bir-bir eslang-da, o’zingizni har biri uchun kechiring. Chindan tavba
qilsa, gunohlardan o’tishni Yaratgan va’da qilib qo’ygan: Tangriki kechirimli
bo’lyaptimi, gina saqlamayaptimi – sizning o’zingizga gina saqlashingiz ortiqcha. Yoki
siz shunchalik muhimmisiz?
Agar siz tabiatingizdan aybdorlik hissini chiqarib tashlay olsangiz – ajoyib mo’jiza
sodir bo’ladi. Mana sizga kuchli shaxsiyatning yana bir siri:
Do'stlaringiz bilan baham: |