39
Albatta, bularning bari juda oddiydek tuyulishi mumkin. Ammo har birimiz
aybdorlik tuyg’usining u yoki bu ko’rinishiga tobe bo’lib yashaymiz.
Burch (yoki javobgarlik) hissi – aybdorlik tuyg’usining bir qiyofasi. Oramizda
o’zini mudom nimagadir majbur yoki javobgar deb yashaydiganlar talaygina. Bu, ko’p
holatlarda, noto’g’ri tarbiyadan kelib chiqadigan fe’l-atvor: bolani yoshligidan ko’p
narsaga mas’ul qilib tarbiyalansa, u ulg’aygach ham bu tuyg’udan qutula olmaydi va
hayotda qiynaladi. Bunday odamlarni juda ko’p ko’rgansiz – bundaylardan sinf
sardorlari, kasaba uyushma vakillari, tashabbuskorlar, ishga mukkasidan ketadiganlar
yetishib chiqadi. Ular o’z hayotlari uchun mas’uliyat qolib, boshqalar uchun ham
javobgarlikni o’z yelkalariga yuklab olganlar va shu majburiyatlarini bajarmasalar
o’zlarini aybdor his qiladilar.
O’z fe’l-atvoringizga va hayotga munosabatingizga sergak nazar tashlang. Siz
o’zingizni nimalar va kimlar uchun javobgar deb his qilasiz? Agar o’z hayotingiz va
ko’nglingiz istaklari uchun javobgarlikdan tashqari yana qandaydir burchiyat hislari
bo’lsa – hoziroq ulardan xalos bo’ling. Siz o’zingizdan boshqa hech kimning hayoti
uchun mas’ul emassiz. Shaxsiy muhimlik tuyg’uyingiz sizga “sen juda muhim odamsan,
atrofingdagilarning farovonligi senga bog’liq, sen ular uchun mas’ulsan” deb
ta’kidlashdan tinmaydi. Ammo siz uning gapiga quloq solish qanday oqibatlarga olib
kelishini yaxshi bilasiz. Unutmang – Tangri bir bandasining rizqi, baxti yoki hayotini
boshqasiga qaram qilib yaratmaydi. Shunday ekan, sizga berilgan omonat – o’z
hayotingiz va qalbingiz xotirjamligi uchun javobgarsiz, xolos.
Kimdir bu gaplarimdan “Mening oilam, jamiyat va davlat oldidagi burchlarim nima
bo’ladi?” deb norozi bo’lishi mumkin. To’g’ri – sizning bir qator burchlaringiz bor. Men
sizga o’z burchlaringizdan qochib yuring yoki ulardan yuz o’giring demoqchi emasman.
Bunday ish faqat o’ta qo’rqoq shaxsiyat egalarininggina xayoliga keladi.
Men sizga o’z burchlaringizga bo’lgan munosabatingizni o’zgartirishni taklif
qilyapman. Siz asli bu dunyoga hech bir burchsiz kelasiz. Keyin oila va jamiyat sizga
burchlarni yuklaydi. Shunday qilmasa ham bo’lmaydi – bu yo’riqnomalarsiz hayotda
qiynalasiz. Ammo bu qoidalar siz uchun burch emas –
erkinlik
. O’ylab ko’ring – agar
burch hamma bajarishi shart bo’lgan qoida bo’lsa, nega har kim ham o’z burchlarini
bajarmaydi? Chunki u odamlar o’z erkinliklaridan foydalanmaydi.
Sizning baxtli bo’lish, kimnidir baxtli qilish, ota-onangizga g’amxo’rlik qilish,
farzandlaringizni voyaga yetkazish kabi burchlaringiz emas – ana shunday
erkinliklaringiz bor. Siz o’zingizni burchiyat hissidan ozod qilib ham tengi yo’q farzand,
ota-ona, turmush o’rtoq, do’st bo’lishingiz mumkin. Yaxshi farzand o’z burchlarini to’liq
bajargani uchun yaxshi emas – ota-onasiga g’amxo’rlik qilish erkinligidan foydalangani,
buni majburligidan emas, ko’ngli istaganidan qilgani uchun yaxshi.
Inson psixikasi shunday tuzilganki, u “sen majbursan, sen shuni qilishing shart”
kabi buyruqlarni qarshilik bilan qabul qiladi. Ishonmasangiz, yosh bolaga biror narsani
shart qilib qo’yishga urinib ko’ring. Bolalar o’zlarini hech narsaga burchli deb
bilmaydilar va o’z qalblariga bo’ysunib ish qiladilar. Shuning uchun ham hech qachon
ulardan yomonlik chiqmaydi. Ulg’aygan sari bolada aql ustunligi kuchayib, unga shart
qilingan narsalarni aql qoida qilib o’rnatadi va ko’ngilni har tomondan cheklay boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |