Aybdorlik tuyg’usi
Aybdorlik tuyg’usi psixologik komplekslar ichida eng zararkunandasi va yengib
o’tish qiyin bo’lganidir. Uning kuchi yengil mas’uliyat hissidan tortib vijdon azobigacha
bo’lishi mumkin. Bizning jamiyatimizda u har bir odamda bor, adashmasam. Chunki
bizni yoshlikdan juda ko’p narsalarga javobgar bo’lishga o’rgatishadi.
Sizda xato tasavvur uyg’onmasligi uchun avvalo men sizga aybdorlik tuyg’usini
ta’riflab beray.
Aybdorlik tuyg’usi – odam qilgan (yoki qilmagan) biror xatti-harakat yoki
xayol uning fikricha noto’g’ri ekanini tan olib, bu xatti-harakat yoki xayol uchun o’z
shaxsiyatidan xafa, norozi yoki hatto nafratda bo’lish holatidir
. Ayatylik, siz hech
o’zingizni yomon farzand, ota-ona yoki turmush o’rtoq deb o’ylagan paytlaringiz
bo’lganmi? Biror ishingizdan pushaymon yegan va vijdon azobi qiynagan damlarni
boshingizdan kechirganmisiz? Bularning bari aybdorlik tuyg’usiga misoldir.
Kishi o’z qarorlari uchun javobgarlikni his etishi kerak, albatta. Ammo odam o’z
qilmishlaridan pushaymon bo’lishi, o’zini koyishi, aybdor yoki, Xudo ko’rsatmasin,
gunohkor his etishi mutlaqo noo’rin.
Birinchidan, siz nimaki qilmang – hammasi yaxshilikka xizmat qiladi. Agar xato
qilgan bo’lsangiz – uni tan oling, ammo u uchun o’zingizni aybdor his etishingiz shart
emas. Faqat shundagina xato sizga saboq bo’ladi va keyingi gal siz ehtiyotkorroq bo’lasiz.
Xatolar ham sizning shaxsiy o’sishingizga xizmat qilishi yodingizda bo’lsin.
Ikkinchidan, sizning xato qilishga to’liq haqqingiz bor. Siz ilohiy mavjudot
emassizki, o’zingiz qilgan xatolarni kechirolmasangiz va ular uchun o’zingizni
koyisangiz. Sizda hech kimni (hatto o’zingizni ham) gunohkor deb atash huquqi yo’q.
Shunday ekan, o’z xatolaringiz uchun o’zingizni kechiring.
Uchinchidan, siz qilgan xatti-harakat chindan ham yomon ekanini siz hech qachon
bilmaysiz. Ba’zida biz xato deb o’ylagan ishlar natijasi mutlaqo biz kutmagan – ya’ni biz
yoki yaqinlarimiz uchun manfaatli natijalarga olib kelishi mumkin. Siz bir ishning oxirini
ko’ra bilmasdan, bu uchun o’zingizni aybdor deb bilishingiz – tan oling, g’irt kaltabinlik.
To’rtinchidan, hech qachon o’z xayollaringiz uchun o’zingizni aybdor his qilmang.
Chunki xayollar, agar ular harakatga aylanmasa, hech kimga zarar yetkazmaydi
(o’zingizdan boshqa). Bundan tashqari, xayollarni boshqarish va kerakli o’zanga solish –
juda qiyin ish va buni kamdan kam odam uddalaydi. Huquq sohasida ham yomon xayollar
uchun hech kim javobgarlikka tortilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |