38
Kechira olish qobiliyati nafaqat sizning, balki atrofingizdagi odamlarning ham
nuqsonlari kompleks darajasigacha o’sib ketishining oldini oladi. Yaqinlaringiz va do’st-
yorlaringiz kamchiliklarini kechiring – toki ular o’z nuqsonlari sizga zarar
yetkazmayotganini bilsinlar va yengil tortsinlar. Bu o’z nuqsonlari kompleksidan xalos
bo’lishlarida siz ularga bergan eng katta ko’magingiz bo’ladi.
Navbatda aybdorlik tuyg’usi haqidagi suhbat. Hozir esa kitobni yoping-da, bir soat
aqlingizga dam bering. Aks holda u o’ta charchab ketganidan men sizga aytmoqchi
bo’lgan keyingi sirlarni tushunmay qolishi mumkin. Sizning o’zingizga vaqti-vaqti bilan
mutolaadan dam berib turish
fazilatingiz
bor – shuni unutmang.
Men esa hordiq chiqarib qaytishingizni sabrsizlik bilan kutaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |